SAN’ATNING KELIB CHIQISH Faylasuf-nafosatshunoslar o’rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo’lib
kelgan.
San’atning kelib chiqishi deganda ko’pchilik g’orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi . Vaholanki gap
bu erda san’atning qanday paydo bo’lganligi emas, balki nimadan paydo bo’lganligi to’g’risida
borishi kerak.
Ba’zilar uni taqliddan, kimlardir o’yindan, kimdir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bunday nazariyalar va konstepstiyalar anchagina, lekin ular orasidagi ikkitasining
tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi.
Ulardan biri – insonni hayvonlik darajasidan odamlik
pog’onasiga ko’targan narsa
mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning olamni o’zgartirishga
bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan moddiyatchilar ilgari surgan
qarash.
Ikkinchisi – san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, ma’naviy olamning o’yin orqali namoyon bo’lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi . Biz ana shu ikkinchi qarash
tarafdorimiz. Buning sababi shuki,
mehnat, qanchalik qadrlamaylik , qanchalik sharaflanaylik, u – majburiyat bilan bog’liq, maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa ,
o’yin esa har qanday
majburiyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individual-ijtimoiy hodisa.
Demak, mehnat –
zaruriyat ,
o’yin –
erkinlik . Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib
yashaydigan mavjudot sifatida o’z erkinligini eng avvalo o’yinda namoyon qiladi.
O’yinsiz insonning yashashi mumkin emas, usiz inson hayoti jahannam . Bu o’rinda yana bir bor
Shillerning mashhur fikrini keltirish o’rinli : «Inson faqat tom ma’noda inson bo’lgandagina
o’ynaydi va o’ynayotgan paytdagina to’liq insonga aylanadi.
14