san’at turlari ravnaq topib borishi natijasida hozir eposni epiklik ma’nosida qo’llash, boshqa san’at
turlariga ham nisbat berish mumkin. Endilikda faqat Homerning «Iliada»si, «Alpomish»,
«Kalevala» dostonlarigina, roman janrining vujudga kelishi bilan, L.Tolstoyning «Urush va
tinchlik», Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanlari singari asarlar ham san’atning epos
xiliga kiradi. Bugina emas, keyingi paytlarda rangtasvir, musiqa v.b. san’at turlariga ham eposni
tadbiq etish mumkin bo’lib qoldi. M., Rixard Vagnerning «Nibelunglar uzugi» operasini, Bahodir
Jalolovning panno-polotnolarini, xalq qahramonligiga bag’ishlagan haykaltaroshlik majmularini
v.b. shu kabi miqyosli asarlarni misol qilib keltirish mumkin.
LIRIKA
eposdan ko’pincha qat’iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob’ektda
emas, sub’ektda berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli ajralib
turadi.
Ayni paytda ko’lam nuqtai nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik
muallifning hissiyotlari prizmasidan o’tib, idrok etuvchiga etib boradi; unda hajm eposdagidek
katta ham bo’lishi mumkin, lekin miqyos, ko’lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning
bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi. Lekin idrok etuvchi dunyosini eposdagidan kam
boyitmaydi, voqeiylikning kambag’allashuvi hissiyotlarning mo’lligi orqali o’z rasamadini topadi.
Xullas, eposda muallif idrok etuvchini olisdan kuzatib borsa,
lirikada u bilan yonma-yon
«suhbatlashib» boradi. Shuning uchun muallifni odatda «lirik qahramon» deb ataydilar. Lekin lirik
qahramonni muallif «men»i bilan hamma vaqt ham aynanlashtirish maqsadga muvofiq emas. Bu
«men» umuman inson, m., u yo kosib, yo qari, yoki yosh, yo o’tkinchi,
yo bevafo sevgilisini
o’ldirgan kishi v.h. Muallif esa, aslida ularning birortasi ham emas, butunlay boshqa odam bo’lishi
mumkin. Bu erda «men»ning kimligi masalani hal qilmaydi, balki uning idrok etuvchiga beradiga
lirik kayfiyati muhim. Zero lirikaning asosiy vazifasi aynan ana shu. Mohiyatan lirik kayfiyat
bag’ishlashga qaratilgan asarlarni biz faqat she’riyatda, badiiy adabiyotda emas, san’atning
rangtasvir, qo’shiqchilik, musiqa kabi turlarida ham uchratamiz. Ya’ni, lirikani yaratishda so’zdan
tashqari rang, ohang, ovoz singari badiiy asar «tillari»ning ishtiroq etishini e’tirof qilmoq lozim.
Dostları ilə paylaş: