E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Azot balansi 
Azot oqsillar va aminokislotalar .tarkibiy -.qisniining asosiy elementi 
hisoblanib, orga-nizmga oqsilli va boshqa xil oziq moddalar tarkibida kiradi. 
Organizmga ovqat bilan kiradigan va siydik, ter va boshqa yo'l bilan 
chiqadigan azot miqdorlarining nisbati azot balansi deb ataladi.Organizmga kiradigan 
va undan chiqadigan azot miqdori bir xil bo'lgan holda azot baravarligi (muvozanati) 
kuzatiladi.Bu hol ko'pincha katta yoshdagi odamlarda kuzatiladi. 
Organizmga ovqat bilan kiradigan azot miqdori organizmdan chiqadigan azot 
miqdoriga nisbatan ortiq bo'lsa,organizmda nusbiy azot balansi kuzatiladi,ya'ni oqsil 
parchalanishidan ko'ra ko'proq hosil bo'ladi.Bu hodisa ko'pincha kichik yoshdagi 
o'sayotgan bolalarda, ayollarda homiladorlik paytida, shiddatli jismoniy mashqlardan 
keyin, mushak faoliyati kuchayganda, ka-sallikdan keyin va boshqa holfarda 
kuzatiladi. 
Manfiy azot balansi (azot tanqisligi) - organizmdan chiqqan azot miqdori 
organizmga kirgan azot miqdoriga nisbatan ortiq bo'lgan holda kuzatiladi.Manfiy 
azot balansi oqsil ochlik, isitma, oqsillar almashinuvining neyroendokrin 
boshqarilishi izdan chiqqan hollarda kuzatiladi. 
Mutaxassislar tomonidan ish xarakteriga va yoshga bog'liq bo'lgan holda oqsilli 
oziqlanish me'-yori ishlab chiqilgah.Masalan, 70 kg og'irlikdagi katta yoshdagi 
sog'lom odamlar va aqliy meh-nat bilan shug'ullanuvchi kishilar uchun me'yorda 1 
kecha ktinduzda 100 g gacha,o'rtacha jismoniy mehnat bilan mashg'ul bo'luvchilarga 


91 
120 g, og'ir jismoniy mehnatdagilar uchun esa - 130-150 g oqsil iste'mol qilish talab 
qilinadi. 
Oqsilning miqdoriy oziqlanish tomoni bilan birgalikda uning sifatiy tomonini 
ham e'ti-borga olish kerak.Gap shundaki,organizmda kechadigan oqsil biosintezida 
oziq-ovqat tarkibida-gi aminokislotalaraing tarkibiy jihati ham muhim ahamiyatga 
ega bo'ladi. 
Biologik 
nuqtayi 
nazardan 
oqsil 
biosintezida 
ishtiok 
etadigan 
aminokislotalarni 2 guruh-ga bo'lish mumkm. 
Almashinadigan 
aminokislotalar.Bu 
aminokislotalarning 
oziq-ovqat 
moddalari tarkibi-dagi yetishmovchiligi boshqa aminokislotalar tomonidan 
qoplanadi. 
Almashinmaydigan aminokislotalar, ular tanada hosil bo'lmaydi,ular albatta 
oziqa tarki-bida bo'lishi shart bo'lgan aminokislotalar va ularning yetishmovchiligi 
oqsil 
sintezini 
izdan 
chiqarishiga 
olib 
keladi.Almashtirib 
bo'lmaydigan 
aminokislotalarga valin, leytsin, treonin, izo-leytsin, metionin,fenilalanin, triptofan, 
lizin, gistidin, arginin kiradi. 
O'simlik mahsulotlaridan iborat oziqlarga :qaraganda hayvon mahsuloti 
tarkibli oziqlar tarkibida almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar ko'p 
bo'ladi.Aminokislotalarning kerakli yi-g'indisini saqlovchi oqsillarni, biologik to'la 
qimmatli oqsillar deb nomlanadi.Oo'sht, baliq, tu-xum, sut tarkibidagi oqsillar yuqori 
darajadagi biologik to'la qimmatli oqsil hisoblanadi. Makkajo'xori,bug'doy,arpa 
oqsillari to'la qimmatli bo'lmagan oqsillardir. 
Oqsil sinteziga va parchalanishiga markaziy asab tizimining boshqaruv ta'siri 
to'g'ri asab o'tkazuvchi yo'l bilan amalga oshiriladi, shunga mos holda ichki 
sekretsiya bezlarining funksi-onal holati ham o'zgartiriladi.Asab tizimining oqsil 
metabolizmiga vositasiz ta'sirining bo'lmas-ligi ko'pgina tajribalarda asab tolalarni 
qirqib qo'yish yo'li bilan aniqlangan. 
Asab ta'sirlaridan mahrun qilingan, ya'ni denervatsiya qilingan to'qimalarda 
oqsil tuzil-masining metabolizmi izdan chiqishi kuzatiladi.Hayvonlarda bosh miya 
katta yarim sharlari po'stlog'i olib tashlanishi natijasida oqsil almashinuvi susayishi 
isbotlangan.Bu holat ayniqsa, yosh hayvonlarda kuzatiladi, bu esa bo'y o'sishi va tana 
massasining oshishiga olib keladi. 
Gormonlar oqsil almashinuviga ta'sirining turli-tumanligi bilan bir-biridan 
farqlanadi. Bir xil gormonlar oqsil sintezini faollashtiradi,ya'ni anabolitik ta'sir 
ko'rsatadi,boshqalari oqsil-ning parchalanish jarayonini faollashtiradi,ya'ni katabolitik 
ta'sir ko'rsatadi. 
Somatotropin-gipofiz bezining oldingi bo'lagida sekretsiyalanadigan gormon 
hisoblana-di.U tananing o'sish davrida skeletning o'sishini va barcha a'zo va 
to'qimlarning oqsil massasini oshishini ta'minlaydi.Odam va hayvon hayotining 
keyingi davrlarida somatotropin gormoni normal hayot qobiliyatlari uchun kerakli 
bo'lgan oqsilni sintezlanib turishini boshqarilishida asosiy rol o'ynaydi. 
Hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra oqsil sintezining somatotropin ta'sirida 
faollashishi turli mexanizmlar bilan tushuntiriladi: 
1.Aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayra ichiga o'tishining 
tezlashuvi; 
2.Hujayra yadrosida informatsion RNK sintezi,u orqali oqsil sintezining 


92 
kuchayishi va subhu-jayraviy tuzilmalarining shakllanishi; 
3.Katepsin-hujayra 
ichi 
proteolitik 
sintezlar 
ta'sirini 
susaytirish. 
Insulin bu ham anabolitik ta'sir ko'rsatadigan gormondir.U oqsil 
almashinuviga be-vosita va karbonsuv almashinuvi orqali esa bilvosita ta'sir 
ko'rsatadi.Bu gormonning bevosita ta'siri shu bilan tavsiflanadiki,u ammokislotalarga 
nisbatan 
hujayra 
membranalarining 
o'tkazuv-chanligini 
oshiradi.Natijada 
aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayraning ichiga o'tishi oshadi.Shu 
sabali hujayra ichida oqsil sintezi faollashadi.Bundan tashqari,insulin ta'sirida bir 
talay to'qimalarning hujayralari tomonidan glukozaning hazm bo'lishi yoki iste'mol 
qilinishi kuchayadi,oqibatda ancha miqdorda energiya ajraladi va ma'lum miqdorda 
oqsil sintezi jara-yonlarida sarflanadi. 
Qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin) oqsil almashinuviga, 
oqsilli oziq-lanishga va oqsil almashinuvining oxirgi holatiga ta'sir ko'rsatadi.Bezning 
me'yor funksiyasida oqsil sintezini: rag'batlantiradi, shu tufayli oqsil sintezini, a'zolar 
va 
to'qimalar 
differensiatsiy-asining 
rivojlanishini 
faollantiradi.Oqsil 
bilan 
oziqlanishning me'yordan ortiqcha miqdorda bo'-lganda gormonlarning ta'siri 
katabolitik tavsirga ega bo'ladi,bu o'z navbatida oqsil parchalanishi jarayonlarini 
kuchaytiradi. 
Jinsiy gormonlar.Ayollar jinsiy gormoni faqat maxsus ayollar jinsiy a'zolari 
(bachadon, qin, ko'krak bezlari) dagi to'qimalarda ishlab chiqilib,ular oqsil sintezini 
kuchaytiradi.Boshqa a'zo va to'qimalardagi oqsil almashinuviga estrogenlar ta'sir 
qilmaydi.Erkaklar jinsiy gormon-lari (androgenlar) xuddi shunday anabolitik ta'sirga 
ega, lekin ularning ta'siri estrogerilardan ko'ra yanada ko'proq bo'ladi.Androgenlar 
ta'sirida oqsil sintezi faqat erkak jinsiy a'zolarda ku-chaymay, balki boshqa 
to'qimalarda ham kuchayadi.Androgenlar steroid tizilmasi asosida ko'p-gina sintetik 
preparatlar tayyorlangan:ular oqsil sinteziga aniq anabolitik va kuchsizlangan 
spetsifik ta'sir ko'rsata olish qobiliyatiga ega.Ular bolalar bo'yining o'sishida, ayniqsa, 
fiziologik rivojlanishi qoloq bo'lgan bolararni davolashda ishlatiladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin