4– TAJRIBA ISHI
RUDANI YANCHILISH DARAJASINI ANIQLASH.
4.1. Ishdan maqsad
: Rudalarning qattiqligini,
yanchilish darajasini va
yanchuvchi uskunalarning tuzilishini o„rganish.
4.2. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma‟lumotlar
Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash jarayoni
hisoblanadi. Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm
yiriklikkacha yanchiladi.
Dastlabki va yanchilgan maxsulotlar tarkibidagi eng katta bo„laklarning
nisbati yanchish darajasi deb ataladi.
Yanchish darajasi chiziqli (i=d
b
/d
o
) va hajmiy (i=v
b
/v
o
) yanchish darajalariga
bo„linadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlang„ich va oxirgi o„lcham va xajmni
ko„rsatadi.
Amalda eng katta bo„laklarning o„lchami sepiluvchi maxsulot o„tuvchi elak
ko„zining o„lchami bilan belgilanadi. Bunda elak ko„zining
shakli dastlabki va
yanchilish maxsuloti uchun bir xil bo„lishi kerak (dumaloq, kvadrat, to„g„ri
to„rtburchak va x.k.).
Rudali jismni kerakli o„lchamgacha maydalash va yanchish ezilish,
ishqalanish, zarba, kesilish va h.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
1.
Ezilish–jismni
ikki
tarafdan
berilayotgan maydalovchi
yuza orasida
parchalanishi (2-rasm, a).
2.
Uzilish–jismni maydalovchi yuza tig„lari ta‟sirida bo„laklarga parchalanishi (2-
rasm, b).
3.
Ishqalanish–jismni bir–biriga qarama–qarshi harakatlanuvchi
ikki maydalovchi
yuza orasida parchalanishi (2-rasm, s).
4.
Zarba–jismni qisqa ta‟sir etuvchi dinamik kuch ta‟sirida parchalanishi. Bunday
parchalanishning ta‟siri zarba kuchining kinetik energiyasiga bog„liq.
Zarba siqiq
va erkin zarbaga bo„linadi. Siqiq zarbada jism ikkita maydalovchi yuza orasida
parchalanadi. (2-rasm, j).
5.
Erkin zarbada jismning parchalanishi uni tegirmonning ishchi organi bilan yoki
boshqa jism to„qnashuvi natijasida (2-rasm, z) yuz beradi.
Sanoatda maydalash uchun “ezilish” usuli bo„yicha ishlovchi jag„li
maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” bo„yicha
ishlovchi konusli
maydalagichlar; yanchish uchun “siqiq zarba” usuli bo„yicha ishlovchi sharli
tegirmonlar, “erkin zarba” usuli bo„yicha ishlovchi o„ziyanchuvchi tegirmonlar va
h.k.lar ishlatiladi.