E nuritdinov odam fiziologiyasi


Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari 
Oqsil, yog' va karbonsuvlar almashinuv jarayonlari o'ziga xos xususiyatlariga ega. 
Lekin shu bilan bir qatorda o'zining umumiy qonuniyatlari ham bor. Moddalar 
almashinuvini 3 bosqichga bo'lish maqsadga muvofiqdir: 
1. Tananing hazm yo'llarida oziq moddalarning o'zlashtiriyshi. 
Oraliq almashinuv. 
Oxirgi mahsulotlar metabolizmi. 
л 
Birinchi bosqich me'da-ichak yo'lida oziq moddalarning tartib bilan kichik 
molekulyar moddalarga kimyoviy yo'l bilan parchalanishi va hosil bo'lgan oddly 
kimyoviy moddalarning qon va limfaga so'rilishi. Oqsil, yog' va karbonsuvlarning 
parchalanishi o'ziga xos fermentlar ta'sirida boradi. Oqsillar peptidaza fermenti 
yordamida aminokislotalargacha, yog'lar lipaza yordamida glitserin va yog' 
kislotalargacha, murakkab karbonsuvlar amilaza yordamida monosaxaridlargacha 
parchalanadi, 
Birinchi bosqichning ahamiyati shundan iboratki, oziq moddalarning oddiy 
moddalargacha aylanib, keyinchalik bu organizmning energiya manbai bo'lib xizmat 
qiladi. Bunday moddalarga aminokislotalar (20 turi), geksozalardan - glukoza, 
fruktoza, galaktoza, pentozalar, glitserin va yog' kislotalari kiradi. Ular qon va limfa 
suyuqligigacha oson so'rilib, qon bilan jigar to'qimalariga va tananing periferiyadagi 
to'qimalariga tashiladi va u yerda navbatdagi o'zgarishlarga uchraydi. 
Moddalar almashinuvining ikkinchi bosqichi aminokislotalar, monosaxaridlar, 
glitserin va yog' kislotalarini hosil bo'lishini birlashtiradi. Oraliq almashinuv 
jarayonida oqsillar, karbonsuvlar, yog'lar va ularning kompleks birikmalari 
sintezlanadi, shuningdek, aminokislotalar. glukoza, glitserin va yog' kislotalarining 
parchalanishi yuz beradi. 
Hamma hujayralarda doimo modda almashinuvi tufayli hujayra tizilmalari va 
hujayraaro modda uzluksiz hosil bo'lib, yemirilib va yangilanib turadi. Buning sababi 
shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy birikmalar, parchalanib va sintezlanib 
turadi, bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. Moddalar parchalanganda 
asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga 
aylanadi. 
Oraliq almashinuv jarayonlarida bitta umumiy modda hosil bo'ladi, shuning uchun 
buni moddalar almashinuvining «umumiy qozoni» ham deyiladi (60-rasm). Misol 
uchun, pirouzum kislotasini olishimiz mumkin. Bu oqsil, yog' va karbonsuvlarning 
oxirgi umumiy mahsuloti hisoblanadi. 
Oraliq almashinuv jarayonlarida tananing, asosiy qismini tashkil etadigan va 
muayyan turga xos oqsil, yog'lar, karbonsuvlar va ularning komplekslari-
nukleoproteidlar, fosfolipidlar va hqs,hqalar sintez bo'ladi. Bundan tashqari, bu 
moddalar tananing asosiy energetik manbai ham hisoblanadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin