327
Erkin yozish.
Klaster.
Aqliy hujum.
B-B-B chizmasi.
Chalkashtirilgan
mantiqiy zanjirlar
ketma-ketligi.
Semantik xususiyatlar
tahlili.
Semantik xususiyatlar
tahlili.
B-B-B chizmasi.
O‘qitish bo‘yicha
qo‘llanma.
Bir-biriga o‘rgatish.
Bir-biridan so‘rash.
Ikki qismli kundaliklar.
Eng asosiy
tushunchalar, takrorlash.
T-chizma.
Konseptual jadval.
Venn diagrammasi.
Nilufar guli.
Besh minutlik esse.
O‘n minutlik esse.
Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan
yiroqlashgan sharoitda o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisa ham emas. Braun (1989)
ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o‘quv ko‘nikmalari
ta’lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi topshirish
imkoniyatini berishi
mumkin, lekin ular bu ko‘nikmalarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olmaydilar. Rixer
ta’biri bo‘yicha o‘rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va
multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1. Samarali va muttasil o‘rganish asosida talabalarning axborotlarni
o‘zlashtirish, sintezlash va ularni to‘la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga
hammualliflar, 1985).
2. O‘rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman
strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Bunday strategiya
o‘rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O‘rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi
bilimlarni qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lgan taqdirda rivojlanadi (Resniq1987).
4. O‘rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina
mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan
bog‘lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5. Tanqidiy fikrlash va o‘rganish g‘oya va tajribalarning turli-tumanligini
pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash
«yakkayu yagona to‘g‘ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz
bermaydi.
Dostları ilə paylaş: