Modernizatsiyalash jarayonlari


Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
pedagogika (2)a

Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar 
sinfni (guruhni) tashkil etadi: 


315 
 
Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va 
yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi; 
 
Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta 
mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi; 
 
O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi. 
 
An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga 
qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi. 
An’anaviy o‘qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan 
pedagogika tamoyillari tashkil etadi: 
 
ilmiylik; 
tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va 
shakllanmaydi);
 
uzviylik va tizimlilik; 
 
o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga); 
 
mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) 
 
onglilik va faollik; 
 
nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;
 
yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish. 
 
An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, 
o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy 
o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la 
shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, 
yagona tashabbuskor shaxs. 
Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va 
kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya). 


316 
Zamonaviy an’anaviy o‘qitishesa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, 
didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan 
texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning 
rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar 
yaratiladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim 
tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan 
iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda 
ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. 
Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o‘qitishning 
shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. 
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra 
rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha 
(XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, 
past sur’atlarda amalga oshar edi. 
Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq 
qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar 
texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi. 
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), 
fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod 
hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq 
bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’anaviy tizimi (shu jumladan zamonaviy 
an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish 
sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy 
tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat 
har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga 
oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va 
vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish 
uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida, 
pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga 
aylanishi zarur. 
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar 
xos bo‘ladi: 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin