Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Hayolilik. 
Bu
 
me’yor xulqiy go‘zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir 
qarashda, uyat hissi bilan o‘xshash bo‘lsa–da, aslida o‘zini ko‘proq andisha va iboga yaqin fazilat 
tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat – nafosat bilan uyg‘unlashib 
ketadi. Hayodan odatda, inson qizaradi, bu qizarish, ayniqsa xotin–qizlarda ichki go‘zallikning 
yuzga tepchib chiqishiga sabab bo‘ladi va alohida bir nafislikni, mayinlikni vujudga keltiradi. 
Insonning o‘zi sodir etgan yoki boshqalar vositasida amalga oshirilgan axloqiylikka zid xatti–
harakatlardan noqulay vaziyatga tushishi, o‘ng‘aysizlanishi, mulzam bo‘lishi uyat hissida ham 
mavjud. Lekin bu holatlar uyatda ijtimoiylik kasb etgan bo‘ladi, shu sababli ular xatti–harakat 
sodir qilingandan so‘ng ham davom etadi va ko‘p hollarda vijdon azobiga aylanadi. Hayotda esa 
mazkur holatlar sof ma’naviy tabiatga ega va vaqt doirasida cheklangan bo‘lib, ular xatti–harakat 
sodir etilayotgan paytdagina yuzaga chiqadi. 
Sharq donishmandlari, xususan, Abu Lays as–Samarqandiy, G‘azzoliy,
 
Navoiy kabi 
allomalar, keyinroq esa
 
Avloniy, Fitrat
 
singari jadid mutafakkirlari, hayoni yuksak axloqiy 
qadriyat sifatida olib qaraganlar, uni ikkiga – odamlar oldidagi hayoga va Alloh oldidagi hayoga 
ajratganlar hamda nomusning bir ko‘rinishi deb ta’riflaganlar. Chunonchi, «Hayo, – deb yozadi 
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida, – dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, 
inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir… Iffatning pardasi, vijdonning niqobi 
hayodir»
10
.
Darhaqiqat, hayolilik kishining ma’naviyatli, ma’rifatli, nomusli, ochiq ko‘ngilli ekanini 
anglatadi, uning ziddi behayolik esa, aksincha, ma’naviyatsizlik, nopoklikka moyillik, qalban 
qattiqlik kabi illatlar bilan xarakterlanadi. 
Bugungi kunda hayolilik alohida ahamiyatga ega. Turli sivilizatsiyalarning o‘zaro aloqalari, 
ba’zan esa omuxtalashuvi, urbanizatsiya, modaparastlik singari zamonaviy hodisalar o‘zbek 
oilasidagi an’anaviy hayolilikka ma’lum ma’noda salbiy ta’sir ko‘rsatayotir, ayniqsa xotin–qizlar 
va yoshlarning o‘zini tutishida, muomalasida, kiyinishida bu ta’sirni yaqqol sezish mumkin. Shu 
sababli oiladagi va maktabdagi tarbiyada hayolilik xulqiy go‘zallik, nazokat; behayolik esa xulqiy 
10
Авлоний А.
Ўсон миллат. Т., «Шарқ», 1993, 98-б. 


xunuklik va qo‘pollik ekanini uqdirish shaxs erkinligining doimo o‘zgalar oldida mas’uliyat bilan 
bog‘liqligini izchil ravishda tushuntirib borish muhim vazifalardan biri.

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin