Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Erkparvarlik.
Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq–huquqlari 
himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo‘lsa, erkparvarlik tamoyili 
uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy 
huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero, erksiz inson – asir, 
erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o‘z millati, o‘z Vatani 
erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib 
qo‘ygan insonlar tamoyilidir. 
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini inkor etishi barobarida 
inson huquqlarining tom ma’nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir 
shaxsning so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vijdon erkinligi uchun 
kurashadi, ikkinchi tomondan, butun–butun millatlar erki masalasini o‘rtaga tashlar ekan, ma’lum 
ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. 
Italiyadagi ozodlik harakati mag‘lubiyatga uchragach, Bayron Qadim Yunonistonni Turkiya 
zulmidan ozod qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida 
og‘ir bezgakdan vafot etdi. Uning o‘limi ham istibdodga qarshi shiorga aylandi. Benazir shoir, 
Yunonistonning ozod qilingan qismi general–gubernatori, erksevar qo‘mondon va ulug‘ inson 
xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tutdi. Hamma cherkovlarda Bayron 
haqqiga ibodat qilindi.Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb bilgan 
insonlarning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Vatanparvarlik.
Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o‘z 
Vataniga muhabbatini, uni asrab–avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. 
Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy–mafkuraviy qurol sifatidagina talqin 
etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi ancha keng – u insonparvarlikning nisbatan 
muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson 
ozodligi yo‘lidagi xatti–harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi. 
Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda 
4
Достоевский Ф.М.
Собрание сочинений в 15 т. Т. 9, ч. И – ИИИ. А., «Наука», 1991. С. 394. 


ham namoyon bo‘lishi mumkin. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, 
muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich 
eriga, binosining har bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm–fan va san’atdagi yutuqlariga mehr 
bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab–avaylash bular hammasi vatanparvarlikdir. 
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan hudud va 
xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog‘liq. Zotan, ma’lum bir mamlakat fuqarosi o‘sha 
mamlakatdagi asosiy etnik guruh vakili bo‘lmasligi ham mumkin. Turli shart–sharoit taqozosi 
bilan boshqa bir hududga, mamlakatga kelib, qolib ketgan fuqarolar, o‘z tarixiy vatanidan olisda 
tug‘ilganlar kam emas. Ularning ko‘pchiligida «tarixiy Vatan» tushunchasi xayoliy bir qo‘msash, 
shirin g‘ussa, o‘tkinchi intilish tarzida ifoda topadi. Aslida esa bu – mazkur Vatanga muhabbat 
emas, balki o‘z ajdodlariga, olis xotiraga hurmatdan, ekzotik hissiyotlardan kelib chiqadi; haqiqiy 
muhabbat esa, sharoit har ikki Vatandan birini tanlashni taqozo etganda, hozir yashab turgan 
Vatani va vatandoshlariga nisbatangina mavjud ekani aniq–ravshan ayon bo‘ladi. 
Mazkur holatni ajoyib gurji yozuvchisi Nodar Dumbadze o‘zining «Hellados» hikoyasida 
g‘oyatda jonli tasvirlab bergan: Suxumining Venetsian ko‘chasida YAnguli ismli yunon bola otasi 
bilan birga yashaydi. Uning chap ko‘ksida «Hellados» (Ellada) degan sanchma yozuv bor, u bu 
bilan faxrlanib yuradi. Lekin, vaqt kelib, yunonlarga tarixiy vatanlariga qaytishga ruxsat 
berilganida, Yanguli ketishni istamaydi. Otasi qattiq kaltaklab, majbur qiladi. Do‘sti Jamol undan 
nega otang bilan birga ketmoqchimassan, deb so‘raganida Yanguli shunday javob beradi:
«Qandoq tushuntirsamikin... – deya gap boshladi u ni
h
oyat. – Onam yo‘q, 
h
atto 
eslolmayman 
h
am. Otam uzzukun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida... Men ko‘chada, 
Venetsian ko‘chasida katta bo‘ldim... Mening Vatanim, mening Elladam bu – Suxumi, ko‘cha, 
Chalbash... 
– Bu nima bo‘lmasa? – Men Yangulining ko‘kragini ochib baland ovozda o‘qidim: Hellados. 
– Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o‘zida! – Yanguli qo‘lini 
ko‘ksiga qo‘ydi.
O‘pkam to‘lib, tomo
g‘
imga achchiq bir narsa qadaldi, unga yana bir nimalar demoqchi 
edim–u, ammo Yanguli eshagini no‘xtasidan etaklab, 
h
ovlidan chiqib ketdi». 
Otasi zo‘rlab, kaltaklab kemada olib ketishiga qaramay, Yanguli o‘z asl Vatanidan ketishni 
istamaydi, o‘zini dengizga tashlab, Vatani bag‘rida halok bo‘ladi. Buni yozuvchi shunday 
tasvirlaydi: 
«Oradan bir kun o‘tib, Kelasuri daryosining quyilish joyida dengiz to‘lqinlari bir bolaning 
jasadini so
h
ilga chiqarib tashlabdi. To‘
g‘
riro
g‘
i, uni keksa baliqchilar suvdan tortib olib, qumga 
yotqizishibdi. So‘ng murdaning kimligini aniqlash uchun shu atrofda o‘ynab yurgan bolalarni 
chaqirishibdi. Mar
h
umning basharasi shu qadar dabdala bo‘lib ketgan ekanki, uni 
h
ech kim 
tanimabdi. Uni men tanidim. Chap to‘shining ustidagi «Hellados» degan se
h
rli yozuvni 
ko‘rgandan keyin tanidim. Nafasimni ichimga yutgancha so
h
ildan, so‘ng temir yo‘l bo‘ylab, keyin 
Venetsian ko‘chasidan to‘xtovsiz yugurib, telbalarcha uyga otilib kirdim. 
– 
H
a, nima bo‘ldi?!! – Xolamning kapalagi uchib ketdi.
– Nina xola... Yanguli qaytib keldi... 
So‘ng xolamning oldida cho‘kkalab, oyoqlarini quchoqlab yi
g‘
lab yubordim...»
5
.
Demak, vatanparvarlik tamoyili xayoliy tuyg‘uga emas, balki muayyan zamonga, muayyan 
vatandosh–insonlarga bo‘lgan muhabbatga asoslangan axloqiy xatti–harakatlar jamuljamidir. Shu 
jihatdan qaraganda, mamlakatimizdagi barcha millatlar tengligini e’tirof etuvchi, millatidan qat’i 
nazar, hammamiz bir Vatan farzandlari ekanimizni ta’kidlovchi Konstitutsiyamizning ana 
shunday demokratik tamoyillarga asoslanishi, yuksak axloqiy zaminga egaligi e’tibor va e’zozga 
loyiqdir. 
Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini 
teran anglab etishga o‘rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish 
axloqshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi. 
5
Думбадзе Н.
Ҳелладос. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар. 



Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin