E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Vitaminlar almashinuvi 
Vitaminlar (lot.vita-hayot) deb organizm uchun zarur bo'lgan va nisbatan oz 
miqdorda uchraydigan kimyoviy organik birikinalarga aytiladi. Bu moddalar 
ko'pincha odam va hayvonlar organizmiga ovqat bilan kiradi, ba'zilari esa 
organizmning o'zida sintezlanadi, Ular organizmning o'sishiga, modda almashinuviga 
ta'sir ko'rsatib, organizmning turli fiziologik jarayonlarida ishtirok etadi. 
Vitaminlarning asosiy manbai-o'simliklar hisoblanadi, ularga vitaminlar yoki 
organizmda vitaminlarga aylanuvchi moddalar, ya'ni pro vitaminlar sinte/.Sanadi. 
Odamga vitaminlar o'simlik yoki hayvon mahsulotlari orqali kirib keladi. 
Vitaminlarni 1880 yilda rus olimi N.I.Lunin kashf etgan. Keyinchalik bu muhim 
moddalarni 1912 yilda K.Funk tomonidan vitamin deb nomlangan. Uning fikricha 
organizmdagi normal fiziologik holatning kechishi uchun ovqat bilan oqsil, yog', 
karbonsuvlar,1 mineral tuzli-lr bilan birga vitaminlar ham kirib turishi kerak (6l-
rasm). 
Turli vitaminlarning kimyoviy tuzilishi vd biologik ta'siri har xil. Vitaminlar 
organizmda fermentlarning faol (prostetik) guruhlari vazifasini bajaradi. 
Organizmda biror vitamin umuman etishmasa, avitaminoz deb nomlangan patologik 
holat ro'y beradi, ovqat tarkibida biroz vitamin yetishmaganda, gipovitaminoz paydo 
bo'ladi va vitaminning miqdori me'yordan oshib ketganda esa gipervitaminoz 
kuzatiladi.61-rasm. Ovqat tarkibidagi turli vitaminlarning mavjudligi. А, В, С, D 
guruhlar vitaminlari. 
Turli avitaminozlar va gipovitaminozlar (masalan, polinevrit, raxit, pellagra, lavsha 
va boshqalar) klinik belgilari bilan farq qiladi va butunlay boshqa-boshqa kasalliklar 
hisoblanadi. Shuning uchun organizmga yetishmaydigan u yoki bu vitaminni kiritish 
yo'li bilan tegishli avitaminoz yoki gipovitaminoz kasalliklarining oldini olish yoki 
tuzatish mumkin. 
Vitaminlarni lotin alifbosi harflari bilan ko'rsatiladi va kimyoviy yoki fiziologik 
nomlari bilan alashadi (fiziologik nomi vitaminning ta'siriga qarab beriladi). 
Hamma vitaminlar ikkita kata guruhga bo'linadi: 1) suvda eriydigan vitaminlar; 2) 
yog'da eriydigan vitaminlar, 
Suvda eriydigan vitaminlarga vitamin В guruhiga kiruvchi katia guruh, vitamin С va 
vitamin P lar kiradi. Vitamin В guruhiga: vitamin B, (tiamin), vitamin B2 
(riboflavin), vitamin Be (piridoksin), vitamin B12 (siankobalamin), vitamin PP 
(nikotinamid), pantoten kislota, biotin, fol kislotasi, xolin va boshqa ba'zi moddalar 
kiradi. 
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, (retinol) bilan vitamin A2 (degidroretinol), 
D guruh vitaminlariga (ergokalsiferol), vitamin E (tokoferol), vitamin К (filloxinon) 
lar kiradi. Ko'pchilik vitaminlar odam organizmida tez parchalanib ketadi va 
organizmda to'planmaydi, shuning uchun ular odam organizmiga doim ovqat bilan 
kirib turishi kerak. Ayniqsa A, D, B,, B2, PP va С vitaminlar shular jumlasiga kiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin