Modernizatsiyalash jarayonlari


o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
pedagogika (2)a

o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; 


318 
 
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; 
 
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: 
 
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, 
tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar 
iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak. 
 
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymasliq qoloqlikka va boshqa 
kamchiliklarga urg‘u bermasliq uning nafsoniyatiga tegmaslik. 
pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘zqobiliyatlarini ro‘yobga 
chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish. 
 
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga 
yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
 
 
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti 
jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga 
olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.


319 
Qadimiy faylasuf Suqrot o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu 
usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.
Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan 
yondashishni tavsiya bergan edi.
O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros 
qoldirilgan. Asrlar, mingyillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga 
yordamlashish xislatlari asosida sivilizasiya shakllanib keldi.
Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga 
muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga 
chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib 
«salom» berur. 
Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha 
erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk 
ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib 
quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish 
texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng 
huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi.Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning 
«Hadis» kitobida «Shirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq 
ta’qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni 
o‘ldirish bilan tenglashtirilgan. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin