bo’lib, qadimgi, xalq sevgan san’at turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq
kishi tarafma-taraf
bo’lib, davrada, to’g’ridan-to’g’ri, tomoshabinlar olqishi
shaklidagi baholash usulida
o’tkaziladigan so’z o’yini.
ESTRADA.
Qadimda estrada bilan Sirk yaxlit bir san’at turi hisoblangan. XIX
asrga kelib,
estrada Sirkdan mustaqil tarzda faoliyat ko’rsata boshlagan. O’zbekistonda u Qo’qon xonligida
XIX asr boshlarida tashkil etilgan keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.
15
Umuman
olganda, u an’anaviy san’atlar ichida nisbatan yangisi va ba’zi jihatlari bilan zamonaviy –
texnikaviy san’at turlariga ma’lum ma’noda yaqinligi bor (estrada musiqasining zamonaviyligi,
elektron asboblar ijrosi v.h.).
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, Sirk, askiya unsurlari
yaqqol ko’zga tashlanadi. M.,
drama va komediyaning,
kichik shakllari, intermediyalar,
akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo’shiq, badiiy o’qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi.
Unda zamonaviy muammolarning ko’ngil ochish usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil
tanqid yo’llarini ko’rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy mavzular, estradada qisqa, lo’nda,
qiziqarlili tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo’lsa-da,
teatrdan aynan ana shu
«engilligi», «ko’ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada aktyori E.Petrosyan shuni
nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb ataydi.
Dostları ilə paylaş: