Modernizatsiyalash jarayonlari


talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
pedagogika (2)a

talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni 
shakllantiradi 
3-
daraja
 
O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki 
unga talabalarni ro‘para qiladi. Talabalar 
muammoni anglagan holda uni o‘zlari 
shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil 
qiladi
 
Ta’lim jarayonida masalani qo‘yishda mavjud shart-sharoitlarni aniqlashda 
muammo fundamental asos sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiallari 
mazmunini o‘zlashtirishda muammoning qo‘yilishi va hal etilishi quyidagi 
bosqichlarda kechadi 
Pedagogik 
jarayonda 
talaba 
“muammo”ga 
emas, 
balki 
muammoli vaziyatga ro‘para 
qilinadi.
Darhaqiqat, muammoli vaziyat 
deganda 
talabanining 
hozirda 
yoki kelgusida ta’lim maqsadiga 
erishishi uchun xavf tug‘diraigan 
vaziyat tushuniladi.
Муаммоли вазият 
– 
талабаларнинг маълум 
топшириқларни бажариш
(масалани ечиш, саволга жавоб 
топиш) жараёнида юзага келган 
зиддиятни англаши билан 
боғлиқ руҳий ҳолати бўлиб, у 
ҳал этилаётган масала билан 
боғлиқ янги билимларни 
излашни тақо
зо этади
Педагогик муаммо 
– 
ҳал қилиниши зарур, бироқ, 
ҳали ечиш усули номаълум 
бўлган педагогик характер- 
даги масала


333 
Muammoli vaziyatni hal qilish bir necha bosqichda kechadi. Ya’ni 
Muammoli ta’limning asosi bo‘lgan bosqichlari. 
Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi 
Muammoli vaziyat metodi 
– talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini 
ta’minlash asosida uning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, ularning yechimini 
topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning bilish faoliyatini 
faollashtirishga asoslanadigan yo‘l. 
Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi 
yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat 
metodi qo‘llanilganda talabalarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil 
etiladi. 
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi 
talabalarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning 
yechimini topishga qodir bo‘lishlari keraq aks holda yechimni topa olmagach, 
ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining 
yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda talabalar 
mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning 
yechimini topishni o‘rganadi.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha: 
- muammoli vaziyat tavsifini keltirish:
- talabalarga kichik guruhlarga bo‘lish;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarining 
aniqlanishi:
- guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning 
asoslanishi;
- variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi;


334 
- guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
- jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi 
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodini qo‘llash quyidagi tartibda kechadi: 
1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va 
vazifalarni aniqlaydi.
2. O‘qituvchi tomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi.
3. O‘qituvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan 
tanishtiradi.
4. O‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
5. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uning sabablarini 
aniqlaydi.
6. Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
7. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari tanlanadi.
8. Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi.
9. Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi.
10. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
11. Jamoa o‘qituvchi bilan muammoli vaziyatning samarali yechimini 
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: 
- muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish va tahlil qilish;
- mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish;
- qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro qiyoslash;
- muammo bilan bog‘liq xulosalarni chiqarish;
- talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari. 
Muammoli vaziyat metodi quyidagi afzalliklariga ega: 
- talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
- talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rganadi;
- talabalarning bilim va qobiliyatlarini
- baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
- talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi 
Ta’lim jarayonida ushbu metodni qo‘llashda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga 
tashlanai. Ular: 
- ta’lim oluvchilarda yuqori motivasiya talab etiladi;
- qo‘yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
- ko‘p vaqt talab etiladi 
Mohiyatiga ko‘ra muammoli ta’lim muayyan texnologiyalarga asoslanadi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin