E nuritdinov odam fiziologiyasi


Karbonsuvlar almashinuvuiing asosiy bosqichlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Karbonsuvlar almashinuvuiing asosiy bosqichlari 
Odam tanasida karbonsuvlar almashinuvi quyidagi bosqichlar orqali amalga 
oshadi: 
1.karbonsuvlarning oshqozon-ichak yo'lida hazm bo'lishi; 
2.monosaxaridlarning qonga so'rilishi; 
3.karbonsuvlarning oraliq almashinuvi; 
4.glukozaning 
buyrakda 
filtrlanishi 
va 
qayta 
so'rilishi. 
Karbonsuvlarning hazm bo'lishi.Ovqat bilan,qabul qilingan murakkab
karbonsuvlar ichak devorining shilliq pardasidan so'rilib o”tolmaydi.Karbonsuv 
so'rilib qon va limfa suyuq-ligiga o”tishi uchun monosaxaridlargacha parehalanishi 
shart! 
Shunday 
qilib,fermentlar 
ta'sirida 
murakkab 
karbonsuvlar 
monosaxaridlargacha: asosan glukoza, fruktoza va galaktozagacha ba'zi holatlarda 
pentozagacha parchalanadi. 
Karbonsuvlarning so'rilishi.Monosaxaridlar qopqa vena qoniga so'riladi. 
So'rilish 
apparati 
ichak 
shilliq 
qavatidagi 
vorsinkalar 
hisoblanadi. 
Monosaxaridlarning so'rilish tezligi bar xil. A'gar so'rilish tezligini 100 deb olsak, 
galaktoza uchun bu 110 ga teng, fruktoza uchun 43, mannoza uchun 19, pentozalar 
uchun 9-15 ga teng bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, geksozalar pentozalarga 
qaraganda tezroq so'rilar ekan. 
Monosaxaridlar ingichka ichak shilliq pardasida so'rilayotganda fosfatlanadi (fdsfat 
kislota bilan birikadi), bunday birikmalarning hosil bo'lishi esa karbonsuvlarning 
so'rilishini tezlatadi. 
Karbonsuvlarnipng oraliq almashinuvi. Ichak devorlaridan so'rilib qonga 
tgan 
monosaxaridlar qon bilari bosh miyaga, jigarga, mushak va boshqa to'qimalarga 
boradi, bu dfganlarda har xil birikmalarga aylanadi yoki oksidlanadi. 
Karbonsuvlar almashinuviga asab tizimining ta'sirini birinchi bo'lib 1853 yilda Klod 
Bernar aniqlagan. U uzunchoq miyadagi 4-chi qorincha tubiga ukol (qand ukoli) 
qilib, jigardagi karbonsuvlar zaxirasining safarbar etilishini, so'ngra giperglikemiya 
va glikozuriya ro'y berishini kashf etgan. Jigar to'qimasidan kelgan glukozadan 
glikogen hosil bo'ladi. Jigar glikogeni zaxira karbonsuvlar ekanligini ham К.Bernar 
hayvon jigarini olib tashlash yo'li bilan isbotlagan. Bunda glukoza yetishmasligidan 
hayvon halok be'ladi. 
Keyinchalik Mann va Magat (1921-1922) jigari olib tashlangan hayvdnning qoniga 
glukoza yuborib turib, uning hayotini saqlab turishga muvaffaq bo'ldilar. Bu tajribalar 


94 
shuni ko'rsatadiki, jigar glikogeni qondagi qand miqdorini bir maromda ushlab 
turishda muhim rol ynar ekan. 
Hozirgi vaqtda shu narsa ma'lumki, karbonsuvlar almashinuvining turli xil jarayonlari 
uchun jigar javob berar ekan. Xususan: 
jigarda 
glukozadan 
glikogen 
sintezlanadi 
(zaxiraviy 
karbonsuv). 
Bu 
jarayon glikogenez deyiladi. Agar qonda qand miqdori kamayib ketsa 
glikogen parchalanib yana glukoza hosil bo'ladi, ya'ni glikogenoliz jarayoni 
ro'y beradi. Hosil bo'lgan glukoza jigardan qonga o'tadi. Glukoza va 
fosfataza fermenti glikogenoliz jarayonida asosiy vazifani taydi; 
jigarga 
kelgan 
glukozaning 
bir 
qismi 
zarurat 
tu ilganda 
oksidlanishi 
va undan energiya ajralib chiqishi mumkin; 
glukoza 
oqsil 
va 
yog* 
sintezining 
manbayi 
bo'lib 
xizmat 
qilishi 
mumkin; 
glukozadan 
organizmning 
muhim 
funksiyasi 
uchun 
zarur 
bo'lgan 
bir 
qancha moddalar, masalan, glyukouron kislotasi hosil bo'ladi, bu esa 
jigaming zararsizlantirish funksiyasini bajarish uchun zarurdir; 
jigarda 
yo lar, 
oqsillardan 
karbonsuvlar 
hosil 
bo'lishi 
mumkin, 
bu 
jarayon 'glukoneogenez deyiladi. Glikpgenez, glikogenoliz, glukoneogenez 
bir-biri bilan o'zaro bog'liq jarayonlar bo'lib, qondagi qand. miqdorini bir 
maromda saqlab turishini ta'minlaydi. ..'.., ., '..... 
Karbonsuvlar almashinuvida mushak to'qimasi muhim o'rin tutadi. Mushaklar, 
ayniqsa zo'r berib ishlagan vaqtda ko'p miqdorda qon larkibidagi glukozani ushlab 
qoladi va xuddi jigardagiday bu yerda ham glukozadan glikogen sintezlanadi. 
Glikogenning to'planish! mushaklar ishi uchun muhim energetik manba hisoblanadi. 
Biroq mushak to'qimalarida glikogenni glukozagacha parchalovchi glukoza 6-
fosfataza fermenti yo'q, chunki glukoza 6-fosfat mushak to'qimasida pirouzum 
kislotasi, va,. sut kislotasigacha parehalandi. 
Mushak to'qimasining dam olish fazasida sut kislotasining ko'p qismi glikogenga 
resiritezranadi. Bir' qismi esa qonga o'tadi, bu giperlaktademiya dcyiladi (qondagi 
miqdorining oshishi 12-19 mg%,gacha bo'lishi, mushaklar zo'r berib ishlagan vaqtda 
esa uning miqdori 15-20 marta oshib ketishi mumkin). Qondagi sut kislotasini ko'p 
a'zolar o'zida ushlab qoladi, ayniqsa jigarda, bu jarayon shiddatli kechib, bu joyda 
glikogen sintezlanadi. 
Shunday qilib, jigar glikogeni bilan mushak' glikogeni o'rtasida dinamik bog'lanish 
bor. Jigardagi glikogen parchatejnb, glukpza shaklida qonga o'tadi. Mushak glikogeni 
parchalanib sut kisl0iasi hosil bo'ladi, bu esa jigarda glikogen sintezi uchun xom 
ashyo hisoblanadi. 
Qondagi shakar-ichki muhit kiritmasi,sifatida 
Qon tarkibidagi va boshqa hujayra tashqi suyuqliklar (limfa, orqa, miya suyuqligi) 
dagi shakar asosan glukozadan toshkil topgan,. .dlukoza tarkibining bir xildaligi 
uning miqdoriy ko'rsatgichini doimiylikda, tutib turishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bundan darvoza venasidagi qon mustasno, chunki uning tarkibidagi glukozaning 
miqdori iste'mol qilingan oziq-ovqat ritmiga bog'liq bo'ladi. Katta kishilarning arterial 
va venoz qonida shakarning miqdori 70-80 dari fto 120 mg% gacha bo'ladi. Biroq bu 
miqdorga glukozadan tashqari boshqa bir qator glukozaga o'xshash kimyoviy 


95 
moddalar Ham kiradi va ular glukoza bilan birgalikda aniqlanadi. Bu moddalarning 
miqdori odam qonida 8-20 mg% ni tashkil qiladi. 
Qondagi shakar miqdorining boshqarilishida asab tizimi va gormonlarning ahamiyati 
Organizmdagi barcha hujayralarning karbonsuvli oziqlanishida qondagi glukoza 
shaklidan shakar markaziy o'rinni egallaydi, uning boshqarilish mexanizmi 
to'g'risidagi masala esa ayniqsa muhim hisoblanadi. 
Dastlab boshqarilishni gormpnal yo'lini ko'rib chiqaylik. Shuni ko'zda tutish jkerakki, 
faqat bittagina insulin gormonigina shakar miqdorini kuchli pasaytiruvchi ta'sirotga 
ega. Karbonsuv almashinuviga faol ta'sir etuvchi boshqa hamma gormonlar glukoza 
miqdorining ko'payishiga qaratilgan. Bu xildagi o'zaro bog'liqlik tasoditly bo'lmay* 
shu bilan tushuntiriladiki, qondagi shakarning ma'lum miqdorda hattoki birlamchi 
kamayishiorganizmdagi hayotiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladi. 
Qondagi glukoza miqdorining konsentrasiyasini ma'lum darajada chegaralangan 
tartibda oshishi jiddiy o'zgarishlarga olib kelmaydi. 
Insulin-gormoni - oshqozon osti bezining Langergans-Sobolov 
orolchalaridagi p-hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Hayvon va odam 
qoniga insulinni yuborilganda undagi shakar miqdorining tezda kamayishiga 
olib keladi. Bu holat shu bilan xarakterlanadiki, insulin ta'sirida to'qima 
hujayralari, ayniqsa mushak va yog' to'qimasi hujayralari tomonidan 
qondagi shakarning o'zlashtirilishi kuchayadi. Demak, jigar va mushaklarda 
glikogen sintezi kuchayadi, yog' to'qimasida esa glukozadan yog' hosil 
bo'ladi. Shu bilan birgalikda insulin jigarda glukoneogenez jarayonini 
tormozlaydi. 
Glukagon-gormoni, oshqozon osti bezining alfa hujayralari 
tomonidan ishlab chiqariladi. U jigarda glikogenolizni faollashtiradi, natijada 
erkin glukoza ajraladi va qonga o'tadi. 
3. 
Adrenalin-buyrak usti bezining mag'iz qismidagi gormon. Glukagon 
bilan birgalikda jigardagi fosforilazani faollashtiradi va bu bilan jigar 
glikogenining parchalanishiga olib keladi. 
4. 
Glukokortikoidlar-buyrak usti bezining po'stloq qismidagi 
gormonlar. Ularning ta'sirida glukoneogenez jarayoni kuchayib, tashqari 
karbonsuv tabiatiga ega bo'lmagan moddalardan yangi shakarning hosil 
bo'lishi kuchayadi, bu esa qondagi glukozani va jigardagi glikogenning 
miqdorini ko'paytiradi. Bunda mushaklarda va boshqa to'qimalarda oqsil 
parchalanishi faollashadi, gidrolizlangan aminokislotalar keyinchalik 
glukoneogenezni jadallashtiruvchi material sifatida ishlatiladi. 
Glukokortikoidlar gipofizning adrenokortikotrop va kortikotrop gormonlari 
ta'sirida ishlab chiqariladi. 
5. 
Somatotropin-gipofiz gormoni, periferik to'qimalar tomonidan 
glukoza o'zlashtirishini kamaytiradi, bir vaqtning o'zida yog'ning 
parchalanishini kuchaytiradi va bu bilan glukoneogenez uchun qo'shimcha 
material yetkazib beradi. Uzoq muddatdagi somatotropinning kiritilishi 
insulin mahsulotini kamaytiradi yoki insulin yetishmovchiligini keltirib 
chiqaradi. 
6. 
Qalqonsimon bez gormoni-tiroksin, triyoditironin-oz miqdorda ichak 
devorida monosaxaridlar so'rilishini va katabolizmini kuchaytiradi. Ko'p 


96 
miqdorda esa karbonsuvlarning oksidlanishi, fosforillanishini tormozlaydi, 
natijada shakar konsentratsiyasini oshiradi. Ko'rsatilgan gormonal omillar 
markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadi. 
Qondagi • shakar miqdorini markaziy asab tizimi tomonidan boshqarishining roli 
to'g'risidagi ma'lumotlarni birinchi bq'lib K.Bernar 1849 yilda aniqladi. U IV chi 
qorincha tubiga ukol qilish bilan qondagi shakar miqdorining ko'payishini aniqladi. 
Bu klassik eksperimentga «shakarli ukol» deb nom berilgan. Asosan miyaning 
gipotalamik 
mintaqasiga 
e'tibor 
berish 
kerak. 
Gipotalamiisda 
markazlar 
mujassamlashgan bo'lib, karbonsuv almashinuviga ta'sir ko'rsatadi, vegetativ asab 
tiziminingsimpatik tolalarining faolligini oshiradi va gipofizning oldingi bo'limiga 
ta'sir etib, kortikotropin, somatotropin va tereotropinning ajralishini kuchaytiradi. 
Sunday to'la qimmatli o'z-o'zini boshqaruvchi tizim uchun quyidagi kiritmalar kerak. 
«Boshqaruvchi qurilma» bunda bayon etilgan asab markazlari 
muhim rol o'ynaydi. 
To'g'ri 
aloqa 
yo'llar 

asab 
markazlarining 
ta'sirlarini 
o'tkazuvchi 
yo'llar, ya'ni asab-o'tkazuvchi va asab-gormonal yo'llar. 
3. 
«Boshqaruvchi-a'zo»-boshqaruv jarayoniga bevosita ta'sir etish 
mexanizmi. Bu vazifani birinchi galda jigar bajaradi (uning gomeostatik 
vazifasi), bundan tashqari, qondagi glukoza miqdorini, doimiyligini 
ta'minlaydigan, glikogen sintezini amalgu oshiradigan barcha to'qimalar bu 
jarayonga o'z ta'sirini ko'rsatadi. 
4. 
Qayta aloqa yo'H - boshqaruv jarayoni holati haqidagi axborotni 
asab markazlariga yetkazadigan yo'llar. Karbonsuvlar almashinuvi 
boshqarilishining bu bosqichi kam o'rganilgan. Hozirgacha qondagi shakar 
miqdori o'zgarishlarini qabul qiladigan retseptorlar joylanishi to'g'risida 
aniq ma'lumotlar olinmagan. Taxmin qilinadigan bu vazifani 
gipotalamusning ayrim hujayralari bajaradi. 
Demak, gipotalamus o'zida boshqaruvchi a'zolar va o'lchov bilan bog'liq bo'lgan 
qurilmani birlashtiradi. 
5. 
Boshqaruvchi ko'rsatkich rolini qondagi shakar o'ynaydi. Bu 
zvenolarning bir-biriga bog'liqligi quyida bayon etilgan. Qondagi shakar 
miqdori sxemasiga binoan va to'qimada unga yetarli miqdorda qabul 
qilinishiga oid axborot shakar sezuvchi retseptorlarga ta'sir etadi. Ulardan 
axborot to'g'ri aloqa yo'llari orqali asab markazlariga Uzatiladi va tegishli 
funksional holat o'zgarishlarini chaqiradi. 
Markaziy asab mexanizmlari «tuzilma»si vegetativ asablar orqali uzatiladi va 
endokrin mexanizmi boshqarilishi orqali periferik a'zolarga yetkaziladi. Aniq 
sharoitlarga bog'liq ravishda glukozaning miqdorini jigar tomonidan boshqarilishi 
yuz beradi va bunda mushak hamda yog' to'qimasining shakarni o'zlashtrishi 
kuchayadi yoki susayadi. Natijada, qondagi shakar miqdorming o'zgarishi avtomatik 
boshqariladi. Agar glukozaning miqdori eng pastki chegaradagidan ham kamaysa, 
(me'yorda odamda unigng miqdori 70 mg% kam) u holda gipoglekemiya yuqori 
chegaradagidan oshsa (me'yorda odamda 120 mg%) giperglikemiya deb yuritiladi. 
Tashqaridan insulin kiritilganda, uzoq vaqt davomida och yurganda, gormonlar 
sekretsiyasi pasayganda, haddan tashqari mushak ishida va jigarda glikogen 
zaxirasining kambag'allashishida gipoglekemik holat kuzatiladi. 


97 
Gipoglikemiyaga javoban miyaning gipotalamik mintiqasining faollanishi kuzatiladi. 
Hammadan oldin simpato-adrenal tizimining markazi qo'zg'aladi. Simpatik asablar 
orqali uzatilayotgan impulslar adrenalinning 
qo'shimcha sekretksiyasini chiqaradi va oxirida jigar glikogenining parchalanishini 
keltirib chiqaradi. Shu bilan birga mushakdagi glikogen parchalanib, hosil bo'lgan sut 
kislotasi jigarga yetib kelib yana glikogen zaxirasini to'ldiradi. 
Ikkinchi, 
asosiy 
boshqarilishga 
qarshi 
mexanizm 
bu 
glukagon 
sekretsiyasi. 
Itlarda 
o'tkazilgan 
tajribalarda 
me'da 
osti 
bezidan 
oqib 
chiquvchi 
qonning 
plazmasida 
glukagon 
miqdori 
gipoglikemiyada 
4-4,5 
marta ko'payishi aniqlangan. 
» 
Qonda shakar miqdorining kamayishidagi organizmning fiziologik tizimlar 
reaksiyalari katta ahamiyatga ega bu xil almashinuv kortikotropiya tizimi, ya'ni 
glukokortikoidlar orqali boshqariladi. Gipoglikemiya gipotalamus markazlariga ta'sir 
etib kortikotropin sekretsiyasini kuchaytirali va u esa glyukokortikoidlar biosintezini 
kuchaytiradi. Bu gormonlar ta'sirida glukogenez kuchayadi, u ham qonda shakar 
miqdorini tiklaydi. Gipoglikemiya - bu somatotropin sekretsiyasini jadallashtirib, 
qonda shakar miqdorini oshiruvchi ta'sir ham ko'rsatadi. 
Shunday qilib, glikokemiyadan key in qonda shakarni me'yor chegeragacha 
tiklanishida ko'plab neyroeiidokrin mexanizmlar qatnashadi. 
Ayniqsa, glukoza tanqisligiga bosh miya hujayralari juda sezgir bo'ladi. Shuning 
uchun gipoglemik holatning birinchi belgilari uyquchanlik, kuchsizlik hissi, harakat 
va reaksiyalarning tormozlanishi bo'ladi. Qonda glukozaning ma'lum miqdorda 
kamayishi qaltirashga (titroqqa) olib keladi, bu esa karbonsuv oziqlanishining va 
po'stloq osti markazlarining nafas olishi bilan bog'liq bo'lgan reaksiyalarning 
buzilganligidan darak beradi, keyinchalik komatoza holati rivojlanadi. 
Glyukoza katta yarim sharlar po'stlog'ida 7-10 daqiqa muddat oralig'ida yetishmasa, 
undagi asab hujayralarining o'lishi sodir bo'ladi.-Venaga glukozani yuborganda 
bunday patologik holatlar yo'qoladi. Qonda glukozaning miqdori 70%mg dan 
pasayganda hayot uchun xavflidir. 
Bola organizmida karbonsuv almashinuvining boshqarilishi harakatchan bo'lgani 
sababli voyaga yetgan organizmdan ajralib turadi, ayniqsa yangi tug'ilgan va ilk 
bolalik davrida. Bu holatning mavjud bo'tishi neyroendokrin mexanizmlarning 
chaqaloqlarda yetarli yetishmasligi bilan tushuntiriladi. Yangi tug'ilgan bolalarning 
ochligida uning qonidagi shakarning miqdori 30-50 mg%, emizakli bolalarda esa 80-
100 mg% bo'ladi. 12-14 yoshli bolalarda bu ko'rsatgich eng yuqori miqdorda, ya'ni 
90-120 mg% bo'ladi. 
50 yoshdan keyin karbonsuvlarga muhtojlik kamayadi va alim'entar giperglikemiyaga 
xos egri chizig'i diabetik tavsifga ega bo'ladi. Ko'rsatilgan yoshlarda farqli 
o'zgarishlar bir qancha omillarning mavjudligi bilan izohlanadi. Birinchidan, insulin 
va glukagon rnahsulotlari yoshga bog'liq holda ma'lum dinamikaga ega. Bolalik va 
yoshlik davrida me'da osti bezida katta:orolchalar ustun turib ularga p-hujayralar, 
ya'ni insulin hosil qiluvchi hujayralarning miqdori kamroq va yirikroq bo'ladi. Qarilik 
davrida esa bu orolchalar son jihatdan ko'p bo'lib, kattaligi esa kichik bo'ladi, ular 
asosan alfa hujayralar, ya'ni glukagon hosil qiluvchi hujayralardan tashkil 
topgan.Demak, bolalik va yosh davrlarda insulin sekretsiyasi ustun tursa, qarilikda 
glukagon ustun turadi. 


98 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin