Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Insondagi xunuklik esa 
tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, 
ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar 
nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qo‘zg‘atib yuborishi 
natijasida insonni tubanlashtiradi. Inson boshiga og‘ir kulfat tushganda undan o‘z moddiy 
manfaatlari yo‘lida foydalanuvchi kimsalar tuban odamga misol bo‘ladi. 
 
FOJEAVIYLIK VA KULGILILIK
Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlik bilan qator yaqinlikka ega. Haqiqiy 
ulug‘vorlik fojiaviylikning davomi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shu bois estetikasida 
fojiaviylik kategoriyasining ulug‘vorlik kategoriyasidan keyin o‘rganilishi bejiz emas. 
Ulug‘vorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali namoyon 
bo‘ladi.
Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi
-
insonning 
imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va tabiatga nisbatan 
munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o‘zgarmas chegaralarini buzib, 
uning mohiyatini yanada yaqinlashish, tashabbuskor va bunyodkorlikni rag‘batlantirish, hayotda 
umidvorlik va unga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iboratdir.
Fojiiy qahramon kelajakka 
yo‘l tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi. U doimo insoniyat kurashining oldida yuradi. 
San’atda fojea va fojeiy qahramon obrazini ifodalash quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 
-fojeiy asar hayot va ijtimoiy aloqalarni qamrab olishi va real tasvirlashi; 
-inson shaxsini to‘laqonli ravishda ifodalashi;
-davrining yorqin insonparvar orzulari bilan axloq qoidalari o‘rtasidagi to‘qnashuvning 
natijasini yoritishi;
-kuchli, jasoratli, g‘ururli, erkparvar inson timsolini barqaror o‘rnatishi;
-insoniy idealga intilish va unga bo‘lgan ishonchning mustahkamligi. 
Bunyodkor g‘oyalarning tarafdorlari doimo hayotni o‘zlashtirish, o‘lim xavfini qisqartirish 
haqida o‘ylab kelgan. O‘lim qayg‘usidan farqli o‘laroq fojiiy qayg‘u - iztirobning maxsus 
ko‘rinishi bo‘lib, u ulug‘vorlikning yo‘qolib borishi bilan bog‘liq, u hayotning yo‘qolishi yoki 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy voqelikning barbod bo‘lishidir. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin