ko‘rsatuv va eshittirishlar shuhratparastlarning yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlardek paydo
bo‘lishini ta’minlamoqda. Misol tariqasida ko‘pchilik ommaviy axborot vositalarida aslida horijiy
mualliflar musiqalarini, qo‘shiqlarini noqonuniy o‘zlashtirgani – o‘g‘irlagani (plagiat) uchun
jazolanishi kerak bo‘lgan shuhratparast «san’atkorlar»ning ko‘klarga ko‘tarilishini keltirish
mumkin. SHuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat
axloqiy tarbiya vositasida
kurashish qiyin, shu sababli ularga nisbatan axloqiy yo‘l bilan birga ichki va xalqaro huquq
me’yorlaridan ham unumli foydalangan holda ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, uch bob mobaynida, qisqacha bo‘lsa–da, axloqshunoslikning asosiy
tushunchalarini, axloqiy tamoyillar va me’yorlar nima ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat
axloqiy hayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik. Pirovard
natijada quyidagicha
xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: agar axloqshunoslikning mezoniy
tushunchalari bir–biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq
– ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar esa bir–biri bilan shu
darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob
doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Ixtiyor erkinligi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin erkinlikning o‘zi haqida mulohaza qilib
ko‘rish lozim bo‘ladi. Chunki «erkinlik» atamasi bir tomondan, sodda, aniq hammaga tushunarli
so‘z, ikkinchi tomondan esa o‘ta murakkab, tumanli, o‘zgarib turuvchi tushuncha; u hammani,
ayniqsa yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. «Aslida esa tarixda erkinlik nomi ostida ko‘p ulug‘
ishlar amalga oshirilgan, lekin aynan shu nom bilan qanchadan–qancha gunohlar qilingan. Har bir
kishining xayoliga kelganida yuragi dukillab urib ketadigan shu nom bilan qanchadan–qancha
jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so‘qirliklar o‘zini bezadi va bezamoqda»
11
. V.Vindelband
fikrini davom ettirib, erkinlik atamasining mazmuni siyosat va falsafa olamida hozirgacha turli xil
bo‘lib kelayotgannini, «haqiqiy erkinlik» tushunchasi esa nimani
anglatishi hali ham ayon
emasligini aytib o‘tadi. Bunday «tushunmovchiliklar»ning sababi, bizningcha, shundaki, inson
erkinligi hech qachon yolg‘iz, alohida olingan erkinlik bo‘lolmaydi, u, Sartr aytganidek,
erkinliklar ro‘parasidagi erkinlik. Aynan shuning uchun ham u hech qachon mutlaqlik kasb
etolmaydi, uni doim zamon, makon, inson va narsalar erkinligi – boshqa erkinliklar cheklab turadi;
inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir narsadangina erkin, ozod
bo‘lishi mumkin. M., sport musobaqalarida universitet sharafini
himoya qilish uchun boshqa
shaharga borgan talaba darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin u darslarga
nisbatan erkinlikka ega bo‘lgani holda, butunlay erkin emas – sport musobaqalarida qatnashish
majburiyatini olgan. Shunday qilib, bir erkinlikning qo‘lga kiritilishi ikkinchi erkinlikdan – sport
musobaqalarida qatnashmaslik erkinligidan voz kechishga olib keladi. Demak, bir tomondan
erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas,
ikkinchi tomondan, shuning uchun
ham, har qanday erkinlik cheklangan holdagina voqe bo‘ladi.
Mantiqsizlik deganimizning ma’nosi shundaki, ixtiyor – xohish, istak demakdir, iroda esa
o‘sha xohish, istakni bosib turuvchi, uning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan kuch, ya’ni
ixtiyor g‘ildirak bo‘lsa, iroda – tormoz. M., siz chekishni tashladingiz, lekin juda bo‘lmaganda,
«bir tortib» qo‘yishni nihoyatda xohlaysiz, shunda iroda vositasida bu
xohishdan voz kechsangiz,
irodali odam deb atalishga loyiqsiz, akasincha esa, siz irodasiz insonsiz. Demak, ixtiyor – erkinlik,
iroda – zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, «ixtiyor» va «iroda» so‘zlari bir mazmunni
anglatadigan holatlar ham mavjud. Lekin ular juda kam, sanoqli, faqat mislsiz qudratning
xohishigina bir vaqtning o‘zida iroda bilan mustahkamlanadi, bunda iroda xohishning yuksak
darajasi sifatida talqin topadi. Bunday talqin to‘rt narsaga xos: gap Xudo, xalq, ota–ona, podsho
haqida borgandagina biz «Xudoning xohish–irodasi», «xalqning xohish – irodasi» v.h. deyishimiz
mumkin xolos. Boshqa barcha hodisalarda ixtiyor bilan iroda bir–biridan muxtor tarzda va bir–
birining ziddi sifatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, falsafa
va axloqshunoslikdagi eng
11
Dostları ilə paylaş: