318
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish,
tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar
iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymasliq qoloqlikka va boshqa
kamchiliklarga urg‘u bermasliq uning nafsoniyatiga tegmaslik.
pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘zqobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim
tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga
yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy
taraqqiyoti
jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga
olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.
319
Qadimiy faylasuf Suqrot o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu
usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.
Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan
yondashishni tavsiya bergan edi.
O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros
qoldirilgan. Asrlar, mingyillar davomida
shaxsga muhabbat va hurmat, unga
yordamlashish xislatlari asosida sivilizasiya shakllanib keldi.
Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga
muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish
xislatlari asosida yuzaga
chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xalqimiz bolalarga «siz»
deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib
«salom» berur.
Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha
erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning
debochasi, buyuk
ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib
quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish
texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi
yuqori qadriyatlarga, teng
huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi.Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning
«Hadis» kitobida «Shirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq
ta’qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni
o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: