ko‘ziga qarab, yaqinlarini yoki hamkasabalarini xafa qilishdan, o‘z moddiy manfaatdorligiga zarar
etkazishdan cho‘chmaydi. To‘g‘ri, bunday munosabat tufayli rostgo‘y inson aziyat chekishi,
ta’na–dashnomlarga qolishi mumkin. Lekin bularning hammasi
bir odamga yoki muayyan
guruhga voqelikni asl holida etgazganligidan, ularni noto‘g‘ri yo‘lga solib yubormaganligidan
qalbda paydo bo‘lgan qoniqish hissi, xotirjamlik va orom tufayli yuvilib ketadi, ichki bir quvonch
unga baland ruh bag‘ishlaydi.
Yolg‘onga kelsak, uni ko‘pchilik donishmandlar eng katta yovuzliklar sirasiga kiritishgan.
Chunki, yolg‘onchi kishilar bo‘lgan yoki bo‘layotgan voqea–hodisalar haqida noto‘g‘ri axborot
berib odamlarni adashtiradilar, o‘zlari ham adashadilar. Kimningdir yoki kimlarningdir yolg‘oni
tufayli odamlar ishonchga
loyiq narsalarga ishonish, ishonchsizlikka sozovor narsalarga
ishonmaslik imkonidan mahrum bo‘ldilar va turmushda, hatto hayot–mamot
masalalarida
noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladilar, bu narsa esa fojeaga olib keladi. Yolg‘onchilik qilgan odam ham
«quruq» qolmaydi, u ham o‘z «fojeaviy ulush» iga ega bo‘ladi, unga bundan buyon nomusiz,
kazzob, ishonib bo‘lmaydigan odam
sifatida munosabat qilinadi, bu bir tomondan, ikkinchi
tomondan, o‘zi ham zarar ko‘radi. Bunga o‘zbek xalq ertaklaridan
biridagi ikki marta yarim
kechada «Uyim yonib ketdi!» deb yolg‘ondan faryod ko‘tarib, hammani – sog‘u kasalni, qariyu
yoshni oyoqqa turg‘izib ovora qilgan, uchinchi marta haqiqatan ham uyiga o‘t tushganida
ko‘tarilgan dod–voyga hech kim e’tibor qilmagan yolg‘onchining qismati misol bo‘la oladi. O‘z
qishloqdoshlarining ishonchini yo‘qotgan ertak qahramoni faqat o‘zgalarnigina emas, o‘zini ham
aldadi: uchinchi chorloviga
hech kim yordamga kelmadi, uyi tag-tugi bilan yonib ketdi,
boshpanasiz qoldi. Har qanday yolg‘onchining peshonasida ana shunday «boshpanasiz», panohsiz
qolish qismati bor. Zero har bir inson uchun o‘zgalarning unga bo‘lgan ishonchi eng qoim
panohdir; o‘zgalarning ishonchi insonning o‘ziga ishonchini shakllantiradi va mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: