E nuritdinov odam fiziologiyasi


Organizmda suvning ahamiyati



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Organizmda suvning ahamiyati 
Suvning asosiy biologik ahamiyati uning fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlariga 
va molekulalarining tuzilishiga asoslangan. 
Suv molekulalari assimmetrik tarqalgan tegishli zaryadlardan iboratdir, ya'ni suv 
molekulasining asosini qutblangan yoki zaryadlangan bog'lar tashkil qiladi. Bu 


99 
bo'lakchalarni suv molekulalari xuddi suv qobig'idek o'rab oladi. Elektrolit va 
noelektrolitlarni erish darajasi molekuladagi qutblangan yoki qutblanmagan guruhlar 
nisbatiga bog'liq. Ayniqsa, ionlarni suv va elektrolitlar orasidagi almashinuv 
jadallashib, bunda elektrolitlar eruvchanroq bo'ladi.'Bii esa shundan darak beradiki, 
suv organik moddalarni asosiy erituvcliisi, tanadagi metabolit hisoblanadi. 
Suv hujayra ichi' almashinuvining asosi hisoblanadi, chunki tananing ichki muhiti - 
qon, limfa, to'qima suyuqligi suvdan tarkib topgan. U hujayra va tananing bo'laklari 
bilan gumoral yo'l bilan hog'langan. 
1 Tananing hayot faoliyati uchun suvning termik xususiyatlari ham katta ahamiyatga 
ega. U yuqori issiqlik saqlovchi modda va shuning uchun yaxshi issiqlik izolyatori 
hisoblanadi. 
Suv issiqlikning eng yuqori o'lchamlaridan biri - bug' hosil qilish xususiyatiga ega. 
Bu xususiyat tufayli suv molekulasini qutblanish kuchiga ko'ra molekulalar 
«jamg'armasini» hosil qiladi. Buning biologik ma'nosi shundaki, suvning bug'lanishi 
hattoki uncha katta miqdorda bo'lmasa ham ko'p issiqlik berishi mumkiri. 
Shunday qilib, bug'lanish-issiqlik boshqarilishining birdan bir asosiy mexanizmidir. 
Suvning o'tkazuvchanligi nihoyatda yuqori bo'ladi. Shuning uchun to'qima va 
a'zolarning ichki muhitida hattoki issiqlik uchun manba bo'luVchi mahsuiotlar 
miqdori bir xil bo'lmasa ham tananing har xil joylarida harorat tez tenglashadi. 
Suv almashinuvi elektrolitlar almashinuvi bilan chambarchas bog'liq. Tanaga suv 
toza holda kirib kelmasdan balki, aralashma holda kirib keladi. Elektrolitlar modda 
almashinuvidagi ahamiyati ularning osmotik va elektrolitik xususiyatlari bilan 
aniqlanadi. Bundan tashqari, alohida bo'lgan elektrolitlar tana funksiyasi uchun o'ziga 
xos ahamiyatga ega. 
Aldosteron - buyrak usti bezini po'stloq qismidan ajraluvchi gormon. Uning asosiy 
ahamiyati buyrakni kanalchalar apparatida natriyning qayta so'rilishini ta'minlash 
hisoblanadi. Aldosteron ta'sirini tanada suv balansi zgarganda kuzatish mumkin. 
M tadil sharoitlarda suvning kirishi va chiqishi bir me'yorda bo'ladi. Bu me'yorning 
buzilishi o ibatida suv balansi manfiy yoki musbat tomonga 
zgarishi mumkin. 
Manfiy suv balansi tanaga yo suvning kam kirishi yoki uni haddan tashqari ko'p 
chiqib ketishi natijasida fivojlanadi. Musbat suv balansi esa tanaga haddan tashqari 
ko'p suv kirganda yoki kam suv ajratib chiqarilganda sodir bo'ladi. 
Manfiy suv balansi misolida vazopressin bilan aldosteron ta'sirini ko'rib chiqsak. 
Degidratatsiyaning qanday tomonli bo'lmasin, u baribir hujayra tashqarisidagi suvni 
kamayishiga olib keladi. Ko'pincha bunda natriy va xlor ionlari konsentratsiyasini 
hujayraaro suyuqligida oshishi yuz beradi, ya'ni hodisaga gipersolemiya deyiladi. Bu 
vaqtdagi o'zgarish o'zini ta'sirini birdan ikkita omil orqali - hujayra tashqi 
suyuqlikning kamayishi va unda osmotik bosimning oshishi namoyon bo'ladi. 
Osmotik bosimning kamayishi hujayra tashqarisidagi muhitda aylanib yurgan qon 
miqdori orqali buyrakning yukstaglomerulyar apparatiga ta'sir qiladi. Bunda apparat 
siqilib bu ta'sirotga javoban renin ishlab chiqaradi. 
Renin buyrakdan qonga ajralib chiqadi va plazmaning antigenez alfa-globulini bilan 
ta'sirlanadi. Renin - angiotenzin omili kirgizib qilingan tajribalarda - uning katta 
biologik faolligi aniqlangan. U mayda arteriya tomirlarini toraytiradi va aldosteron 
sekretsiyasini boshqaradi. Aldosteron natriy va suvni buyrakda qayta so'rilishini 
kuchaytiradi, bu bilan u siydik orqali suv chiqishini kamaytiradi. 


100 
Degidratatsiyada hosil bo'luvchi ikkinchi kompensator mexanizm - bu vazopressin 
sekretsiyasini kuchayishi hisoblanadi. Shunday dalillar borki, hujayra oralig'idagi 
suyuqlikning oshib ketishi gipotalamusning osmoretseptorlarini qo'zg'atar ekan va 
natijada supraoptik va paraventrikular yadrolar hujayralari orqali vazopressin 
sekretsiyasi faollashadi. Bundan tashqari, degidratasiya (ayniqsa qon yo'qotganda) 
qon bosimining tushishiga olib keladi. Buning natijasida tomir retseptorlari qo'zg'alib 
vazopressin sekretsiyasini reflektor tarzda kuchayishiga olib keladi. Vazopressin 
ajralishining kuchayishi nefron apparati kanalchalarida suv reabsorbsiyasini 
kuchaytiradi, bu bilan siydik orqali suv chiqishi kamayadi. 
Shunday qilib, manfiy suv balansi sharoitlarida ikkita asab-gumoral mexanizmlar-
vazopressin va aldosteron sekretsiyasi ta'sirlari sodir bo'ladi. Bunda vazopressin 
sekretsiyasi hujayra oraliq suyuqligida osmotik bosimni kuchaytiradi. Bu yana bir 
marta organizmning suv-tuz almashinishining birligini ko'rsatadi. 
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, gormonlarning kompensator ta'siri chegaralangan. 
Masalan, tuz miqdorining oshishi natijasida hujayra ichi va hujayra tashqarisidagi 
suyuqliklar orasida osmotik gradiyent hosil bo'ladi va hujayradagi suyuqlik hujayra 
tashqarisiga yo'naladi, ya'ni osmotik bosim yuqori tomonga - qarab oshadi. Buning 
natijasida hujayra degidratatsiyasi sodir bo'ladi. 
Hujayra membranasidan ionlar o'tishiga glukokortikoidlar faol ta'sir qiladi. Ular 
yetishmaganda qon plazmasida natriy va xlor miqdori kamayib, hujayralarda esa 
natriy va suv yig'ilishi kuzatiladi. Bu jarayon hujayraqo'zg'algandan keyin
natriyning undan chiqishi va kaliyning kirishi faolligini susayishiga olib keladi. 
Oxirgi yillarda suv-tuz almashinuvi boshqarilishiga gipofiz gormoni -prolaktin 
ishtirok qiladi degan g'oyalar ham bor. Prolaktinni osmoboshqaruvchilik rolini tuban 
umurtqalilarda, ayniqsa, baliqlarda aniq ko'zga tashlangan. Sut emizuvchilar 
buyragida maxsus prolaktin retseptorlari topilgan, bu esa uni buyrakdagi suv va 
elektrolitlar chiqishi mexanizmida ishtirok etishini bildiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin