352
30
Гуруҳларни ташкил
этиш усуллари
ГУРУҲЛАРГА БЎЛИШ
-
Хохишига кўра
-Тасодифий (случайно)
(жребий, фанта ва б.)
- Белги (символ)
(расмлар, ранглар,йил
фасллари ва б.)
-
Лидер орқали
(лидер танлови)
- ўқитувчи танлови
ГУРУҲЛАР БИЛАН
ТАНИШИШ
-
Анкета
-
Интервью
-
Муз ёрар
-
Предметли
(копток, шар ва б.)
-
Саноқ
(З0 гача санаш)
ЎҚУВЧИЛАР
БИЛАН КОНТАКТ
ГА КИРИШИШ
-
Ўқув жараёни-
ни демократик
бошқаруви
-
Партнер (ҳамкор)
бўлиб ишлаш
-
Хамкорликда
режалаштириш
-
«Биз ва ўқитувчи»
усули
8-rasm. Guruhlarni tashkil etish usullari.
Interfaol mashg‘ulotlar o‘ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo‘lib, uni tashkil qilish
va olib borish bo‘yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo‘yicha
alohida vazifalar belgilangan. Bunda bir mashg‘ulot jarayonida mashg‘ulotni olib
boruvchi bir vaqtda ushbu vazifalarni bajarishi ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga bir
mashg‘ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham
qo‘llaniladi. Ular bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagicha nomlanadilar:
Moderator – ta’lim mazmunini
yaratuvchi, modullarini ishlab chiquvchi.
2. Trener–o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkazuvchi
maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassis.
3.Tyutor–masofadan o‘qitish dasturlarini yaratuvchisi va bajarilishini
ta’minlovchi.
4. Fasilitator–darsda ko‘makchi, yo‘naltiruvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa
chiqarmaydi.
5. Mentor–ustoz, o‘rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).
6. Kouch–ta’lim oluvchilarning to‘liq o‘zlashtirishlari uchun yordam ko‘rsatuvchi
repetitor, instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg‘ulotni
olib boradi,
353
ish jarayonini nazorat qiluvchi, kuzatuvchi. (Kouching-imtihonlarga yoki sport
bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish).
7. Konsultant–maslahat beruvchi, tushuntiruvchi, qo‘shimcha ma’lumot beruvchi.
8.Lektor–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.
9. Ekspert – kuzatish, tahlil,
tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.
10. Innovator–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayoniga joriy
qiluvchi.
11. Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etuvchi.
12. Spekter–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.
13. Assistent–mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo‘llashga
tayyorlash, mashg‘ulot ishtirokchilariga yordam ko‘rsatib turish.
14. Sekretar–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish, o‘rnatilgan tartibda saqlash.
15. Texnolog–pedagogik texnologiya mutaxassisi.
Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash
bilan bog‘liq masalalarni hal etib boradi.
Metodist–ta’lim-tarbiya metodlari bo‘yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab
chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.
Xarizmatik o‘qituvchi haqida yana bir foydali fikr shundayki, u kirishimli bo‘ladi.
Munosabatga kirishimli o‘qituvchi noma’lim shaxsiyatga emas, oson e’tirof
etiluvchi, yengil taqlid qilinuvchi muloqat va taqdimot ko‘nikmalariga asoslanadi.
O‘qituvchi nafaqat sinfdagi turli o‘quvchilarni tushuntirishda yetarlicha jalb qila
biladi balki, sinfdagi
ehtiyojlardan kelib chiqib, darsdan oldin va keyin ham
samarali muloqot strategiyalarida ishlaydi, rejalashtiradi, muhokamadagi mavzu
yuzasidan o‘z fikrini va shaxsiy qiziqishlarini ham bayon etishda yetarlicha o‘z
bilimiga ishonchli bo‘ladi. Yana, ular ishlarining bir qismi bo‘lgan “o‘zini tutish”
(self-present) ga ham katta ahamiyat beradi:
fizik jihatdan ularning sinfdagi o‘rni;
o‘quvchilar oldida mavzuni tushuntirish jarayonida o‘zini bilimli
namoyon qilish;
qachon gapirish, qachon eshitish va qachon savol berishni bilish;
354
o‘qituvchilar amaliyotda samarali muloqot jarayonini ko‘rsatish jarayonida ham
o‘quvchilarga xrezmatik bo‘lishi kerak;
agar yaxshi muloqot, taqdimot va alohidalik xarizmatik ko‘rinishdagi o‘qituvchi
tushunchasini mustahkamlaydigan ijobiy tushunchalar hisoblansa, bo‘lishsiz
tushunchalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
qaysidir o‘qituvchi o‘quvchisining jarayon va rivojlanishidan ko‘ra, boshqa
o‘quvchining taqdimotidan yuqori
tushuncha hosil qilish;
ma’naviy jamoada qanday qilib o‘zining amaliyotini oshirishda amaliy
maslahat74.
Guruh bo‘lib ishlash modeli quyidagi 9-rasmda o‘z ifodasini topgan:
31
Dostları ilə paylaş: