yaxlitlik ,
birlik ,
mutanosiblik ,
tenglik . Mazkur tushunchalar narsa-hodisalarda bevosita
yoki bilvosita ishtirok etadi. Masalan, bahor faslining go‘zalligi tabiatning uyg‘onishi,
ko‘klamning yuz ochishi bilan belgilansada, undagi muhim unsur moslik tushunchasi bilan, ya’ni
faslning inson manfaati va ehtiyojiga mosligi - kunlarning isishi, atrofga yoqimli hidlarning
taralishi, bahoriy gullarning unib chiqishi va hokazolar bilan ifodalanadi. Qish ham qahraton
sovug‘i, oppoq qori bilan o‘ziga xos go‘zal fasl, biroq uning sovug‘i va qori bahorning go‘zalligiga
zarar etkazadi.
Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘‘jizaviylik singari tushunchalar
orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik
tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa-
hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning
manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha
maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi.
Shu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador»,
«maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan keng qamrovli va ustuvor ekanligini
alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez-tez tilga olinadigan
«chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.
Chiroylilik - narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan ha-
rakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chiroylilik insonlarda yoqimli taassurot
qoldiradi, ammo ayni bir paytda o‘sha chiroyli bo‘lgan narsa-hodisa yoqimsiz holatlarni ham
vujudga keltiradi. Masalan, «Bangidevona» o‘simligining guli oppoq, chiroyli bo‘ladi. Ammo,
gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq xid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki,
chiroylilik narsa-hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida
yoqimli taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa-hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki
faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go‘zallik iborasini ishlatish o‘rinli emas. Zero,
go‘zallik narsa-hodisalarning faqat bir tomoninigina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan
shaklning uyg‘unligi, mosligi, hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu
ma’noda go‘zallik ham obektiv ham subektiv xususiyatga ega. Tabiat go‘zalligi obekt (inson) va
subekt (o‘simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg‘unligiga asoslanadi. Uyg‘unlik va
tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib kelishini bugungi kundagi
ekologik muammolar orqali ko‘rishimiz mumkin.