Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Falsafa 6 mavzu

 
ULUG‘VORLIK VA TUBANLIK. 
Ingliz nafosatshunosi 
E.Byork
go‘zallikni ulug‘vorlik
bilan solishtiradi va ularni bir-biriga 
qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. 
I.Kant
esa 
go‘zallik va ulug‘vorlikni
uyg‘unlikda 
rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ushbu mutafakkirlardan farqli o‘laroq, 
Gegel, 
ulug‘vorlikni
go‘zallikning bir ko‘rinishi, ulug‘vorlik–zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka 
aylanishi, deb tushuntiradi. 
Ulug‘vorlik

insonning narsa hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar 
bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot 
majmuidir.
Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksizdir. 
Ulug‘vorlik o‘zida hajm, 
miqdor, ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi.
Shiller ulug‘vorlik tushunchasini
dramatiklashtiradi: u qayg‘u va qo‘rquvni engish insonni qanchalik ulug‘lashi va chiroy baxsh 
etishini ko‘rsatib beradi. Bu erda u «axloqiy xavfsizlik» tushunchasini kiritadi. Qo‘rquv va 
dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli bo‘lish lozim. Jismoniy xavfsizlik bevosita 
shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lib, insondagi qatiy ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, dahshatli 
yo‘qotishlar va mudhish qotilliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo‘qoladi. Agar xavf 
insonning o‘zigagina yaqinlashsa-yu, u o‘zini hotirjam xis qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan 
xoli; unga hech qanday havf taxdid solmaydi. Shu bois Shiller «axloqiy xavfsizlik»ni din, e’tiqod 
va abadiylik bilan bog‘laydi. «Axloqiy xavfsizlik»ning zaminiy xususiyatini hayot va o‘lim 
masalalari bilan izohlash mumkin. Ulug‘vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab 
qiladiki, bu muhokama go‘zallik muhokamasidan ustuvorroqdir.

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin