Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Falsafa 6 mavzu

 
Fidoyilik.
Ma’lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy 
me’yorlarni buzmay yashashi mumkin. Rasmiy–huquqiy idoralar va tuzilmalar tomonidan bunday 
odam rosmana, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam 
axloqsiz bo‘lishi, huquq bilan hisoblashgan holda axloqni tan olmasligi mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda, u o‘z mamlakatidagi jinoyat kodeksini e’tirof etishi barobarida, qalbidagi vijdon 
qonunlari bilan hisoblashmaydi, jinoiy jazodan qo‘rqadi–yu, vijdon azobini bilmaydi. 
Shu fikrlarni endi misolda ko‘raylik. Deylik, kuz kunlaridan birida O‘rdadagi Anhor bo‘ylab 
shoshib ketayotgan odam suvga cho‘kayotgan, yordamga muhtoj kishini ko‘rdi. Lekin darhol 
o‘zini suvga otib, uni qutqarmadi. Chunki birinchidan, cho‘kayotgan u emas, ikkinchidan, 
egnidagi kostyum–shim suvga tushsa rasvo bo‘ladi, uchinchidan, uning vaqti yo‘q, foydali bir ish 
yuzasidan uchrashuvga ketyapti, to‘rtinchidan, suv sovuq, shamollab qolishi mumkin, 
beshinchidan, axir, bu odamning cho‘kishiga u sababchi emas–ku! Shunday qilib, bir odam 
cho‘kib ketdi, ikkinchi bir odam, buni ko‘ra–bila turib, o‘z yo‘lida davom etaverdi. Buning uchun 
uni qamamaydilar ham, jarimaga tutmaydilar ham, u haqda faqat, qanday beshafqat, vijdonsiz 
odam ekan, deb fikr bildiriladi, xolos. 
Endi boshqa bir o‘tkinchini tasavvur qiling: u shu zahoti o‘zini suvga otib, cho‘kayotgan 
odamni qutqardi, dastlabki yordamni ko‘rsatdi va taksiga xarajat qilib, uyiga qaytdi: kiyim–bosh 
shalabbo, kattagina foydadan qoldi, besh–olti kun shamollab, dori–darmonga ham mablag‘ 
6
Навоий
. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 13–т. Т., «Фан», 1988, 201-б. 
7
Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б. 
8
Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б. 


sarfladi. Lekin u bunga achinmaydi. Voqeani eslaganida afsuslanmaydi, balki o‘z xatti–
harakatidan qoniqish tuyib, jilmayib qo‘yadi, hatto bu xotirlash unga ruh beradi.
Bu hodisada biz ikki xil tamoyil bilan harakat qilgan ikki kishini ko‘rib turibmiz: birinchisi 
– xudbin, ikkinchisi – fidoyi inson. Garchand, qonun birinchi kishini xudbinligi uchun 
jazolamagani barobarida ikkinchi kishiga fidoyiligi uchun alohida imtiyoz bermasa–da, jamiyat, 
mahalla–ko‘y, odamlar ularga ikki xil munosabatda bo‘ladilar: xudbinlikdan ijirg‘anib, 
nafratlanadilar, fidoyilikdan hayratlanib, minnatdorchilik bildiradilar. 
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar izzat–hurmat ko‘rsatilishiga sabab 
shuki, u istisnoli holatlarda o‘zining odatiy–kundalik hayotiy majburiyatlarini va munosabatlari 
darajasini ixtiyoriy ravishda oshira olish qudratiga ega bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar manfaati 
yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, ba’zan esa hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi va 
zarurat tug‘ilganda qurbon qiladi ham; jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni 
deb o‘zidan kechadi. Bunga Ikkinchi jahon urushi qahramoni mard o‘zbek yigiti To‘ychi 
Eryigitovning fidoyiligi yorqin misol bo‘la oladi. U dushman pulemyotiga ko‘ksini qalqon qilishi 
bilan o‘nlab, balki yuzlab o‘ziga o‘xshash odamlar hayotini saqlab qoldi; bu odamlar esa o‘z 
navbatida jahonda fashizm g‘alabasining xavfini kamaytira borib, oxir–oqibat yo‘qqa chiqardilar; 
ularning zurriyotlari esa hozir ham dunyoning Yangilanishi, o‘zgarishi uchun, oliy maqsadlar 
uchun xizmat qilmoqdalar. To‘ychi Eryigitovning nomi biz bilan birga, hech qachon xalq yodidan 
chiqmaydi. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin