E nuritdinov odam fiziologiyasi


Suv-tuz almashinuvi boshqarilishining asab mexanizmlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Suv-tuz almashinuvi boshqarilishining asab mexanizmlari 
Tegishli to'qimalarda osmotik konsentrasiya oshganda miyaning gipotalamik 
sohaning «suv markazi» qo'zg'alib, chanqoqlik hissi tu iladi. K.M.Bikov va uning 
shogirdlari tomonidan suv - tuz almashinuvi boshqarilishiga katta yarim sharlari 
ishtiroki borligi aniqlangan. Itlarda sharfli reflektor yo'l bilan diurez (siydik hosil 
bo'lishi va chiqishi) ning oshishi tajjribada isbotlangan. Hatto bosh miyada ovqat 
markaziga xshash suv ichisri markazi borligi taxriiin qilinadi. Bu markaz bosh miya 
yarim sharlar po'stloq osti tizilmalari va gipotalamusning har xil bo'limlarida 
joylashgan neyronlar yi indisidan iborat. 
Suv-tuz almashinuvining yoshga bo liqlik xususiyatlari 
Suv miqdori tanada individual rivojlanish jarayonida sekin-asta 
zgarib boradi. 
Masalan, ikki oylik odam embrionida suv miqdori 97% tana o irligiga teng, 
tu ilgan bola tanasida 66-75%, emizikli bolalarda 62-70%, kattalarda esa 60-75%, 
qarilarda undan ham past. 
Suvga talab kishi yoshiga bog'liq. Agar har bir kg tana og'irligiga kattalar bilan 
bolalarning suvga bo'lgan talabi solishtirilsa, bolalarning talabi kattalarga nisbatan 
ko'proq bo'ladi. Masalan, emizikli chaqaloqning suvga talabi bir sutkada har bir kg 
og'irlik hisobiga 100-105 ml bo'lsa, kattalarniki'30-40 ml ni tashkil qiladi. 
Mineral moddaJar balansi ham yoshga bog'liq. O'suvchi tana uchun kalsiy katta 


101 
ahamiyatga ega. Yangi tug'ilgan bolalarda plazmadagi kalsiy miqdori ona qoniga 
bog'liq bo'lmay, gipokalsemiya o'lchamidan to giperkalsemiya o'lchamigacha bo'lgan 
darajaga yetib boradi. Bu esa bolaning yangi tug'ilgan paytida kalsiy gomeostazi 
boshqarilishining o'ziga xos dinamikasini ko'rsatadi. Kalsiyning metabolizmini 
endokrin boshqariluvining bir me'yorda stabilizatsiya holatiga kelishi 18 yoshlarda 
sodir bo'ladi. 
O'suvchi organizm uchun mineral elementlardan: temir, magniy, mis, rux, kobalt, 
brom va ftor ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bola organizmi uchun ayniqsa hamma 
elektrolitlarning to'g'ri nisbatda bo'lishi ahamiyatlidir. 
Suv-tuz 
almashinuvining 
yoshga 
bog'liqlik 
xususiyatlari 
asab-endokrin 
boshqarilishning 
ontogenetik 
farqlari 
bilan 
ma'lum 
darajada 
tushuntiriladi.Organizmda natriy hujayra oraliq suyuqligidagi bosimning doimiyligini 
saqlab turishda, membrana biopotensiallarning paydo bo'lishida va kislota-ishqoriy 
muvozanatni saqlab turishda ishtirok etadi. Natriyning asosiy deposi-suyaklar 
to'qjmalari hisoblanadi. 
Kaliy-hujayralar ichidagi suyuqlikning osmmik bosimini bir maromga | 
saqlab turishida ishtirok etib, atsetilxolinning- ishlab chiqishini tezlashtiradi." 
To'qimalarda glikogenning sintezlanishi va saqlanib turishi kaliy ishtirokida 
o'tadi. Kaliy ionlarining organizmda tanqisligi organizmda anabolilik 
jarayonlarga to'sqinlik qiladi. 
....... 
Xlor ham hujayra oraliq suyuqJigining asosiy anioni hisoblariib, osmotik bosim 
doimiyligining boshqarilishida ishtirok etadi. 
Kalsiy va fosfor asosan suyak to'qimalarida bo'ladi (90% dan ko'proq). Qon va uning 
plazmasida kalsiy asosiy biologik ko'rsatkich rolini o'ynaydi, uning ozgina bo'lsa-da 
kamayishi organizmdagi murakkab oqibatlarning sababi bo'ladi. Masalan, qonda 
kalsiy miqdorining kamayishi mushaklarning ixtiyorsiz qisqarishi va tutqanoqlari 
(titroq) sababchisi bo'lib, uning oqibatida nafas to'xtab qolishi va hatto o'Hm ham 
sodir bo'lishi ehtimoli bor. Qonda kalsiy konsentratsiyasining ortishi asab va mushak 
qo'zg'aluvchanligining pasayishiga olib keladi, yengil chala falaj,' ixtiyoriy 
harakatlarning susayishi yoki qisman yo'qolishi, ba'zi paytlarda shol holati hamda 
buyraklarda tosh hosil bo'lishi kuzatiladi. Kalsiy suyaklarning hdsil bo'lishi uchun 
eng zaruriy makroelement hisoblanadi. 
Fosfor turli moddalarning almashinuvida ishtirok etib, mikroergik birikmalar 
tarkibiga kiradi (masalan ATF). Fosforning suyaklarda to'planishi katta ahamiyatga 
ega. 
Temir organizmda turli kompleks tuzlari sifatida mavjud. U gemoglobin va 
mioglabin tarkibiga kirib, to'qirha nafas olish jarayonida ishtirok etadi. Bundan 
tashqari, temir ko'p oksidlanish-barqarorlanish jarayonlarining fermentlari tarkibiga 
ham kiradi. Temirning organizmdagi tanqisligi gemoglobin sintezini izdan chiqaradi, 
shuning uchun gemoglobin miqdorining kamayishi anemiya (kamqonlik) 
xastaligining sababi bo'ladi. Katta yoshdagi odamlar bir -kecha-kunduz davomida 10-
30 mkg temir iste'mol qilishi kerak. 
Yod 
organizmda 
kam 
miqdorda 
bo'ladi. 
Lekin 
yod 
qalqonsimon 
bezining gormonlari-tiroksin va triyodtironin tarkibiga kiradi. Shu sababli 
uning organizmda yetishmasligi qariyb hamma moddalarning almashinuviga 
ta'sir yetkazadi. 


102 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin