1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi G. Leybnits (1646-
1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Leybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql – idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg’uga bo’ladi
va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha
aql – idrokni o’rganadigan fan – mantiq, iroda – ixtiyorni o’rganuvchi fan esa – axloqshunoslik
(etika)ning falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq his-tuyg’uni o’rganadigan fan falsafiy
maqomda o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish»,
«sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos»
so’zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «estetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko’p o’tmay,
u goh «go’zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining
eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o’z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi:
«Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga
urinishlar bo’ldi.
So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab
qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, mazkur fan
mazmuniga javob beradigan ibora, bu – “nafosat falsafasi», «san’at falsafasi» yoki yana ham
aniqroq qilib aytganda – «badiiy ijod falsafasi»
12
.
Hegelning «estetika» atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri
– yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi – mazkur so’zning barcha his-
tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda
tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko’ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi
shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson
hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois «nafosatshunoslik»
atamasi ham
ilmiy muomalaga kiritildi. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan «nafis», «nafislik», «nafosat»
so’zlari o’z qamrovi bilan fan talablariga javob bera oladi. «Nafis» so’zi «O’zbek tilining izohli
lug’ati»da – go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak degan ma’nolarda
izohlanadi
13
. Shu sababli Hegelning izidan borib, «Estetika» atamasini saqlab qolgan holda,
«nafosatshunoslik» iborasidan ham foydalanish mumkin, deb o’ylaymiz.
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go’zallik falsafasi»
iboralariga to’xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi.
Lekin, yuqorida aytib o’tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi
paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go’zallashtirish,
tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug’ullanadi. Demak, uning
qamrovini san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q. Zero bugungi kunda
inson o’zini o’rab turgan barcha narsa-hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda nafosatni his
etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan
samolyot,
biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz
yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog’lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi
lozim.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go’zallik falsafasi» degan ibora bu fanning
mohiyatiga ko’proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go’zallikni emas, balki insondagi,
jamiyat va tabiatdagi go’zallikni ham o’rganadi. Shuningdek, go’zallikdan boshqa ulug’vorlik,
fojeaviylik, kulgililik, mo’’jizaviylik, xayoliylik, uyg’unlik, noziklik singari ko’pdan-ko’p
tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o’rinda,
shuni
unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go’zallik, bir tomondan, unsur
sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o’zi go’zallikka nisbatan unsur vazifasini
o’taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo’lishini biz nafosat deb ataymiz.
Go’zallik, ko’rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u
estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go’zallikning
12
Гегель Г. Эстетика. М., Искусство, 1968. С. 7.
13
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томли, I том, М., Русский язык, 1981. 497 – 498-б.
ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo’lolmaydi. Masalan,
ulug’vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon
minorasi yoxud Minorai Kalon ulug’vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz,
qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi
kimyoviy korxona
mo’risidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag’irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz,
ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o’sib chiqqan axlat «tog’i»ga qarab
zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go’zallik
qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog’ esa tabiat yaratgan ulug’vor go’zallik. Zavod mo’risida
ham, axlat «tog’»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa –go’zallik etishmaydi. Minora bilan
tog’dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu – go’zallik. Fojeaviylik xususiyatida ham
go’zallikning ishtirokini ko’rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik»
romanidagi Austrlitsda bo’lib o’tgan rus va frantsuz qo’shinlari to’qnashuvidan so’ng, jang
maydonida yarador bo’lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo’lida bayroq
dastasini ushlagancha, ko’m-ko’k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir
yigit – bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o’lgan deb o’ylab, bu manzaradan
hayratlanib: «Mana bu – go’zal o’lim!», deydi. Bu o’rinda asar qahramonining o’limi – fojeaviylik,
o’limning qahramonlikka aylanishi – ulug’vorlik; fojeaviylik bilan ulug’vorlik xususiyatlarining
omuxtalashuvi natijasida esa go’zal manzara, qayg’uli va ulug’vor go’zallik vujudga kelgan.
Shuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go’zallik
yuqorida
keltirilgan estetik xususiyatlar va tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl qilmaydi, faqat ularning
hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot
ob’ekti – go’zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi ana shu go’zallikni aks ettirish bo’lgan san’at
ham o’z navbatida nafosatshunoslikning keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
San’at estetikaning tadqiqot ob’ekti sifatida o’ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar
bo’rtib ko’zga tashlanadi. Shunga ko’ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin.
San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini
o’taydi. U insonni o’rgatadi, da’vat etadi, go’zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika
san’atning ko’makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo
bo’lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib,
san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan,
san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa,
san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi.
Shunday qilib, estetika san’atni to’la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy
asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib,
to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok
etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan
nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.
Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar
podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o’z qamroviga olib, ulardan
umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. Shu bois
tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida
barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar
asosida insonni go’zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika
ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega.
Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli.
Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik
ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga tadbiq etib bo’lmaydi.
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san’at asariga yondashuvida ko’rish mumkin.
Ma’lumki, har bir san’atshunoslik ilmi o’z tadqiqot ob’ektiga uch tomonlama – nazariy, tarixiy,
tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik.
Adabiyot nazariyasi faqat
adabiyotgagina xos bo’lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositalarini
o’rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayonlar orqali badiiy adabiyotning
rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy
jarayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini
kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san’atda ham, boshqa san’at turlarida ham shunday.
Estetikada esa tadqiqot ob’ektiga yondashuv uch emas, birgina – nazariy jihatdan amalga
oshiriladi: tarix ham, tanqid ham nazariyaga bo’ysundiriladi. To’g’ri, «estetika tarixi» degan ibora
va shu nomda kurslar o’qitiladi. Lekin bu nom, ibora shartli tarzda qo’llaniladi. Chunki, u fan tarixi
emas, balki tarixan davrlarga bo’lingan estetik nazariyalar tahlilidir.
Ma’lumki, san’at asarining mavjud bo’lishi uchun to’rt shart yoki omil albatta zarur. Bular:
ijodkor – badiiy asar – badiiy asarni idrok etuvchi –vositachi. Yuqoridagi misol nuqtai nazaridan
qaraydigan bo’lsak: yozuvchi – roman – kitobxon – tanqidchi. Adabiyotshunoslik bularning har
birini odatda alohida-alohida o’rganadi. Deylik, yozuvchi Odil Yoqubov
ijodiy faoliyati haqida
adabiy portret alohida, uning «Ulug’bek xazinasi» romani to’g’risida tadqiqiy maqola alohida,
«Ulug’bek xazinasi» romani va zamonaviy kitobxonning didi, saviyasi va talablariga
bag’ishlangan taqriz hamda unda kitob nashriga (nashriyotga) doir mulohazalar alohida yozilishi
mumkin. Nafosatshunoslik fani hammasini bir yo’la, muayyan tizim sifatida tadqiq etadi va bu
tadqiqot umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: