Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Falsafa 6 mavzu

Millatparvarlik.
YAna bir muhim axloqiy tamoyil, bu –millatparvarlik. U, ma’lum 
ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng 
ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi 
mumkin emas.Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik to‘g‘risida 
qisqacha to‘xtalib o‘tmoq lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini 
berishga intilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun 
kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan 
ham chambarchas bog‘liq. Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa 
millatlarni seva olmaydi. 
Asl millatparvar – milliy o‘zligini anglab etgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z 
millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. CHunonchi, Navoiy do‘ppi bilan to‘n kiygan 
o‘zbekni har qanday shoh jamolidan afzal ko‘radi: 
Sho
h
u toju xil’atekim, men tomosho qil
g‘
ali 
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdo
g‘
i bas.
6
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, 
aksincha, o‘zga til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat hurmat–izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l 
bergan. 
Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining – 
millatparvarlikning ilmiy–nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning zamonaviy, 
biz tanlagan ko‘rinishini, uning mafkuraviy jihatlarini Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom 
Karimov shunday ta’riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshash 
unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan 
mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda 
o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor».
7
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh 
avlodimizni vatanparvarlik, el–yurtga sadoqat yo‘lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik 
va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur».
8
Asl 
millatparvar ana shunday bo‘lishi kerak. Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi 
mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, 
Cho‘lpon singari minglab fidoyilarni xalqimiz hech qachon unutmaydi.

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin