boshidan pul sochishlar singari holatlar shular jumlasidan. Bunda biz fazilatning me’yor buzilishi
natijasida illatga aylanganini ko‘ramiz.
Lekin o‘zbekchilik va mehmondo‘stlikni bunday noto‘g‘ri tushunish sho‘rolar
davridan
kelayotgan sarqit, o‘tkinchilik tabiatiga ega bo‘lgan hodisalardir. Aslida o‘zbekchilik va
mehmondo‘stlik tamoyillari xalqimizning o‘ziga xosligini ta’kidlaydi. Jahonning juda ko‘p
xalqlari bu tamoyillar egasi bo‘lmish o‘zbek millatiga doimo ehtirom,
havas va hayrat bilan
qaraydilar.
Shunday qilib, qisqacha xulosa yasaydigan bo‘lsak, biz ko‘rib o‘tgan axloqiy tamoyillar
individni yuksak axloqiy shaxs darajasiga ko‘taradigan, uning hayotiga ijtimoiy–ma’naviy
mazmun bag‘ishlaydigan tushunchalardir. Zero, har bir kimsa o‘zi tanlagan tamoyillari majmui
tufayli komillik darajasining muayyan bosqichidan o‘rin oladi, o‘z hayotining ma’nosini anglagan
insonga aylanadi. Shu tufayli axloqiy tamoyillar hayotimizda nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: