hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib
borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga etganidagina
ro‘y beradi. Faqat bu takomilga etish jarayoni bir umr davom etadi. SHu ma’noda buyuk ajdodimiz
Abu Nasr Forobiy: «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», –
deganida ko‘p jihatdan haq edi.
3
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan
aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan,
gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va
lazzatlanib eya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa egingiz kelmay qoladi;
shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin–
ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat
va zavqni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: