62
kelmasa, muvozanat buziladi.
Shunday qilib, umumiy bosimning gazlar aralashmasidagi har bir gazga to'g'ri
keladigan qismi parsial bosim deb ataladi. Buni yana bir misol bilan tushuntirib
beramiz (8-jadval).
Ma'lumki, atmosfera havosining tarkibida kislorod, karbonat angidrid va
azot bor, shu
bilan birga unda kislorodning 20-94% karbonat angidridning 0-03% va azotning 79-
03% ekanligi ma'lum. Shu gazlardan har birining parsial bosimi qancha?
, Atmosfera bosimi simob ustuni hisobida 760 mm ga teng. Modomiki havo bosimi
760 mm ning 20-94% iga teng bo'lsa, simob ustuni hisobi bilan 159 mm ga baravar
bo'ladi. Azotning parsial bosimi atmosfera bosimining 79 03% iga baravar keladi va
simob ustuni hisobi bilan 600-8 mm ga teng bo'ladi. Atmosfera havosida karbonat
angidrid juda kamhammasi bo'lib 0-03%. Shu sababli karbonat angidrning parsial
bosimi ham simob ustuni hisobi bilan taxminan 0-2 mm ga baravar bo'ladi.
Arteriya va vena qonida kislorod hamda karbonat angidrid miqdori va
parsial bosimni
quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin.
Qonning kislorod tashish funksiyasi
Agar qonda kislorod faqat fizik yo'l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100
ml qonda 0,3 ml gina bo'lar) va organizmdagi jarayonlarini ta'min qilish uchun zarur
bo'Igan kislorod miqdoridan bir.necha marta kam kislorod to'qimalarga berilar edi.
Kislorod qonda faqat fizik yo'l bilan birikmay, balki kimyoviy yo'l bilan ham
birikadi. Kislorodni kimyoviy yo'l bilan o'ziga biriktirib
oladigan qon juda osonlik
bilan uni o'zidan ajratib yuboradi. Demak, kislorod gemoglabin bilan puxta
birikmagan bo'ladi. Odam o'pkasida kislorodning parsial bosimi taxminan, 100-110
mm. Bu bosim 95-96% gemoglabin oksigemoglabinga aylanishi uchun yetarlidir.
To'qimalarda kislorodning parsial bosimi kam bo'lsa, oksigemoglobinga aylanadi.
Kislorodning parsial bosimi simob ustuni bilan 30 mm bo'lganda gemoglobin o'zidagi
kislorodning yarimini, 20 mm bo'lganda to'rtdan uch qismini yo'qotadi.
Kislorod
eritrositlardagi
gemoglobin
bilan,
asosan,
kimyoviy
birikkan
bo'lsa, qon plazmasida fizik aralakhgan bo'ladi. Qon plazmasida erigan
kislorod va gemoglobin miqdori qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p
kislorod
gemoglobin bilan birikadi.
,
Kislorodning parsial bosimiga qarab, gemoglobinning
kislorod bilan birikish
darajasini quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin.
Karbonat angidrid gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyatini kamaytiradi.
Shuning
uchun
qonning
to'qimalarda
karbonat
angidridga
boyishi
oksigemoglobinidan kislorodning ko'p chiqishiga sabab bo'ladi. Buni birinchi marta
rus olimi B.F. Verigo aniqlagan. Qon o'pkaga kelganda undagi karbonat angidridning
bir qismi tashqariga chiqib ketadi ya gemoglobinning kislorod bilan birikish
qobiliyati yana oshadi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga karbonat angidridning ta'sir etishi katta
fiziologik ahamiyatga ega. O'pka kapillarlariga keladigan vena qonida karbonat
angidrid ko'pligi uchun, uning kislorod bilan birikish qobiliyati kam bo'ladi. Bu qon
o'zidan karbonat angidridni o'pka orqali chiqarib yuborgach,
uning kislorod biJan
birikish qobiliyati oshadi va o'ziga ko'p miqdorda kislorodni biriktirib, to'qimalarga
63
ketadi. To'qimalarda esa qon karbonat angidridga boyib, uning kislorodni biriktirish
qobiliyati kamayadi va o'zidagi kislorodni to'qimalarga chiqarib beradi.
Gemoglobinning
kislorod
bilan
birikishiga
qondagi
vodorod
ionlarining
konsentratsiyasi ham ta'sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda
ko'p bo'lsa, gemoglobin o'-ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga harorat ham ta'sir etadi.
Haroratning
ko'tarilishi qonda kislorodning chiqishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonda
karbonat angidrid ko'payib, to'qima harorati bir oz oshadi, bu esa kislorodning
qondan to'qimaga o'tishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: