7
moslashgan.
Retseptorlarning quyidagi turlari bor:
1) mexanoretseptorlar:
a) tegishni sezadigan-turlari - taktil retseptorlar;
b) cho'zilish va bosilishni sezadigani-pressoretseptorlar va ba-roretseptorlar;
v) tovush tebranishlarini sezadigan -fonoretseptorlar:
2) tezlanishni sezadigani-akselleretseptorlar,yoki vestibulo-retseptorlar;
3) xemoretseptorlar muayyan kimyoviy moddalarning ta'si-rini sezadi;
4) termoretseptorlar harorat o'zgarishini sezadi;
5) osmoretseptorlar osmotik bosimining o'zgarishini sezadi.
Tashqi muhitdan keluvchi ta'sirotlarni sezadigan retseptor-lar:
tovush
tebranishlarini, yorug'lik ta'sirini sezadigan retseptor-lar, hid bilish, ta'm
bilish
retseptorlari,harorat o'zgarishini seza-digan va taktil retseptorlar tana sirtiga yaqin
joylashgan bo'lib, eksteroretseptorlar deb ataladi.Organizrn ichki muhiti, a'zolar
holati va faoliyatining o'zgarishiga aloqador o'zgarishlarni
seza-digan retseptorlar
interoretseptorlar deb ataladi.Skelet mushak-laridagi retseptorlar -proprioretseptorlar
ham interoretseptorlarga kiradi.
Asab hujayralarining periferiyadan (tanani turli qismlari-dan) markaziy asab
tizimiga qo'zg'alish o'tkazadigan shu o'siq-lari
markazga intiluvchi,yoki afferent
tolalar deb ataladi.
Effektor neyronlar periferiyaga boradigan o'siqlari – mar-kazdan qochuvchi
yoki efferent tolalar orqali impulslar o'tkaza-di.Bular esa turli a'zolar
holati va
faoliyatini o'zgartiradi.
Skelet mushaklarining qisqarishiga sabab bo'ladigan hara-katlantiruvchi (motor)
neyronlarining bir qismi efferent tolalari markaziy asab tizimida -bosh miyada va
orqa miyada bo'lib, bar bir neyrondan periferiyaga faqat bitta o'siq ketadi.
Kontakt neyronlar markaziy asab tizimida bo'lib,turli ney-ronlarni bir-biriga
bog'lash funksiyasini o'taydi.Kontakt neyron-lar
asab impulslarini bir xil
neyronlardan ikkinchi xil neyronlar-ga o'tkazib beruvchi rele stansiyalari desa bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: