Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Falsafa 6 mavzu

ikkinchi tomoni
- san’atni yaratuvchilar orasidagi demokratiya bilan 
bog’liq.
 Shunday qilib, san’atning ichki estetik jihatlari bilan tanishdik. Endi uning tashqarida, 
o’ziga o’xshash ma’naviy hodisalar o’rtasidagi mavqeiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 
Ijtimoiylik ham
san’atning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asari o’z 
davrning dolzarb muammolarini, etakchi g’oyalarini, muayyan mafkurani ko’tarib chiqmasligi 
mumkin emas. Faqat ular go’zallik, ulug’vorlik, kulgililik, ezgulik, ideal kabi estetik va axloqiy 
qadriyatlar bilan uyg’un tarzda idrok etuvchiga etkazib beriladi. Zero san’at asarida asosiy 
«voqealar» markazida turuvchi badiiy qiyofani biz asar qahramoni – qahramon deb atashimiz ham 
shundan: ijtimoiylik yo’q joyda qahramonlikning mavjud bo’lishi mumkin emas. San’atning bu 
xususiyati uning zamonaviylik, mafkuraviylik, hozirjavoblik, dolzarblik, singari tamoyillari va 
sifatlari bilan bog’liq. Ayni paytda san’atning individuallashtirish xususiyati ham mavjud. U – 
voqelikdagi makon va zamon uchun umumiy bo’lgan fazilatlar yoki illatlarni, go’zallik yoki 
xunuklikni, ulug’vorlik yoki tubanlikni v.b. jihatlarni muayyan bir badiiy qiyofada, tasvirda, 
ifodada umumlashtirib berishi, ya’ni umumiylikni xususiylikda in’ikos ettirish bilan belgilanadi. 
Bunda har bir xususiylashgan umumiylik o’zining individul tabiatiga, fe’l-atvoriga, xatti-
harakatiga, dunyoqarashiga, tashqi ko’rinishiga, so’zlashish odatiga, rangiga, ohangiga v.b. o’ziga 
xosligiga ega bo’lishi lozim. Aks holda, asar bir xillikdan, bir qolipdagi odamlar va narsa-
hodisalardan, bir xil ranglardan, bir xildagi ohanglardan iborat bo’lib qoladi, jonli voqelik emas, 
o’lik sxema vujudga keladi. Ayonan individuallashtirish xususiyati san’atdagi har bir badiiy 
qiyofa, tasvir yo ifodani takrorlanmas estetik hodisaga aylantiridi. Ana shunday hodisagina 
o’zining mohiyatidagi umumlashtirishni etuvchiga ishonchli tarzda etkazishga, qator hayotiy 
haqiqatlardan yagona badiiy haqiqat yaratishga qodir bo’ladi. M., Abdulla Qodiriyning «O’tgan 
kunlar» romanidagi o’zbek oyim o’sha davrning beshafqat urf-odatlariga mukkasidan ketgan 
begoyimlar, shaddod onalar uchun umumiy bo’lgan xislatlarni o’zida umumlashtirgan ayol, 
romanda tasvirlangan qizlar bazmi – qiz majlis esa an’anaviy marosimning umumlashmasi. Lekin 
ayni paytda ular – O’zbek oyim qiyofasi ham, qiz majlis tasviri ham individuallashtirilgan
takrorlanmas badiiy estetik hodisalardir.

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin