Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Виндельбанд В. О
свободе воли. Минск - Москва, «Харвест» - АСТ, 2000. С. 8. 


murakkab muammolardan biri «iroda erkinligi» emas, balki «ixtiyor erkinligi» degan istiloh bilan 
atalishi maqsadga muvofiqdir. 
Ixtiyor erkinligi eng avvalo ixtiyorning uch bosqichda voqe bo‘lishi bilan bog‘liq. Birinchi 
bosqich – ichidan faqat bittasini tanlab olish va harakatga aylantirish mumkin bo‘lgan alohida 
xohish–istaklarning tug‘ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda mazkur xohishlarning o‘zaro bir –
birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu – tanlov oraqali bir qarorda to‘xtash 
imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich tanlangan xohishning o‘ziga mos jismoniy harakatga o‘tishi 
bilan belgilanadi. 
Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan erkinlik faqat tanlovning 
boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud bo‘ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, ya’ni ikki 
narsadan birini tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati tugaydi: siz 
ixtiyor qilib bo‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz, endi tanlagan narsangizga mos harakatni 
boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig‘idagi fikrlash 
mobaynidagina voqe bo‘ladigan hodisadir. 
Tanlovning o‘zi esa ikki xil xohish o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurashda faqat bitta 
hohish – qaysinisi kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi: ham unisining, ham bunisining baravar 
tanlanishi mumkin emas. Ruhshunoslik nuqtai nazaridan tanlov hissiyotga asoslangan, qanday 
sabab orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo‘lgan ruhiy omil. Axloqshunoslikdagi tanlov esa 
qadriyat bilan bog‘liq, aqlga asoslangan tushuncha. Birinchisi – bor narsa, ikkinchisi – bo‘lishi 
kerak deb hisoblangan narsa; birinchisi –mavjud omilni, ikkinchisi – idealni, me’yorni anglatadi. 
Shunday qilib, insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan 
ravishda, ideal va me’yorlarga mos tarzda cheklanadi. Aks holda, muayyan bir yo bir necha inson 
yoki guruhning betiyiq erkin ixtiyori na faqat boshqa insonlar va guruhlar, balki nabotot, hayvonot 
olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov 
muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. 
Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‘l 
urishi mumkin – uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat manfaat ustuvorligini tan 
oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni 
tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir xatti–harakat, har bir qilmishning 
ibtido nuqtasi. 

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin