Nazorat savollar:
1.
Yanchish deb nimaga aytiladi?
2.
Yanchish va maydalash jarayonlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?
3.
Tegirmonning ishlash tartibi.
4.
Tegirmonning turlari.
5.
Tegirmonning kritik aylanish tezligi.
6.
Tegirmonning to„ldirish darajasi.
7.
Yanchish sxemalari.
5 – TAJRIBA ISHI
RUDADA NAMUNA OLISH USULLARINI O„RGANISH.
5.1. Ishdan maqsad
:
Rudaning qumoqlilik, kimyoviy va mineral tarkibini
aniqlash uchun undan namuna olish usullarini o„rganish.
5.2. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma‟lumotlar
Ko„pchilik foydali qazilma konlari bir jinsli emas va ba‟zan turli xil
texnologik sxema va boyitish usullarini qo„llashni talab qiladigan xilma–xil
rudalarni saqlaydi. Masalan, oksidli va sulfidli rudalar, yaxlit va sochma sulfidli
rudalar har xil yanchish darajalarini flotatsiya usullarini va h.k. larni talab qiladi.
Undan tashqari boyitish fabrikasiga ruda har xil kimyoviy, mineralogik va
granulometrik tarkibga ega turli konlardan kelib tushadi.
Boyitish jarayonini uzluksiz, yagona texnologik tartibda o„tkazish va
ma‟lum tarkibga ega mahsulot olish maqsadida turli xil rudalar turli nisbatda
aralashtiriladi.
Namuna deb mahsulotning umumiy massasidan olingan va shu
mahsulotning hamma xossalari masalan, komponentlarning miqdori, granulometrik
tarkibi, fizik xossalari, boyitiluvchanlik kabi xossalarini o„zida saqlovchi
miqdoriga aytiladi. Ishlatiladigan maqsadiga qarab namunalar bir necha turlarga
bo„linadi.
Kimyoviy-mahsulotdagi elementlarning miqdorini aniqlash uchun;
1. Mineralogik–mahsulotning moddiy tarkibi, struktura tuzilishi; teksturasi,
minerallarning assotsiatsiyalanish xususiyatlari, kristallarning o„lchami, va h.k.
larni o„rganish uchun;
2. Granulometrik–elash orqali va sedimentatsion taxlil uchun;
3. Texnologik–berilgan mahsulotni boyitiluvchanlikka moyilligini o„rganish va
texnologik sxemani tanlash uchun.
Namunalar konning o„zidan, chiqindilar to„dasidan, vagonetkalardan,
boyitish fabrikalarida maydalashning oxirgi bosqichidan turli xil usullar bilan
olinishi mumkin.
Har qaysi namuna namuna olingan joyi, usuli, sanasi, taxlillar natijasi
keltirilgan pasportga ega bo„lishi kerak.
Namunaning minimal miqdori quyidagilarga bog„liq, bo„laklarning o„lchami
va shakli, mineralning zichligi, maqsadi, qimmatbaho komponentning miqdori va
x.k. Namunaning massasi quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi.
2
d
k
q
, kg
(5.1)
bu yerda: d – eng katta zarrachaning o„lchami, mm.
k – empirik koeffitsiyent ( 0,1 – 3,0)
kimyoviy tahlil uchun namunaning massasi:
2
2
3
4
3
)
1
(
10
m
t
d
d
n
q
ўр
ўр
; kg
(5.2)
bu yerda: d – zarrachaning o„rtacha diametri, mm.
n – tajribalar soni.
t – ctyudentning taqsimlanishi, quyidagi formuladan aniqlanadi.
2
2
2
x
n
S
t
n
(5.3)
100
m
- tahlilning nisbiy xatoligi, %
- qimmatbaho komponentning miqdori, %
- maxsulotning o„rtacha zichligi, g/sm
3
S
2
–dispersiya
n
S
)
1
(
2
(5.4)
Mineralogik tahlil uchun
v
v
ўр
d
m
t
d
q
2
2
3
4
)
1
(
10
(5.5)
bu yerda d
v
-aniqlanuvchi mineralning hajmiy miqdori
m – mineralogik tahlilning nisbiy xatoligi.
Amaldagi, masalan oltin ajratish fabrikalarida aralashtirish va namuna olish
yagona, umumiy qabul qilingan sxema bo„yicha amalga oshiriladi.
Bir xil turdagi mahsulot olish uchun namuna qisqartirishdan oldin
aralashtiriladi. Namunani xalqa, konus va dumalatish usullari bilan aralashtiriladi.
Namuna qutichadan belkurak yoki xokandoz yordamida konus shaklida bitta
to„daga o„tkaziladi. Bunda har qaysi belkurakdagi mahsulot konusning uchiga
tushishi kerak, konusning dastlabki o„qdan og„ishiga yo„l qo„ymaslik krak. Konus
sepilayotgan vaqtda o„q bir tarafga ozgina og„sa ham, mayda mahsulot bir tarafda
yig„ilib qoladi. Konus o„qining holatini saqlashning eng yaxshi usuli mahsulotni
voronka orqali sepishdir. Rudadan tashkil topgan konus uning uchiga taxta bilan
aylantirib bosib, dumaloq diskka aylantiriladi. Keyin mahsulot gardishning ichki
qismi (markaz)dan boshlab, belkurak yoki xokandoz yordamida tashqariga to xalqa
hosil bo„lgunga qadar otiladi. Keyingi operatsiya mahsulotni xalqadan yana xalqa
ichidagi konusga aylantirishdir. Mayda mahsulot sidirib olinib, konus uchiga
sepiladi.
Namunani xalqa va konus usulida aralashtirish odatda 2-3 marta o„tkaziladi.
Namunani dumalatish usulida aralashtirish shundan iboratki, kvadrat
shaklidagi kleyonka ustiga joylashtirilgan mahsulot kleyonkaning ikki qarama-
qarshi uchini galma-galdan ko„tarib aralashtiriladi. Qoniqarli tarzda aralashtirish
uchun mahsulotni 20–30 marta dumalatish kerak. Bu usul o„lchami 10 mm dan
ortiq bo„lmagan 20-30 kg namunani aralashtirish uchun qo„llaniladi. Mayda
mahsulot uchun elash usuli bilan aralashtirish samaraliroqdir.
Namunani qisqartirishning asosiy usullari yarim doira usuli, shaxmat usuli
va qisqartirgichlar yordamida qisqartirish usullaridir.
Yarim doira usulida qisqartirish namunani xalqa va konus usulida
aralashtirishdan keyin ishlatiladi. Aralashtirish natijasida olingan konus taxta
yordamida to„garakka aylantirilgandan keyin to„garak markazidan o„tgan ikkita
o„zaro perpendikulyar chiziqlar yordamida 4 ta teng qismlarga bo„linadi. Namuna
uchun istalgan qarama-qarshi chorak olinadi. Olingan namuna yana aralashtirilib,
yana 2 marta qisqartiriladi. Qisqartirish namunaning minimal massasi olinguncha
davom etadi.
Shaxmat usulida namuna olishda aralashtirilgan mahsulot tekis yuzasi ustiga
chizg„ich yoki yupqa taxtacha yordamida kvadratlar chiziladi. Keyin shaxmat
shaklida chizilgan har qaysi kvadratdan kurakcha yordamida mahsulot olib,
namuna hosil qilinadi. Kurakchani mahsulot qatlamining tubigacha vertikal tarzda
botirish kerak.
Shaxmat usulida namuna olish 8-10mm dan mayda va namunaning miqdori
15-20kg dan ortiq bo„lmaganda qo„llaniladi. Bu usul texnologik sinovlar va turli
xil taxlillar o„tkazish maqsadida namuna olish uchun qulay hisoblanadi. Agar
kvadratlardan olingan namuna miqdori belgilangandan kam bo„lsa, kvadratlarni
oralatib yangi porsiya olinadi, ortiqcha bo„lsa, aralashtirib, ortiqchasi qisqartiriladi.
Ortiqcha mahsulot dastlabki namunaga aralashtirishdan oldin qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: |