Modernizatsiyalash jarayonlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
pedagogika (2)a

янги ғояни амалга ошириш
мазмуни, методлари, шакли тўла ишлаб 
чиқилади.

Тўртинчи босқич
-
ўқитувчи ўқитиш ва
тарбиялашнинг ўз концепциясини ишлаб 
чиқади (янги технология яратилади).


311 
Skinnerning g‘oyalariga ko‘ra bugungi kunda ijtimoiy, ta’lim olishning o‘zaro 
tabiatida o‘quvchilarga faqat qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq tajriba orqali bilim 
berishni ishlab chiqish kerakligiga e’tibor qaratish lozim62. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalar, 
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga 
kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda 
o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy 
texnologiyalar ular egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil 
o‘rganib, tahlil qilishlariga,hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga 
o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi va bilim 
olish orkali tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan birga boshqaruvchilik va 
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Innovasion texnologiyalarning asosiy negizi-bu o‘qituvchi va o‘quvchining 
belgilangan maqsaddan kafolatgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun 
oldindan ta’lim jarayonini loyihalashdir. Demaq innovasiya o‘quv jarayoniga 
yangilik olib kirish, o‘quv jarayonini o‘quvchi ehtiyoji, hohoshi va istaklariga 
moslashtirish, o‘quvchini mustaqil mutolaaga o‘rgatish, bilimlarni tayyor holda 
berish emas, o‘quvchilarning bilim olish malakalarini shakllantirishga harakat 
qilish demakdir 
Ta’lim tizimidagi islohotlarning taqdiri DTS ishlab chiqilib, yangi darsliklar 
avlodi yaratilgan, dastur va metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar ishlab chiqilgan 
bugungi kunda asosan o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Chunki 
o‘qituvchi faoliyati yangilanmasa ta’limda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. 
Ma’lumki pedagogik faoliyat tug‘ma talant emas, yoki nasldan-naslga o‘tuvchi 
xususiyat emas, balki uning asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovasiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, 
yangiliklar, dars o‘tishning interfaol usullari o‘z-o‘zidan yoki yuqoridan buyruq
kursatma bilan ta’lim jarayoniga kirib kelmaydi, bu o‘qituvchi faoliyati va uning 
motivasiyasiga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. 
62
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи 
нашр. 2012. 5
-
бет.


312 
«Innovasion faoliyat» bu –ma’lum doiradagi muammolarni yechish uchun 
yangilikni kiritishga yo‘naltirilgan harakatgina emas, balki har qanday vaziyatdagi 
muammolarni yechish uchun motivasion tayyorgarlikka ega bo‘lish hamdir”. 
“Motivasiyaning turli xil qo‘shimcha mukammalligida Skot Barmen 4 ta asosiy 
kategoriyani aniqlaydi: 
1. Faoliyatning o‘zidagi qiziqishdan kelib chiqadigan xolat– ichki motivasiya.
2. Boshqa odamlarni hursand qiladigan xolat yoki vazifa – ijtimoiy motivasiya. 
3. Yutuq motivasiyasi – bunda boshqalar bilan raqobatlashish maqsadida 
vazifalarni yaxshi bajarish. 
4. Ko‘makchi motivasiya – bunda motivasiya rag‘batlantirish yoki jazolash orqali 
paydo qilinadi”63. 
O‘qituvchilarni innovasion faoliyatga tayyorlash bir necha bosqichda, uzluksiz 
malaka oshirish orqali amalga oshiriladi. 
Dastlab o‘qituvchilarni innovasion faoliyatga psixologik jihatdan tayyorligini 
shakllantirish kerak. Bunda o‘qituvchi yetakchi didaktik prinsiplardan 
quyidagilarni bilishi kerak: pedagogik ko‘nikmalarni egallashga ehtiyoj bilan o‘z 
faoliyatini o‘zgartirishga ehtiyoj o‘rtasidagi mutanosibliq pedagogik jarayonda 
subyek va obyektning birgalikdagi ijodiyoti, yangi, shu davrgacha ma’lum 
bo‘lmagan vaziyatlardan chiqib keta olishlik prinsiplari. 
Ikkinchi bosqichda psixologik-pedagogik bilimlar va pedagogik mahorat 
shakllantiriladi.
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim 
tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining 
modernizasiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim 
olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi 
modernizasiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-
tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda 
63
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи 
нашр. 2012. 26
-
бет


313 
kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, 
samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovasiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib 
kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra 
ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati 
pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka 
rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini 
kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovasiyalarning mohiyatini to‘la 
tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin