Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Tabiatdagi ulug‘vorlik
cheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, moviy 
dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida 
namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, 
ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni 
butunligicha ko‘z bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi. 
Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xajm, 
dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda 
kuchli hayrat va hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Tog‘lar insonni yuksak fikrlashga, buyuk 
g‘oyalarga undaydi: Everestga O‘zbekiston bayrog‘ini tikib qaytishgan alpinistlarimizning 
taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Jamiyatdagi ulug‘vorlik
umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat, xalqparvarlik, 
bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg‘unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat 
ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikrlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning 
ulug‘vorligini aks ettiradi.
Me’morchilikdagi ulug‘vorlik
yuksak ahamiyat kasb etadi: Samarqanddagi Registon 
maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Imom Buxoriy majmui, Buxorodagi Minorai Kalon, Xivadagi 
Kalta Minor, Shahrisabzdagi Bibixonim, Oqsaroy, Toshkentdagi Evropa va Osiyo 
me’morchiligining yangi an’alarini uyg‘unlashtirgan Milliy Bank binosi, Oliy Majlis binosi, 
Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Misrdagi ehromlar, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning 
Kolizeyi, o‘rta asr gotik bosh cherkovlari shular jumlasidandir. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, 
ulug‘vorlik tushunchasiga faqat miqyos, ko‘lam va o‘lchovining kattaligi bilan yondashish uning 
qamrovini chegaralab qo‘yadi.
Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr ehromlari o‘zining keng 
miqyosliligi bilan kishilarni hayratga solsa, Go‘ri amir, Shohizinda, Ichan qal’a, Registon 
maydoni, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Minor, Bolo hovuz machiti insonda yuksak darajada 
nafosat va go‘zallik tuyg‘ularni shaklantiradi.

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin