mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–
harakatlar majmuidir.
U sharqona jo‘mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik meyo‘rining aksi: agar jo‘mardlik,
ko‘rib o‘tganimizdek, biror shaxs, jamoa yoki jamiyat baxti, farovonligi yo‘lida kishining hatto
o‘ziga eng zarur bo‘lgan narsalardan ham voz kechishiga tayyor turishini
anglatsa, xudbinlik o‘z
manfaatlari yo‘lida, hech kimni, hech bir jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydigan salbiy
me’yor egasining bo‘rtib ko‘zga tashlanadigan xususiyati.
Xudbinlikni inson shaxsining o‘ziga bo‘lgan muhabbati bilan chaplashtirmaslik lozim. Biz
Imom G‘azzoliy muhabbatning besh turi haqida so‘z yuritib, insonning o‘ziga, o‘zining a’zolariga,
salomatligiga bo‘lgan muhabbatini birinchi o‘rniga qo‘yganini yaxshi bilamiz. Uningcha, bu
muhabbat Alloh, ota–ona, qarindosh–urug‘, do‘st–birodar, muhtoj–ehtiyojmandlar xizmatida
bo‘lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. Xudbinlik esa muhabbat hissiga emas, nafsga,
hirsga, rujuga asoslanadi, o‘zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik xislatlarida namoyon etadi.
To‘g‘ri, hammaning ham qo‘lidan jo‘mardlik
kelavermaydi, lekin insonning o‘ziga bo‘lgan
muhabbati, boshqalarning ham o‘ziga shunday muhabbati borligini inkor etmasligi kerak. SHu
qoida buzilgan joydan xudbinlik boshlanadi.
Xudbinlik jinoyat emas, xudbin odam qonunni buzmaydi, aksincha doimo qonun oldida
«toza», «faqat qonuniy haqi»ni qanday sharoitda bo‘lmasin – birovlarning fojeasi ustidami, o‘limi
ustidami, – qat’i nazar, undirib oladi, xolos. Uning aqidasi: «Go‘zal bino qulasa–qulayversin, men
o‘zimga tegishli yuzta g‘ishtni sug‘urib olishim kerak!»
Shuni
afsus bilan qayd etish kerakki, xudbinlik jamiyatda ko‘payib borsa–borayaptiki,
kamaymayapti. Chunki qonunning mustahkamlanib borishi xudbin odamlar uchun qulaylik
tug‘diradi: ular qonunning ruhini – mohiyatini bir chetga surib qo‘yib, uning jumlalaridan –
shaklidan foydalanadilar. Avvalgi, an’anaviy urf–odatlar hukmron davrlarda xudbin odam
jazolanishi – bir chetga chiqarib qo‘yilishi, jamoadan, mahalladan haydalishi mumkin edi.
Endilikda bunday munosabat erkin shaxs huquqlarini poymol qilish, noqonuniy
yondashuv deb
hisoblanadi. Demak, xudbinlikni yo‘qotishning faqat bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa jamiyatda axloqiy
tarbiyani zamonaviy tarzda keng joriy etish.
Dostları ilə paylaş: