Axloq falsafasi (etika)


NAFOSAT FALSAFASI VA DINSHUNOSLIK



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Falsafa 6 mavzu

NAFOSAT FALSAFASI VA DINSHUNOSLIK
. Nafosat falsafasining dinshunoslik bilan aloqasi 
alohida diqqatga sazovor. Chunki din va san’at doimo bir-birini to’ldirib keladi va ko’p hollarda 
biri boshqasi uchun yashash sharti bo’lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy 
dinning «o’z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun - haykaltaroshlik, nasroniylik 
uchun -tasviriy san’at, musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha 
umumjahoniy dinlar o’z ibodatxonalari bo’lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik 
san’ati bilan bog’liqligi hammamizga ma’lum.
Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san’at turlari bilan aloqadorlikda ish ko’radi. Asrlar 
mobaynida ana shu aloqalar natijasi o’laroq, san’at asarining o’ziga xos ko’rinishi – diniy-badiiy 
asar vujudga keldi. «Abu Muslim jangnomasi», Shohizinda me’morlik majmui, Kyoln jomesi, 


Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, Hindi-Xitoy mintaqasidagi Buddha ibodatxonalari ana 
shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy g’oyalar badiiyat orqali ifoda topgan. Nafosat 
falsafasi bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan hamkorlik qilmay iloji yo’q: 
u o’sha diniy g’oyalarning mohiyatini, har bir umumjahoniy dinning san’at oldiga qo’ygan 
talablarini yaxshi bilmog’i va hisobga olmog’i lozim. 
NAFOSAT FALSAFASI VA PEDAGOGIKA
. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya 
muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum 
ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga 
bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, 
aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar 
tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya 
muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini 
ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug’ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib o’tadigan bosqichlar 
uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan 
aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning 
strategiyasidir. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin