Upka va to’qimalarda gaz almashinuvi. Upkada gaz almashinuvi. O'pkada gazlarning havodan qonga o'tishi va aksincha,
qondan atmosfera havosiga o'tishi yuqorida bayon qilingan fizik qonunlarga
bo'ysunadi. Ammo o'pkaning bir qancha xususiyatlari bor. O'pkaga keluvchi venoz
qonda karbonat angidrid tarangligi yuqori, kislorod tarangligi esa uning alveolyar
havodagi bosimidan past. Shuning uchun qon o'pka kapillarlaridan o'tayotganida
karbonat angidrid ajratadi va kislorod yutadi.
Alvelolalar sonining juda ko'pligi (odamda 750 mln. ga yetadi) va yuzasi katta
ekanligi (nafas olish paytida 100 m2 ni, nafas chiqarish paytida esa 30 m2 ni tashkil
qiladi) alveolyar havo bilan qon o'rtasida gaz almashinuviga yordam beradi.
Qonni alveolyar havodan ajratib turuvchi membrananing qalinligi atigi 0-004 mm ni
tashkil etadi va ikki qavat hujaraylardan kapillarlar endoteliysining hujayralaridan va
gazlarni bemalol o'tkazuvchi alveolalar epiteliysining hujayralaridan iborat.
Gazlarning yaxshiroq va tezroq o'tishi uchun sharoit bo'lgandagina, o'pka
kapillarlaridan qon qisqa muddatda o'tganida alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida
gazlar to'la almashinib turadi.
O'pkada gazlar alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida almashinadi. O'pkada gazlar
tomomila normal ravishda almashinishi mumkin, chunki qondagi gazlar bosimi bilan
havodagi gazlarning parsial bosimi o'rtasida yetarlicha farq bor. Bu farq quyidagi
jadvaldan ko'rinib turibdi (10-jadval).
Nafasga olinadigan havodagi va alveololar havosidagi kislorod, karbonat angidridi va
azotning parsial bosimi, shuningdek ularning qondagi bosimi.
Kislorod alveolalar havosidan qonga, karbonat angidrid esa qondan alveolalar
havosiga diffuziya yo'li bilan o'tadi. Diffuziyaning kelib chiqishiga sabab shuki,
alveolalar havosidagi kislorodning parsial bosimi simob ustuni hisobi bilan 110 mm,
venoz qondagi kislorodning bosimi esa -40 mm.