315
Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va
yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi;
Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta
mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;
O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga
qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan
pedagogika tamoyillari tashkil etadi:
ilmiylik;
tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va
shakllanmaydi);
uzviylik va tizimlilik;
o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);
mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …)
onglilik va faollik;
nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;
yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.
An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi,
o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy
o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la
shakllanmagan shaxs,
u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam,
yagona tashabbuskor shaxs.
Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va
kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya).
316
Zamonaviy an’anaviy o‘qitishesa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab,
didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi,
uning
rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar
yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim
tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan
iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda
ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi.
Boshqacha
aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda
pedagogik jarayon, o‘qitishning
shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra
rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning
keskin yuksalish davrigacha
(XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion,
past sur’atlarda amalga oshar edi.
Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq
qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar
texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi),
fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda
rivojlanayotgan davrda, bir avlod
hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq
bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’anaviy tizimi (shu
jumladan zamonaviy
an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish
sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy
tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat
har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga
oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi,
egallashga moyilligi va
vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish
uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida,
pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga
aylanishi zarur.
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar
xos bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: