E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
 
Qo'zg'aluvchanlik 
Ba'zi hujayra va to'qimalar (asab,mushak,bez to'qimalari) turli ta'sirotlarga tez 



reaksiya ko'rsatishga maxsus moslashgan. Bunday hujayra va to'qimalar 
qo'zg'aluvchan deb ataladi,ular-ning ta'sirotga qo'zg'alish bilan javob qaytarish 
qobiliyati esa 
qo'zg'aluvchanlik 
deb yuritiladi. 
Ta'sirlovchining qo'zg'alishiga sabab bo'ladigan minimal kuchi qo'zg'aluvchanlik 
o'lchovi bo'lib xizmat qiladi.Ta'sirotning shu minimal kuchi ta'sirot bo'sag'asi deb 
ataladi. Reaksiyalarni yuzaga chiqarish uchun zarur ta'sirotning minimal kuchi 
qancha katta bo'lsa, ya'ni ta'sirot bo'sa-g'asi qancha yuqori bo'lsa, qo'zg'aluvchanlik 
o'shancha tezroq paydo bo'ladi va aksincha,ta'sirot bo'sag'asi qancha past bo'lsa, 
qo'zg'aluvchanlik o'shancha kechroq paydo bo'ladi.
 
Qo'zg'alish 
Qo'zg'aluvchan hujayralar uchun ta'sirlovchilarning ta'siriga o'ziga xos javob 
beradigan qobiliyati bor,ularda maxsus fiziolo-gik jarayon -
qo'zg'alish
ro'y beradi. 
Qo'zg'alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o'zgarishlar 
yig'indisida 
namoyon 
bo'ladigan 
murakkab 
to'lqin-simon 
biologik 
reaksiyadir.Qo'zg'alish jarayonida hujayra mem-branasining bioelektrik jarayonlari 
o'zgaradi, hujayra fiziolgik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faol 
holatiga o'ta-di: mushak qisqaradi,bez hujayrasi sekret chiqaradi,asab impuls-lari 
paydo bo'ladi. 
Qo'zg'aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o'rtasida, ya'ni 
hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim farq 
qiladi.Hujayra membranasi shu tariqa qutblangan (polarizatsiyalangan)-ichki yuzasi 
tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli.Shu potensiallar farqini mem-brana 
potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o'n millivoltga mos keladi. 
Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta'sirla-nuvchan bo'ladi, ya'ni 
tashqi muhit ta'sir etganda o'z struktura-sini o'zgartirish, aktiv faoliyat ko'rsatish,bu 
faoliyatni kuchay-tirish yoki susaytirish bilan javob beradi.Turli ta'sirlarga javoban 
organizm va hujayralari strukturasining o'zgarishini biologik reaksiyalar,ularni 
vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta'sirlarni esa ta'sirlovchi yoki stimullar 
deb yuritishadi. 
Tashqi muhitning yoki organizrn ichki holatining bar qan-day o'zgarishi 
yetarlicha katta bo'lsa, yetarlicha tez ro'y bergan bo'lsa va uzoq davom etsa,tirik 
hujayraning yoki butun organi-zmning ta'sirlovchisi bo'la oladi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin