Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Falsafa 6 mavzu

TELEVIDENIE. 
Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo’lsa, televidenieni 
«jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at 
targ’ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida 
olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To’g’ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish 
aqlga to’g’ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar 
ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko’tarilganini, ularning estetik ahamiyat 
kasb etganini yaqqol ko’ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o’lkaki...» turkumidagi 
ko’rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu 
ko’rsatuvlarning deyarli har biri o’ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan 
sifatlashni qo’yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy haqiqatga aylangani, real 
odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko’tarilganini, ko’rsatuvni olib boruvchining o’zi 
qahramonlardan biri bo’lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko’rsatuv muallifi, 
telerejissyor, tasvirchi mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san’at, 
ta’bir joyiz bo’lsa, «hujjatli san’at» sifatidagi o’rnini belgilab beradi. 
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar 
bu san’at kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada keng. Zero 
televidenie oilaviy va individual estetik idrok etiladigan san’at turi, u bizning uydagi 
kinoteatirimiz, uydagi Sirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa, uning kinodasturlari alohida 
ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi kinoteatrda 
ko’rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo’q. Bundan tashqari telekamera 
hamma erda - quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo’limiz, oyog’imiz, 
nigohimiz etmaydigan joylardan badiiylik darajasiga ko’tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. 
Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg’iz teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham 
aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo’lib ishlash xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi, 
bir so’z bilan aytganda, katta iste’dod va bilimga. hozirjavoblik va o’tkir nigohga ega bo’lishi 
lozim.
16
16
Қarang: Bоrеv Yu. Estеtika. M., 2003. S. 305. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin