328
-
har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch
hissini uyg‘otish;
-
tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
•
o‘ziga ishonchni orttirish va o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
•
o‘quv jarayonida faol ishtirok etish;
•
turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash;
•
o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt.
Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi.
Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ta’kidlashadiki, o‘z fiklarini ijod qilish go‘yo
avvalgi g‘oya,
tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq
qilishga olib keladi. Shuning uchun ham:
•
fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalash;
•
o‘zaro tanqidiy fikrlar almashish;
•
o‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
•
fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va
o‘z g‘oyalarini to‘la va aniq ifodalay olish.
Izn.
Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo‘lishi uchun talabalar ma’qul va noma’qul
narsalarni aytish,
ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim.
Talabalar yo‘l qo‘yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol
kirishadilar.
Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan
oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun
chinakam maqsad bo‘lgan va do‘stona hamda samarali sharoitda beriladi.
Dostları ilə paylaş: