90
ta'minlab turadi.
Organizmda proteinlar,karbonsuvlar va yog'larning parchalanishi oqsil-
fermentlar tufayli amalga oshiriladi.1 g oqsil parchalanganda, 4,0
kkal energiya
hosil bo'ladi.
Tanada doimo oqsil parchalanish jarayonlari va oqsillarning sintezi
kuzatiladi.Yangi oq-sil sintezining yagona manbai ovqat tarkibidagi oqsillar
bo'lib,tananing oqsil almashinuvi oqsilli oziqlanishga mustahkam bog'liqdir.Odam
jigarida har kuni 25 g miqdorda, plazmada 20 g va gemoglobin tarkibida 8 g
miqdorda yangi oqsil hosil bo'ladi.Turli xil sharoitlarda katta kishi ta-nasida har kuni
400 g gacha yangi oqsil mahsulotlari hosil bo'ladi va shuncha miqdorda parcha-lanib
turadi.Oqsil almashinuvining tezligi
shu bilan xarakterlanadiki, masalan, jigar
tarkibidagi oqsilning yarmi 5-7 kun davomida tamoman yangi oqsil bilan
almashinadi.
Doimiy ravishda tana tarkibidagi oqsillarni parchalanish jarayonlari yuz
berib,u amino-kislotalargacha boradi.Shu bilan birgalikda
tanaga ovqat bilan kirgan
oqsillarning aminokislota-lari tushadi (ichakdan so'riladi). Shunday qilib,ekzogen va
endogen
tabiatli
aminokislotalardan
iborat
bo'lgan.aralashma
faza
hosil
bo'ladi.Aralashma faza hujayra ichida va hujayra tashqarisi-dagi suyuqlikda
uchraydi.Uning tarkibidagi aminokislotalarning bir qismi yangi to'qima oqsil-larining
sintezi uchun sarflanadi, bir qismi esa purinli va fosfatidli asoslarni hosil qilish uchun
sarflanadi va nihoyat aminokislotalarning bir qismi oksidlanadi yoki lipidlar va
uglevodlar al-mashinuvi uchun sarflanadi.Dezaminlanish natijasida ajralgan
aminoguruhlar tanadan siydik bilan ammiak va siydikchil holida chiqarib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: