ziyolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti–harakatlarini nafaqat ma’qullaydilar, balki
o‘z farzandlari va yaqinlariga namuna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan
boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari,
ularning ma’lumotlari oliu yoki o‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan
o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud «omma» qaysi erda kamayib
borsa, o‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma’nodagi
fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tamoyilini har bir
fuqaroga singdirish uchun muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma’naviyatni
yuksaltirish orqali ro‘yobga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: