Modernizatsiyalash jarayonlari


-MAVZU. SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
pedagogika (2)a

8-MAVZU. SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
REJA
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. Shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limning asosiy talablari va turlari. Ta’lim oluvchilarning 
intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. Ta’limning uch bosqichli modeli 
(chaqiriq, anglash, fikrlash). Tanqidiy fikrlash asoslari.
Muammoli ta’lim, uning asosiy vazifalari. Muammo va muammoli vaziyat. 
Muammoli vaziyat turlari. Muammoli ta’limda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. 
Muammoli o‘qitishning darajalari. Pedagogik muammoni qo‘yish va hal etish 
bosqichlari. Muammoli ta’lim texnologiyalari.
 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
Mamlakatimizning 
ta’lim 
sohasidagi 
asosiy 
hujjatlarida 
pedagogik 
texnologiyalarni yaratish va joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida fanning asosiy 
vazifasi etib belgilangan. O‘qitish jarayoni o‘quv jarayoni texnologik 
tayyorgarligining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun «texnologiya»ni 
o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri 
hisoblanadi. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonini 
yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi.
Oliy ta’limda ana’anaviy o‘qitish 
texnologiyasi 
o‘zining 
qator 
xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy ta’lim 
ehtiyojlariga 
tobora 
zid 
bo‘lib 
bormoqda. Chunki mazkur o‘qitish 
texnologiyasida pedagogning talabaga 
munosabati avtoritar xarakterga ega, 
ya’ni ta’lim jarayonida u yagona 
subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, talabalar esa faqatgina obyekt vazifasini 
bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar o‘qitish texnologiyasida 
talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda 
Шахсга йўналтирилган таълим деганда, биз кўпроқ 
ўқувчиларнинг шахсий манфаатлари, эҳтиёжларини 
назарда тутамиз. Бунда таълимнинг мазмуни ўқувчи 
шахсининг қизиқишларига мос равишда 
йўналтирилиши, унинг қизиқишлари ва лаёқатини 
қўллаб-қувватлаш бош мақсад қилиб олинади. 


314 
amalga oshiriladi. Bundan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda 
talaba ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga 
qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobgachiqarishga qulay 
shart-sharoitlar yaratib beriladi. 
O‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, shaxsining o‘ziga xosligi, uning rivojlanish 
darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari 
zamirida puxta bilim olish, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. 
Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z 
manfaatlarini fanlardan Davlat ta’lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal 
darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga 
qodir bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa, o‘qituvchilar tomonidan ularning intilish 
va qiziqishlarini rag‘batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday 
yondashuv orqali ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘quvchining bilim olish 
jarayonini o‘z ichiga olgan, o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘qituvchi munosabati 
hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug‘ullanishdan 
zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. 
Pedagog olimlar tomonidan ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan 
yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, u 
quyidagilardan iborat: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim; hamkorlik pedagogikasi; – 
adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o‘yin texnologiyasi; rivojlangan o‘qitish 
texnologiyasi; muammoli o‘qitish texnologiyasi; differensial o‘qitish; individual 
o‘qitish texnologiyasi. 
Ushbu yo‘nalishlarning har birida ta’lim o‘kuvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, 
imkoniyati va shart-sharoitlari e’tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limda o‘quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli 
vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi. 
O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, 
o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish 
samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga 
bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki 
turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan. 
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, 
o‘quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining 
tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. 
Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo 
Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan 
o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha 
dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi 
xususiyatlari bilan ajralib turadi: 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin