317
erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor
doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni
tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga
yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik
jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
•
pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;
•
har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi
hisoblanadi;
•
yuqori etik qadriyatlar (saxiyliq muhabbat, mehnatsevarliq vijdon va
boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
•
o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;
•
xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;
•
o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi
•
pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish
emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil
etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali
natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan
voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning
oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida
zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini
susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:
•
ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;
•
o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga
rag‘batlantirish;
•
o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;
•
jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni
ta’minlash.
Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv
fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo
etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish,
takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: