Kasb – hunar ta’limi
jarayonlari tahlili va
asosiy didaktik
tushunchalar
Bi
lim
81
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б. –
Б. 109.
о‘qitish,
о‘qish metodlari
ta’lim
jarayoni
368
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi
oldidan talabalar uchun, stullardan
doira shaklidan joy tayyorlaydi.
Muammo beriladi.
Muammoning 2 yechimi o‘qituvchi
tomonidan beriladi.
Talaba 1 ta variantni tanlaydi.
Tanlangan variantlar izohlanadi
(nima uchun tanlanganini).
3 ta kishidan iborat guruhlarga
bo‘linadi.
Eng qiziqarli muammo ishlab
chiqiladi.
Texnologiyaning maqsadi: talabalarning o‘quv va hayotiy faoliyatlarida
uchraydigan turli holat va vaziyatlardan o‘z obro‘larini saqlagan holda chiqish,
vaziyatni to‘g‘ri baholash va tezlik bilan kerakli yechimni topish ko‘nikmalarini
shakllantirish, shu boradagi malakalarini
oshirishga ko‘maklashish, ularning fikrlash qobiliyati va nutqiy faoliyatini
o‘stirish hamda muloqot qilish madaniyatni shakllantirish.
Лабиринт технологияси. Технология
талаба (ўқувчи)ларнинг ўқув ва ҳаётий
фаолиятларида учрайдиган турли ҳолат ва
вазиятлардан ўз обрўларини сақлаган
ҳолда
чиқиш, вазиятни тўғри баҳолаш ва
тезлик билан керакли ечимини топиш
кўникмаларини шакллантириш, шу
борадаги малакаларини оширишга
кўмаклашиш, уларнинг фикрлаш
қобилиятини
ва нурқий фаолиятини
ўстириш ҳамда мулоқот қилиш
маданиятини шакллантириш.
369
Mashg‘ulotn o‘tkazish tartibi: o‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi oldida talabalar
uchun stullardan doira shaklida joy tyyorlaydi (doira shaklidagi joyning o‘rtassiga
savvatdagi guldasani qo‘yish maqsadga muvofiq. Joyning bunday jihozlanishi
mashg‘ulotniqiziqarli va jonli o‘tishiga yordam beradi. Imkon bo‘lsa. Bunday
mashg‘ultni ochiq havoda, tabiat qo‘ynid o‘tkazilsa, u holda talabalar yashil
mysalar ustida doira shaklida bemalol joylashib olsalar ham bo‘ladi).
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi bilan talabalarni shu davradan joy
egallashlarini so‘raydi.
So‘ngra talabalarning faoliyati rang-barang va hamisha turli qiziq voqyealar,
hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg‘ulotni
boshlaydi. Misol tariqasida o‘qituvchi, talabalar faoliyatida uchragan yoki
uchraydigan vaziyatlardan biri to‘g‘risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish
yo‘lini so‘raydi yoki o‘qituvchi vaziyatni aytib, uning uchta yechimini ham aytadi
va talabalardan uchta to‘g‘ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu
variantni tanlaganliklarini tushintirib berishlarini so‘raydi. Shundan so‘ng
o‘qituvchi talabalarni hohishlariga ko‘ra, uch kishidan iborat kichik guruhlarga
ajratadi va ularga har bir kichik guruh a’zolari o‘z ish tajribalardan kelib chiqqan
holda o‘quv va tarbiyaviy jarayonlarda o‘qituvchi va talabalar faoliyatida
uchraydigan yoki uchragan biron-bir muammoli vaziyatlarni eslashlari, ulardan eng
qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat muammoning
yechimini uch variantdan test yoki aniq bir javobdan iborat bo‘lishi mumkin) ham
topib qo‘yish topshirig‘ini beradi.
O‘qituvchi yordamida har bir kichik guruh navbati bilan o‘zlari tayyorlagan
vaziyat yoki muammolarni boshqalarga og‘zaki bayon etadilar. Kichik guruhlar
tomonidan aytilgan vaziyat yoki muammoni yechimini topish uchun o‘qituvchi
ularga aniq vaqt belgilab beradi. Berilgan vaqt ichida kichik guruh a’zolari vaziyat
yoki muammo yechimini topishga harakat qiladilar, vaqt tugagach. guruhlarning
javoblari tinglanadi. Masalan, avval bir kichik guruh tanlagan vaziyat yoki
muammo yana bir marotaba esga tushiriladi va qolgan kichik guruhlar navbati
bilan ushbu vaziyat va muammoga o‘z yechimlarini aytadilar. Barcha kichik
guruhlar o‘zlari tanlagan javoblarini aytib bo‘lishgach, vaziyat yoki muamoni
o‘rtaga tashlagan kichik guruhning o‘zi to‘g‘ri yechim haqida fikr bildiradi.
O‘qituvchi ham shu vaziyat yoki muammoga nisbatan o‘z fikrini bildiradi va
bildirilgan barcha kichik guruh fikrlarni umumlashtiradi. So‘ngra ikkinchi guruh
o‘rtaga tashlagan vaziyat yoki muammoni muhokamasiga o‘tiladi, shu kabi
370
davradagi guruhlar tomonidan o‘rtaga tashlangan barcha vaziyat yoki muammolar
muhokamasi o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi talabalar va guruhlar ishiga baho beradi va vaziyat
yoki muammolarni yechimini topishda nimalargga ko‘proq e’tibori qaratish
kerakligi to‘g‘risda tavsiyalar beradi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi82.
Metodni qo‘llashda talabalarning erkinligi ta’minlanadi, mustaqil fikrlashlari
uchun imkonyat yaatiladi. Talabalar mavjud bilimlariga tayangan holda
o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradi. Talabalarning mantiqan to‘g‘ri
fikrlay olishlari, shaxsiy mulohazalarni dalillar bilan isbolay bilishlari yagona talab
sifatida olinadi83.
Texnologiyani qo‘llanilish tartibi:
Guruxlarga ajratiladi 4 ta guruxga .
Guruxlarga yozuvli varaqlar
tarqatiladi.
O‘qituvchi kichik gurux a’zolarini
tarqaatma materiallaga yozilgan asosiy
82
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б. –
Б. 39
-40.
83
Rо‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qо‘llanilishi. –
Toshkent: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2013. -108 b.
–
В. 27
-28.
3х4 технологияси. Ушбу
машғулот талаба
(ўқувчи)ларни аниқ бир
муаммони (ёки бирор
мавзуни0 якка ҳолда (ёки
кичик жамоа бўлиб)
фикрлаб ҳал этиш, ечимини
топиш, кўп фикрлардан
керагини танлаш, танлаб
олинган фикрларни
умумлаштириш ва улар
асосида қўйилган муаммо
(ёки мавзу) юзасидан бир
тушунча ҳосил қилишга,
шунингдек, ўз фикрларини
“Ижодий иш” методи талабарни ижодий
фаолликка ундаш орқали улард ўзлаштирилгн
назарий билимлар асосида мавзу моҳиятини
ёритиш, янгича талқин этиш кўникмаларини
шакллантиришга хизмат қилади.
371
fikrni faqat 3 ta fikr yaniy 3 ta so‘z
yoki 3 so‘z brikmasi yoki 3 ta gap
bilan davom ettirilishi mumkin
ekanligi o‘qtiriladi.
Guruxlarda ish bajariladi.
Gurux a’zolari o‘rinlaridan turib soat
mili bo‘yicha joylarni o‘zgartiradi.
Yangi joyga kelgan gurux a’zolari
shu yerda qoldirilgan tarqatma
materiallardagi fikrlar bilan tanishib
yana 3 tadan o‘z fikrlarini yozadi. 3ta
gap yoki 3ta so‘z
Yana joylar o‘zgartirilaadi 1- gurux
o‘z joyiga kelguncha joy almashadi.
O‘z joylariga qaytib kelgan kichik
guruxlar umumlashtiriladi, ta’rif yoki
qoida yozadi
Taqdimot guruxlar o‘z qoida yoki
ta’riflarini yozadilar.
O‘qituvchi baholaydi.
Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin mustaqil va mantiqiy fikrlashga;
jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy
tushuncha hosil qilishga; jamoaga o‘z fikrini o‘tkazishga, uni ma’qullashga;
qo‘yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘tilgan
mavzulardan egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanilishi: seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida
yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajrtilgan holda) o‘tkazish hamda guruh
372
a’zolarini bir necha marotaba joylarini o‘zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga
mo‘ljallangan84
6x6x6 metodishunday metoddirki, u tufayli 36 ta qatnashchi qisqa vaqt
mobaynida bironta masalani muhokama qilish va guruh a’zolaridan aksariyatining
qarashlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6 guruh (har birida 6 kishidan) ishtirokchilari o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga
tashlangan muammoni 6 minut mobaynida muhokama qiladilar. Shundan keyin
o‘qituvchi 6 ta yangi guruhni shunday tuzadiki, unda oldingi munozara guruhida
qatnashganlardan birontasi albatta bo‘ladi. Yangi guruh qatnashchilari o‘z
guruhlarining ish natijalarini muhokama qiladilar.
6x6x6 guruhning barcha a’zolarini faollashtiruvchi metoddir. Qatnashchilardan
har biri qisqa davr mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham so‘zlovchisi rolida
bo‘ladi.
Guruhlar bitta muammoni yoki bir muammoning turli jihatlarini muhokama
qilishlari mumkin. 6x6x6 metodi o‘qituvchidan faollikni va guruhlarni faol
ishtirokini talab qiladi85.
Akvarium. Sinf xonasida stullardan iborat ikki doira tashkil etilib, birida stullar
tashqariga, ikkinchisida ichkarisiga qarab joylashtiriladi. O‘quvchi-talabalar teng
ikki guruhga bo‘linadi: biri ichki stullar aylanasiga, boshqasi esa tashqi stullar
aylanasiga o‘tiradilar. Bunda har kim o‘z sherigiga qarab o‘tiradi. O‘quvchilarga
muhokama qilish uchun savol beriladi.
Yaxshilab o‘ylab olganlaridan so‘ng o‘quvchilarga sheriklari bilan savolni
muhokama qilish uchun bir yoki ikki daqiqa vaqt beriladi.
84
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б. –
Б. 34
-35.
85
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б.–
Б. 94.
373
Ma’lum signaldan so‘ng tashqi aylanadagilar bir o‘rin chapga surilishadi va ayni
savolni yangi sheriklari bilan muhokama qilishadi. Tashqi aylanadagi o‘quvchilar
o‘zlarining eng birinchi sheriklari surilib kelgunga qadar yoki yetarlicha yangi
sheriklari bo‘lgungacha faoliyat davom ettiriladi.Shu metodni tashqi doiradagilar
tanqidchi sifatida ichki doiradagilar ximoyachi sifatida «doiraviy rolli o‘yin»
shaklidagi mashg‘ulotlarga ham qo‘llash mumkin86.
2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig- zag”, “Zinama-
zina”, “Muzyorar”, “Rotasiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.
«Aqliy hujum» metodi– muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal
etishda keng qo‘llaniladigan metod87.
«Aqliy hujum» - bevosita jamoa bo‘lib «fikrlar hujumi» («mozgovaya ataka»)
olib borish. bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni
86
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б.–
Б. 94.
87
Педагогикадан атамалар луғати. –
Тошкент: Фан, 2008. –
192 б. –
Б. 15.
Ақлий ҳужум. Бевосита жамоа бўлиб «фикрлар ҳужуми»
(«мозговая атака») олиб бориш. бу методдан мақсад
мумкин қадар катта миқдордаги ғояларни йиғиш,
талабаларни айни бир хил фикрлаш инерциясидан ҳоли
қилиш, ижодий вазифаларни ечиш жараёнида дастлаб
пайдо бўлган фикрларни йиғишдир.
374
yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni
yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yig‘ishdir88.
“Aqliy xujum” – g‘oyalarni ilgari surish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda
qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar, uni yechish uchun shaxsiy
g‘oyalarini ilgari suradilar89.
“Aqliy hujum”texnologiyasining tarkibi quyidagidan iborat:
Guruhlarga ajratish.
Guruhlarga topshiriqlar beriladi.
Vaqt belgilanadi va taqdimotga tayyorgarlik.
Taqdimot (har bir guruhning g‘oyalari).
G‘oyalar hujumi (asosiy g‘oya).
Xulosa (1ta g‘oya).
Asosiy prinsip: erkin muloqot-munozara jarayonida berilgan mavzu asosida yangi
novatorlik g‘oya, fikrlar to‘planadi. Aytilgan g‘oya, fikrlarning sifatiga emas,
ularni qanchalik ko‘p aytilganiga e’tibor qaratiladi.
88
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б.–
Б. 94.
89
Маҳкамова М. Педагогик технологиялар. –
Тошкент Фан ва технологиялар, 2012. –
184 б. –
Б. 114.
Брейнсторминг. Бу термин инглизча сўз бўлиб, у икки тушунчадан иборат: brain
-
мия,
storming-
хужум, бўрон, қаттиқ хаяжон. Ушбу методни «мияни хаяжонга солиш» деб
юритилиши, унинг асл моҳиятини очиб беради, лекин баъзида ушбу методни «жамоавий
ижодий фикрлаш» деб ҳам тушунса бўлади. Рус тилидаги таржимада ушбу метод
«Мозговая атака», ўзбек тилида эса «Ақлий хужум» ёки «Фикрлар хужуми» дейилиши
унинг асл моҳиятини сақлашга ёрдам беради. Бу метод 15 кишидан ортиқ бўлмаган
375
Aytilgan g‘oya, fikrlar muhokama ham, tanqid ham qilinmaydi. Munozara erkin
va o‘zaro samimiy munosabat holatida o‘tkaziladi. To‘plangan g‘oya, fikrlar
asosida mavzu bo‘yicha umumiy fikr shakllantiriladi. Aytilgan g‘oya, fikrlarning
sifati va ular asosida tuzilgan umumiy g‘oya, fikrlarning qay darajada muhimligi
shu muammo yoki mavzu bilan yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis-ekspertlar
tomonidan baholanadi.
Ushbu jarayonda o‘qituvchining asosiy vazifasi – imkoni boricha harbir aytilgan
g‘oya, fikrni to‘plab borishdan iborat.
O‘quvchi-talabalar tomonidan yozilgan fikrlar, g‘oyalarning imlo va
grammatik xatolariga e’tibor qaratilmaydi hamda yozilgan fikrlar oralarida
keyinchalik hayolga kelgan fikrlarni yozish uchun bo‘sh joylar ham
qoldiriladi.
Ishtirokchilar o‘z fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga chaqiriladi.
G‘oyalar tahlili keyinroqo‘tkaziladi. Bu usuldan foydalanganda muammoni
yechish variantlari maksimal darajada ortadi.
Bu metod bosqichma-bosqich hamda har bir bosqichga aniq vaqt belgilanishi
bilan o‘tkaziladi.
1-bosqich. Har bir qatnashchi 2 minut mustaqil ishlaydi
2-bosqich. Juftlarda ishlash – uchliklarda ishlash 5 minut.
3-bosqich. To‘rtliklarda ishlash - oltiliklarda ishlash 5 minut.
4-bosqich. Sakkizliklarda ishlash 5 minut.
Брейнрайтинг. Ушбу методни қўлланиши
брейнсторминг методига ўхшаш бўлиб,
фақат бу методда барча ғоя, фикрлар ёзма
баён этилади. Бу эса ўз ғоя. фикрларини
оғзаки баён этишга уяладиган ёки
қийналадиган
баъзи тингловчилар учун
қулайлик яратади
Юмалоқланган қор. Бу
метод ҳар қандай
тушунчага мумкин қадар
аниқроқ таъриф топишга
имкон беради, ўқувчиларга
гуруҳларда ишлашни,
бошқалар фикрига қулоқ
солишни ва умумий нуқтаи
назарни ишлаб чиқишни
ўргатади.
376
5-bosqich. 5 minut muhokama.
Guruhlardagi ish tugashiga ko‘ra har bir guruh vakillari navbati bilan o‘z
plakatlarini ilib qo‘yadilar va uni o‘qiydilar. Agar savollar bo‘lsa, guruh javob
beradi.
O‘qituvchi barcha guruhlar ishtirokidagi umumiylikni topishga yordam beradi.
Juftlikda ishlanadi.
Ma’lumot beriladi.
T chiziladi. “T”ning chap
tomoniga sabab yoziladi. O‘ng
tomoniga qarama-qarshi g‘oyalar
yoziladi.
Jadvallar juftlikda taqqoslanadi.
Barcha o‘quv guruhi yagona
“T” tuzadi.
«Muz yorar» o‘yini («qizdiruvchi mashq», «faoliyatga jalb qiluvchi») - bu
ishtirokchilarning o‘zaro tanishishi va ishchi muhit yaratish maqsadida
qo‘llanadigan mashq. Mashqning vazifasi - kishilarni muloqotga chorlash
(«muzni yorish»). «Muz yorar» auditoriyadagi ruhiy taranglikni yengish,
guruhning shakllanish jarayonini tezlatish, muloqot, axborot almashinuvini yo‘lga
qo‘yish; samimiylik va hamkorlik muhitini yaratishga yordam beradi. «Muz
yorar» barcha ishtirokchilarni jarayonga muvaffaqiyatli jalb qiladi va treningning
umumiy yo‘nalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi90.
Ta’limning «Zigzag usuli»1980-1990 yillardan boshlab paydo bo‘ldi. Bu usulning
boshqa usullardan farqi shundaki, sinf mayda guruhlarga ajratiladi, o‘quvchilar
raqamlanadi, spiker-boshliq saylanadi. So‘ngra bir xil raqamlar bir-birini «topadi».
90
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б.–
Б. 94.
“Т
-
жадвал” график
органайзерининг таркиби
қуйидагилардан
иборат: “Т
-
жадавал” 1та концепция
-
нинг
жиҳатини ўзаро солиштириш ёки
(“ҳа/йўқ”, “ҳа/қарши”) танқидий
мушоҳадани ривожланти
-
риш
мақсадида ишлатилади.
377
Topshirik beriladi. Topshiriq o‘zlashtirilgach, tarqalishadi. Har bir a’zo o‘zi
o‘zlashtirgan masalani eski sheriklariga aytib beradi. Savol-javobda esa guruh
baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar olganini hisobga
olsaq har bir o‘quvchi o‘z guruhi manfaati uchun hambilishi kerak va bilishga
majbur!Chunki o‘z guruhiga qaytganda u o‘zi o‘rgangan mavzu bo‘yicha savol-
javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak. 4 ta guruh bo‘lsa1,2,3,4 bo‘ladi, 3 ta
guruh bo‘lsa 1,2,3 va xokazo91.
3. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn
diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b.
Namuna:
Mustaqil o‘qish vaqtida olgan bilimlarni, eshitgan ma’lumotlarni tizimlashtirishni
ta’minlaydi. Olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, kuzatish, avval o‘zlashtirgan
ma’lumotlarni bog‘lash qobilyatini shakllantirishga yordam beradi. O‘qish
jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o‘zlari tizimlashtiradilar, jadval
ustunlariga kiritadilar.
91
Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар. –
Тошкент:
Истеъдод, 2008. –
180 б. –
Б. 94.
“Нима учун?” схемаси муаммонинг дастлабки сабабларини
аниқлаш бўйича фикрлар занжири, тизимли, ижодий,
тахлилий фикрлашни ривожлантиради ва фаоллаштиради.
378
“V” – men bilgan ma’lumotlarga mos.
“ – “ – men bilgan ma’lumotlarga zid.
“ + ” – men uchun yangi ma’lumot.
“?” – men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi.
Insert jadvali
V
-
+
?
Kouching texnologiyasi
Kouching ishtirokchilari: shaxsiy va korporativ
Formati bo‘yicha kunduzgi va sirtqi
Uslubni belgilanishi: ko‘p narsaga erishgan va undan ham ko‘proq narsaga
erishishni hohlaganlar bilan hayotning turli sohalaridagi keng qamrovli masala va
muammollarni yechish uchun foydalaniladi
Uslubning maqsadi: shaxsni, uning personal va kasbiy faoliyatida natijaviyligini
maksimal ko‘tarishdan iborat
Uslubning mohiyati: salohiyatni ochishga mo‘ljallangan quroldir
Harakatlar rejasi: muloqot, samarali savollar berish va diqqat bilan javoblarni
eshitish
Kouching bosqichlari:
1. Kouching maqsadini aniqlash
“Балиқ скелети” чизмаси бир қатор
муаммоларни тасвирлаш ва уларни
ечиш имконини беради. Тизимли
фикрлаш, тузилмага келтириш, таҳлил
қилиш
кўникмаларини ривожлантиради.
379
2. Joriy vaziyatni tahlil qilish
3. Maqsadga erishish yo‘llarini aniqlash
4. Harakalar rejasini tuzish.
5. Rejani joriy etish jarayonida nazorat va qo‘llab-quvvatlash
Uslubning xususiyatlari: pastdan yuqoriga, o‘z-o‘zini, gorizontal va yuqoridan
pstga qarab
Uslubning ustunligi:
- uning mobilligi
- joyning geografiyasiga bog‘liq emas
- yakkama-yakka, guruhli
Uslubning kamchiliklari: psixologik qarshiligi
Kutiladigan natija: shaxs faoliyati samaradorligini jiddiy oshirish
Kouching tamoyillari:
O‘z-o‘zini takomillashtirish
Anglanilmagan ehtyojlar
O‘zgarishlar
Yo‘nalish va ruhlanish
Yengish
Muammolarni yechish
Tajriba
Kouching ko‘rinishlari:
Hunarli kouching
Biznes-kouching
Shaxsiy samarali kouching
Layf-kouching
380
Hunarli kouching – kasbiy kompetentlarni, kompetensiyalarni baholashni, hunarni
rejalashtirish bo‘yicha maslahat berish, rivojlanish yo‘lini tanlashni, ish izlashda
hamroxlikni va hokazolarni o‘z ichiga olagn hunarli maslahat berish deb atashadi.
Biznes kouching – biznesni rivojlantirish va o‘sishi, shuningdeq motivasiyani
ko‘tarish bo‘yicha mutaxassis bilan odamni, uning talablariga mos ravishda zarur
natija olgunga qadar qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borishda ifodalanadigan mijos
orasida kasbiy o‘zaro munosabatda bo‘lish tizimidir.
Shaxsiy samarali kouching – o‘yinchini ruhlantirish, o‘yinchini energiya bilan
to‘ldirish, unga o‘zini-o‘zi rivojlantirishga hamda uning unumdorligini
rivojlanishiga yordam berish sa’ati va amaliy ko‘nikmasidir.
Layf-kouching – personal rivojlanish bo‘yicha mutaxassis bilan odamni, uning
talablariga mos ravishda zarur natija olgunga qadar qo‘llab-quvvatlash va uzatib
borishda ifodalanadigan mijos orasida kasbiy o‘zaro munosabatda bo‘lish tizimidir.
Rahbar uchun kouching, odatda bu alohida biznes-vazifalar bo‘yicha rahbar uchun
maxsuslashtirilgan tor, ya’ni: yangi biznes, biznesni o‘zgartirish, biznesda moliya,
korparativ standartlarni rivojlantirish, tanlash va chet el tajribasini olish, foydali
hamkorliq ishchan munosabat o‘rnatish, marketing, presonalni boshqarish, samarali
tashviqot, qimmatli strategiya va boshqa kouchinglardir.
Shaxsiy samarali kouching. Bosqichlari:
Shaxsiy samarali kouching odam tomonidan o‘zining muvaffaqiyat maqsadini
angalshdan boshlanadi. Shaxsiy muvaffaqiyat maqsadini rivojlantirish uchun zarur
bo‘lgan uchta yo‘nalish akslantirilishi mumkin:
Birinchisi – oila, salomatliq qiziqish masalalarni o‘z ichiga olgan shaxsiy
rivojlanish
Ikkinchisi – kasbiy yoki ijtimoiy doira, bularning hammasi hunar, kasbiy
muvaffaqiyat, bozordagi qo‘shimcha narx qo‘shilishi bilan bog‘liq.
Uchinchisi – ijodiy yo‘nalish, bu siz nimada ajoyibsiz, bu yer yuzidagi barcha
odamlardan sizning fikringiz, umuman turli narsalarda ifodalanadi, masalan,
cho‘qqilarni yengish yoki mineral suv butulkasining qopqog‘ini yig‘ish.
Shaxsiy muvaffaqiyatning maqsadi ifodalanishi bilan, biz “Shaxsiy rivojlanish
rejasi” nomli keyingi bosqichga o‘tamiz. Maqsadga muvofiq holda unga erishi
381
uchun qilinadigan yuz qadamni yozish zarur. Maqsad bir yilga, ikki yilga, uch
yilga, besh yilga mo‘ljallanishi mumkin. Bu yerda chegara muhim emas.
Uchinchi qadam – bu ashyolardir. Dunyodagi hamma narsa rivojlanish ashyosidir,
hatto yaqinlarni parvarish qilish va yalqovlik ham. Bu ashyolarni ko‘rib chiqish va
foydalanishni bilish kerak. Shu yerni o‘zida odam o‘zining qobiliyatini va
malakalarini foydalanishga ko‘nikib qoganligini ko‘rish kerak.
Keyingi qadam – qadr-qimmatdir. Tizimli kouchingda biz o‘zida maqsad,
qimmat, jarayon, ashyo va natija kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan aniq
shaxs modelidan foydalanamiz
Shaxsiy samarali kouchingning keyingi bosqichi - ko‘rinib turgan xulq-atvor va
uning rollarda, niqoblarda va arxetiplarda namoyon bo‘ladigan ishdir.
Shaxsiy samarali tizimli kouchingning keyingi bosqichi – qadriyatlar – ishontirish
va dunyoqarash bloklari bilan yaqindan aloqador.
Shaxsiy samarali tizimli kouchingning finalida besh – yetti yil oldinga va hayotiy
sikllarni dasturlash va qayta dasturlash bilan ishlash boradi.
Siz bilan eng aqlli odam bilan muloqotni tasavvur qiling. U sizga nima qilishni
aytar edi?
Men keyin nima qilishni bilmayman. Sizchi?
Agar shunday qilsangiz Siz nimada g‘alaba qozonasiz?
Agar kimdir boshqa kishi shunday degan bo‘lsa, Siz nimani sezgan bo‘lar
edingiz?
Siz nima qilasiz?
Siz buni qachon bajarmoqchisiz?
Bunda Siz o‘zingizni maqsadingizga erishasizmi?
Yo‘lingizda qanday to‘siqlar bo‘lishi mumkin?
Bu haqida kim bilishi kerak?
Sizga qanday yordam kerak?92
92
382
Superviziya va uni o‘tkazish uslubiyoti. Superviziya: mutaxassis o‘zining ishini
sir saqlagan holda tavsiflash va tahlil qilishi mumkin bo‘lgan, ikki
mutaxassislarning hamkorligi.
Maqsadi: mijozning talabiga yaxshilab javob berish uchun mutaxassisga yordam
berishdan iborat
Superviziya turlari: birga bir, jamoaviy, rasmiy bo‘lmagan va tanqislik
Supervizorlik jamoasining ishlash usullari:
Eng sodda va keng tarqalgani – jamoaviy muhokama
Rolli o‘yin
Jamoada juftli superviziya
“Milan maktabii” oila psixoterapiyasi tamoyilli bo‘yicha superviziya
“Akvarium” tamoyili bo‘yicha superviziya93.
Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalarini qo‘llash.
Pedagogik o‘yinlar tipologiyasi
“Bugungi kunda biz nega ba’zi ta’lim oluvchilarning o‘quv ishlariga bo‘lgan
ishtiyoqi pasayib borayotganini bilishimiz kerak va buni amalga oshirish
jarayonida barcha o‘qishga qiziqishi kam talabalarni bir xil sabab va muolaja
soyaboni ostida birlashtirishni rad etishimiz kerak”94- deydi amerikalik pedagog
A.Muur.
Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish
sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovasion xarakterga
ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy
o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali
o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning
innovasion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
93
94
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи
нашр. 2012. 27
-
бет
383
Ayni o‘rinda ta’limda innovasion xarakterga ega pedagogik o‘yinlar to‘g‘risida
so‘z yuritiladi.
I. Amaliy o‘yinlar. Dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab
etiladi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovasion xarakterga ega
o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda.
Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat
kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin subyekt faoliyatining
eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining
muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod
tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va
ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib
kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega.
Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining
Ўйин –
кишилик фаолиятининг муҳим тури ҳамда ижтимоий муносабатлар мазмунининг
болалар томонидан имитациялаш (кўчириш, тақлид қилиш) асосида ўзлаштириш шакли
саналади
Амалий ўйинлар –
муайян амалий ҳаракатларнинг ташкил этилишини имитациялаш
имкониятини берадиган ўйинлар
384
muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idroq sezgi,
xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-
axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi.
Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy
ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”95.
Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar
bolalarda chaqqonliq epchilliq chidamliliq qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual,
konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga
o‘rgatadi.
“O‘yin inson hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini
belgilovchi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola
voqyelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-
harakatlarini bilib oladi”96.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham
alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual,
kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga
ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
Zamonaviy pedagogikada o‘yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish,
ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi
tarzda qo‘llaniladi:
95
Тарбия / Ота
-
оналар ва мураббийлар учун энциклопедия / Тузувчи: М.Н.Аминов. Масъул муҳаррир:
А.Мажидов. –
Тошкент: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. –
432-
бет.
96
Ўша манба. –
432-
бет.
-
тушунча, мавзу ва алоҳида бўлим моҳиятини
ўзлаштиришда алоҳида технология сифатида;
-
педагогик технологияларнинг элементи сифатида;
-
ўқув машғулоти шакли ёки унинг бир қисми сифатида;
-
синф (аудитория)дан ташқари ишлардан бири
385
O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va
sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik
vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur.
O‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish,
o‘zining hayotda o‘rnini belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini
amalga oshirishdan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi.
O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o‘yin jarayonida shaxsning o‘z
xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
O‘quv faoliyatining asosiy motivi – bu o‘quv-bilish motivi bo‘lsa, o‘quv
faoliyatining eng muhim motivasiyasi esa talabada o‘zi tanlangan va asoslarini
o‘zlashtirayotgan kasbga bo‘lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o‘quv jarayonidagi
egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko‘nikmalaridan hissiy jihatdan
qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli
texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘yinli texnologiyalari,
shuningdeq talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi.
Pedagogik o‘yinlarning asosiy belgilari. G.K.Selevkoning pedagogik o‘yinlar
tipologiyasi
Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari deb
nomlanadi.
O‘yin texnologiyalari (o‘yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishning
barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat
jarayonini hosil qilishga yo‘naltirilgan shartli o‘quv vaziyatlarini ifodalovchi
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri.
386
O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda
ma’lum hayotiy voqyeliq hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun
dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni
ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim
muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli
rollarni bajarish talaba (o‘quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan
tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga
nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi.
O‘quv mashg‘ulotlaridan o‘yinlar va o‘yinli vaziyatlarni qo‘llash quyidagi asosiy
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi
- didaktik maqsad talabalar oldiga o‘yinli topshiriq shaklida qo‘yiladi;
- o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysundiriladi;
- didaktik o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
- o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin vazifasiga
aylantiruvchi musobaqa elementi qo‘llaniladi;
- muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o‘yin natijasi sanaladi
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdeq o‘yin
elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan
pedagogik o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan
belgilanadi. Aksariyat pedagogik o‘yinlar o‘zida quyidagi belgilarni namoyon
qiladi:
Талабанинг хоҳишига кўра танланган эркин
ривожлантирувчи фаолият эканлиги
Ушбу фаолиятнинг ижодий, аввалдан тайёрланмаган, жуда
фаол характери
387
Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar ham
o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida ko‘p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega
ishbilarmonlik o‘yinlaridan foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda
qo‘llaniladigan o‘yinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va
tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi.
Pedagogik o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, mustahkamlash,
talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma,
malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida
talabalar turli holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum
ko‘nikma, malaka va sifatni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Mashhur
pedagog olim G.K.Selevko pedagogik o‘yinlarni quyidagi tartibda tasniflagan:
Фаолиятнинг ҳиссий кўтаринкилиги, рақобатга асосланиши
Билвосита ва бевосита қоидаларнинг мавжудлиги
388
Педагогик ўйинлар типологияси (Г.К.Селевко)
389
Didaktik o‘yinlar. Syujetli o‘yinlar. Rolli o‘yinlar. Ishbilarmonlik o‘yinlari.
Imitasion o‘yinlar. Dramatik o‘yinlar
1. Didaktik o‘yinlar – o‘rganilayotgan obyekt, hodisa, jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari,
faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar
o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol
o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar
bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi
o‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga
tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi.
2. Syujetli o‘yinlar – pedagogik voqyeliq hodisalar bayonining muayyan
izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga
asoslangan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda pedagogik
muammolarning yechimini izlash, ta’im-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan
muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida
qo‘llaniladi.
3. Rolli o‘yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini
bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga
yo‘naltirilgan o‘yinlar, ularda rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi.
Rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari o‘quvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash,
ularda ma’lum hayotiy voqyeliq hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish
uchun dastlabki ko‘nikma-malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim
jarayoni ishtirokchilari (m: o‘quvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari,
ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari va
b.) sifatida turli rollarni bajarish talabalarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan
yaqindan tanishish imkoniyatini yaratsa, o‘quvchilarga ma’lum faoliyatni
samarali tashkil etishga nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan
tayyorlanishga yordam beradi.
4. Ishbilarmonlik o‘yinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar
mazmunini yoritish, ularni samarali, to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir
ko‘nikma, malaka hamda sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan
o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo‘nalishida
zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil
390
etiladi. Shu jihatdan ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy
faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini talabalarda
kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi,
ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
5. Imitasion o‘yinlar – ishlab chiqarish korxonalari, ish o‘rinlari, firmalar,
tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatni
imitasiyalash (taqlid qilish, ko‘chirish) asosida talabalarni muayyan amaliy
yoki kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga yo‘naltiradigan o‘yinlar. Bu
turdagi o‘yinlar ssenariyasi, syujetidan tashqari, imitasiya jarayon,
obyektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini to‘la ochib berish maqsadia
modellashtiriladi. Imitasion o‘yinlar jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan
operasiyalarni, m: masalalar yechish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – psixologik hamda
ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil
etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga
yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi
muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish,
muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning
ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan subyektlarga
yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur
sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor
qaratish lozim.
Jumladan:
391
Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalarini qo‘llashga
qo‘yiladigan talablar
Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham
ishtirokchi-talabalar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga
kirishadi, shuningdeq o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa
bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.
Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina
tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish
imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga
alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari
zarur.
Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
392
Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi:
- guruhni shakllantirish;
- mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
- muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
- rollarni taqsimlash,
- o‘yin reglamentini o‘rnatish;
- materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;
- maslahat berish
O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘libilan
taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish
mumkin. Rollarning talabalar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib
chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida
belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish
hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi.
Shuningdeq quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan
samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:
393
Pedagogik o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
O‘yin jarayonida hyech kim halaqit qilmasligi kerak. Bordi-yu, zaruriyat
bo‘lsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni
to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin.
иштирокчиларнинг бир
-
бирларини тушуна олишлари ва қўллаши
ҳар
иштирокчининг ўйин натижаси учун масъулиятни ҳис этиши
барча иштирокчилар имкониятларининг ягона мақсадга йўналтирилиши
394
Pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinlar quyidagi texnologiyaga ega:
Har qanday jarayon singari o‘yin yakunida uning tashkil etilishi, o‘tkazilishi
yuzasidan muhokama o‘tkazilishi zarur. Muhokama chog‘ida o‘yin
ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning o‘yina ishtirok etmagan a’zolari),
ekspertlar o‘yinning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr-
mulohazalari, takliflarini bildiradi.
Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- taqrizchilarni chiqishlari;
- fikrlar almashinuvi;
- ishtirokchilarning o‘z qarorlari va
xulosalarini himoya qilishlari;
- o‘yinga yakun yasash
395
O‘yin texnologiyalarining metodik ta’minoti loyiha, o‘yinning mezonlari, ish
qog‘ozlari (metodik ko‘rsatmalar), o‘yin mohiyatini yorituvchi hujjatlar
(ssenariy) kabilardan iborat. Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan o‘yinlar
subyekt faoliyatini taqozo etadigan hamda mashina (m: kompyuter) o‘yinlari
tarzda farqlanadi. O‘yinlar chog‘ida turli vositalar (kompyuter, imitasion
trenajyorlar, sport anjomlari (koptoq arqon, halqa), xomashyolar (plastlin,
yumshoq o‘yinchoqlarni yasash uchun materiallar, rangli qalamlar, ish
qog‘ozlari, o‘yinchoqlar legolar, konstruksiyalar, dekorasiyalar va b. kerak
bo‘ladi.
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdeq o‘yin
elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi
tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik
tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o‘yinlar o‘zida quyidagi
belgilarni namoyon qiladi
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar.
Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy
tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib koladi. O‘quvchining
faolligi, maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar va
Ишбилармонлик ўйинлари технологияси
Ўйиннинг ажойиб хусусияти
шундаки, у бир вақтнинг ўзида ҳам
ривожланиш ҳам ўрганиш
ҳисобланади
.
396
pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O‘quvchilarning faolligini
ta’minlovchi, o‘qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik
o‘yini hisoblanadi. O‘yin faoliyatiga qiziqish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini ifoda
etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish
elementlari orqali ta’minlanadi.
Pedagogik o‘yin, o‘qitishning aniq qo‘yilgan maqsadi va unga tegishli
pedagogik natija bilan belgilanadi. Bu natijalar asoslangan va o‘quv
tayyorgarlik faoliyatiga ega bo‘ladilar. Pedagogik o‘yinlar o‘yin uslubiga
ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar bo‘yicha; syujetli; ishbilarmonliq
imitasion, dramalashtirilgan o‘yinlar. Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim
tizimida foydalanadigan barcha pedagogik o‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra
ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. Chunki ular, odatda ma’lum o‘quv fani
doirasida ishlab chiqiladi: rollar va syujetlar mavjud bo‘ladi, turli vaziyatlar
immitasiya qilinadi. Ya’ni, oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida
qo‘llaniladigan ishbilarmonlik o‘yinlari pedagogik o‘yinlarning barcha
tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.
Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimidagi pedagogik o‘yinlar yangi
o‘quv materialini o‘zlashtirishga va mustahkamlashga, o‘quvchining ijodiy
qobiliyatini rivojlantiruvchi, umumilmiy ko‘nikmalarini shakllantiruvchi
masalalar majmualarini yechishga qaratiladi, o‘quvchilarga turli holatlardan
o‘quv materialini tushunib yetish va o‘rganish imkonini beradi. O‘quv
jarayonida ishbilarmonlar o‘yinlarni turli xil shakllari ishlatiladi: imitasion,
operasion, rolli o‘yinlar, ishchi teatr, psixo va sosiodramalar.
Ishbilarmonlik o‘yini (IO‘) o‘zida mutaxassisning kelajakdagi kasbiy
faoliyatining predmeti va ijtimoiy mazmunini tiklash shaklini
mujassamlashtiradi, faoliyat yaxlitligini belgilovchi shunday munosabatlar
tizimini modellashtiradi.
Belgili vositalar (til, nutq, grafiklar, jadvallar, hujjatlar) yordamida,
ishbilarmonlik o‘yinida asosiy muhim belgilariga ko‘ra haqiqiy vaziyatga
o‘xshash kasbiy vaziyat vujudga keltiriladi. Shu bilan birga ishbilarmonlik
o‘yinida, qisqa vaqt ichida faqat turdosh umumiy vaziyatlar qayta tiklanadi.
397
Ishbilarmonlik o‘yigi kelajakdagi kasbiy faoliyatning predmetli jihatini
(shartli amaliyot) talabalarning boshqa rolli holatdagi vakillar bilan o‘zaro
muloqotda bo‘luvchi ijtimoiy jihatini vujudga keltiradi. Shunday qilib,
ishbilarmonlik o‘yinida jamoaviy o‘quv faoliyatning yaxlit shakli – ishlab
chiqarish, kasbiy faoliyati sharoiti modelida yaxlit obyektda amalga oshiriladi.
Ishbilarmonlik o‘yinida talaba o‘zida o‘quv va kasbiy elementlarni
uyg‘unlashtirgan o‘xshash kasbiy faoliyat bajaradi. Bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirilishi abstrakt darajada emas, balki kasbiy mehnat kontekstida
amalga oshadi. Kontekstli o‘qitishda bilimlar kelajak uchun bekorga emas,
balki o‘quvchining real o‘yin jarayonidagi harakatini ta’minlaydi. Bir vaqtning
o‘zida, o‘quvchi kasbiy bilimlar bilan qatorda maxsus xislatga – odamlar bilan
muloqotda bo‘lish va boshqarish, jamoaviy qarorlar qabul qilish malakalari,
rahbarlik qilish va bo‘ysunish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ya’ni,
ishbilarmonlik o‘yini shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi, ijtimoiylashuv jarayonini
jadallashtiradi. Ammo bu «jiddiy» kasbiy faoliyat o‘yin shaklida ro‘yobga
chiqarilganligi sababli, o‘quvchi aqliy va hissiy jihatdan erkinlashadi, ijodiy
tashabbusini namoyon etadi.
O‘yin jarayonida quyidagilar o‘zlashtiriladi:
kasbiy harakatlar me’yorlari;
ijtimoiy harakatlar me’yorlari - ishlab chiqarish jamoasidagi munosabatlar.
Bunda o‘yinning har bir ishtirokchisi faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan
o‘zaro munosabatda bo‘ladi, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslaydi
va shuning natijasida jamoa bilan munosabati orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.
“Keys-stadi” texnologiyasi
“Inson jamoada yoki vaziyatlarda uzoq yillar davomida o‘rganilishi”
mavzusidagi ilmiy tadqiqotlar nashr etila boshlangan edi. Agar ish jamoaga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, jamoaning xulqini har tomonlamma o‘rganadi,
jamoadagi har bir insonning xulqini emas 97.
97https://en.wikipedia.org/wiki/Case_study
398
So‘nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi
amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika
ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni o‘rinda ushbu
metod (texnologiya) mohiyati haqida so‘z yuritiladi. Darhaqiqat, keys-stadi
talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga
o‘rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi.
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard
universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qo‘llanilgan. Ushbu
texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo‘llanila
boshlangan. Keyslarning ilk to‘plami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard
universiteti hisobotlari asosida chop etilgan. Hozirda texnologiya xorijiy
mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda.
O‘zbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘lidagi
harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi.
Ta’limda qo‘llaniladigan “Keys-stadi”ning tayyor variantlari ham mavjud
bo‘lib, ularni sotib olish mumkin. Biroq, eng samarali yo‘l har bir fan bo‘yicha
keyslarning mustaqil yaratilishiga erishishdir. Birgina Garvard universitetida
yiliga 700 ta keys ishlab chiqiladi. Ularning narxi 10 $. Ammo ba’zi
keyslarning narxi 500 ta 1000 $ gacha. London biznes maktabi va boshqa
biznes maktablar o‘zlarida 340 nafarga yaqin ishtirokchilarni birlashtirgan
holda keyslarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Texnologiya talabalarda
predmetni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni, amaliy ko‘nikmalarni, vaziyatni
tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish
malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish
asosida ular tomonidan bilimlarning faol o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat
yaratadi.
“Кейс
-
стади” технологияси (ингл. “cаsе” –
чемодан, метод, “study” –
муаммоли вазият;
вазиятли таҳлил ёки муаммоли вазиятларни таҳлил қилиш) –
1) талабаларда аниқ,
реал муаммоли вазиятни таҳлил қилиш орқали энг мақбул вариантларини топиш
кўникмаларини шакллантиришга хизмат қиладиган технология; 2) реал вазиятларни
баён этишда қўлланиладиган ўқитиш техникаси
399
Keys – texnologiyasini loyihalashtirish. O‘qituvchi harakatlarining izchilligi:
ishchi dasturi asosida o‘quv mashg‘uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi
(amaliy mashg‘ulot/mustaqil ish/ o‘quv amaliyoti);
o‘quv mashg‘uloti maqsadini oydinlashtiradi, o‘quv mashg‘ulotidan
kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalarni belgilaydi;
ta’limning optimal modelini (belgilangan vaqtda va qaror topgan sharoitlarda
qo‘yilgan maqsadning amalga oshirilishini va prognoz qilinadigan o‘quv
natijalariga erishishni kafolatlaydigan optimal ta’lim metodlari, shakl va
vositalari majmui)ni tanlaydi.
Texnologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat98:
98
Савельева М.Г. Педагогические кейсы: конструирование и использование в процессе обучения
и оценки компетенций студентов / Учеб.
-
мет.пособие. –
Ижевск: ФГБОУВПО “Удмуртский
университет”, 2013. –
С. 9.
Таҳлил кўникмалари ва танқидий тафаккурни ривожлантириш.
Назария ва амалиёт бирлигини таъминлаш.
Муаммо юзасидан турли қарашлар ва ёндашувларни намойиш қилиш.
Қарорлар
қабул қилиш ва унинг оқибатларига доир мулоҳазаларни тақдим этиш.
Ноаниқликлар мавжуд бўлган шароитда муқобил вариантларни баҳолаш
кўникмаларини шакллантириш
400
Keysning tekshirilishi va baholanishi. Yaratilgan keys ekspert tekshiruvidan
va bahosidan o‘tishi kerak. Quyidagilar tekshirish usullari bo‘lishi mumkin:
1. Keys loyihasining korxona xodimi tomonidan ko‘rib chiqilishi va unda
bayon qilingan axborotning real vaziyatga muvofiq kelishi, shuningdek
keltirilgan faktlar talqini va shu kabilarning tekshirilishi.
2. Ekspertlik bahosi va hamkasblar fikrlari, o‘qituvchi-keysologning
keysning ta’limdagi qimmati xususidagi fikri, uni tekshirishning ikkinchi
usulidir.
Кейснинг педагогик паспорти:
Педагогик аннотация;
Кейс;
Таълим олувчига услубий кўрсатмалар;
401
Keys texnologiyasini amalga oshirishda o‘qituvchi faoliyatining bosqichlari:
tayyorgarlik bosqichi;
asosiy bosqich: keys texnologiyasini amalga oshirish
tahliliy, baholovchi bosqich
“Keys-stadi” yordamida talabalar egallaydigan bilim, ko‘nikma, malakalar
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko‘nikma, malakalarga ega
bo‘ladi99:
Tahliliy ko‘nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni
turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish,
taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
Amaliy ko‘nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real
vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo‘llay
bilish).
Ijodiy ko‘nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish
muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha
yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
Muloqot ko‘nikmalari (unga ko‘ra talaba bahs-munozara olib borish, o‘z
nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va
ishonarli hisobotni tayyorlash ko‘nikmalarini o‘zlashtira bilishi zarur).
Ijtimoiy ko‘nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar
boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda
o‘zgalarning fikrlarini qo‘llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi
fikrni bildira olish va o‘zini boshqara olishi lozim).
99
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик
компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 97.
402
O‘z-o‘zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o‘zini tuta bilishi, boshqalarga
namuna bo‘lishi muhim)
Har o‘qituvchi keys-stadiga asoslangan o‘quv topshiriqlarining puxta
asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy- didaktik
xarakterga ega bo‘lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni
qaratish talab etiladi:
- maqsad aniq ifoda etish (maqsad ikki xil (yoki undan ortiq) tushunilmasligi;
- savol yoki topshiriqlar ma’lum darajada murakkab bo‘lishi;
- ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi;
- tezda o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotmasligi;
- milliy xususiyatlarni o‘zida namoyon eta olishi;
- ta’limning barcha yo‘nalish yoki sohalariga oid tipik vaziyatlarni ifodalashi;
- dolzarb ahamiyatga ega bo‘lishi;
- talabalarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi;
- bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi;
- bir necha yechim (qaror)ni ilgari surish imkoniyatini ta’minlay olishi
Talabalar tomonidan keysni yechish bosqichlari.Jahon tajribasi
ko‘rsatishicha, agar talabalarning keysni hal etish texnologiyasi ikki
bosqichdan iborat bo‘lsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada ko‘proq
samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich –keysni hal etish bo‘yicha individual (auditoriyadan
tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa bo‘lib (auditoriyada) ishlash.
1-jadval
Talabalar tomonidan keysni yechish bosqichlari
Birinchi bosqich – keysni hal etish
Ikkinchi bosqich – keys bo‘yicha
403
bo‘yicha individual ish
jamoa bo‘lib ishlash
Talaba mustaqil ravishda
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib,
birgalikda keys ustida ishlashadi
1) keys materiallari bilan tanishadi
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy
muammolar va ularni hal etish yo‘llari
haqidagi turli tasavvurlarini
muvofiqlashtirishadi;
eng maqbul variantni tanlashadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni o‘rganadi,
izohlaydi va asoslaydi;
2) yechimning taklif etilgan
variantlarini muhokama qiladilar va
baholaydilar, qo‘yilgan muammo
nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun
3) muammo va muammo osti
muammolarni ajratadi, vaziyatni
tadqiq va tahlil qilish usullarini
tanlaydi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib
keladigan tanlangan harakatlar yo‘lini
amalga oshirishning aniq qadamba-
qadam dasturini batafsil ishlab
chiqadilar;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil
qiladi; ajratilgan muammoni hal etish
usullari va vositalarini belgilaydi va
asoslaydi;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va
namoyish etiladigan materialni
rasmiylashtirishadi.
5) taklif etiladigan qarorni amalga
oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab
chiqadi.
Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini o‘tkazish:
1) real vaziyat yechimiga doir o‘z variantlarini taqdim etadilar;
404
2) tanlangan harakatlar yo‘lini izohlaydilar va yechimning to‘g‘riligini
asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va o‘z takliflarini
asoslaydilar.
Jamoa bo‘lib keys ustidan ishlash:
guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
taklif etgan yechimlarning o‘zaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga
birgalikda (talabalar va o‘qituvchi) baho berilishi ham mumkin.
Keyslarning sinflari turlari, janrlari va taqdim etish usullari
Keyslarni sinflarga ajratish turli usullarda bo‘lishi mumkin. Jumladan,
keyslar maqsad va o‘qitish jaryonining vazifalari, tuzilishi, ifodalash shakli,
o‘lchami, murakkablik darajasi, fanlar, kompaniya turlari, hududlar va boshqa
tomonlari bo‘yicha sinflarga ajratiladi100.
Maqsad va o‘qitish jarayonining vazifalari bo‘yicha: namunali va namunali
bo‘lmagan muammolarni yechishga hamda qaror qabul qilishga o‘rgatish;
vaziyat tamoyillari tahlili va baholashga o‘rgatish, aniq uslubiyotni,
yondashuvni aniq misolda qo‘llashni, yechimni yoki umuman konsepsiyani
namoyish qiladigan turlarga ajratish mumkin.
Keys sinflari shartli ravishda ikki: “dalali” va “o‘rindiqli” tularga ajratiladi.
Ularning birinchisi haqiqiy omilli materiallarga asoslagan holda, ikkinchisi esa
xayoliy yaratilgan bo‘lishi mumkin.
Tuzilishi bo‘yicha: tuzilmali keyslar – aniq raqam va ma’lumotli vaziyatni
qisqa va aniq bayon qilish. Bunday turdagi keyslarga aniq sondagi aniq
javoblar mavjud. Ular aniq bilimlar sohasidagi bitta formula, ko‘nikma,
uslubni, bilim yoki ko‘nikmani baholash uchun foydalanishga mo‘ljallangan.
100
Абдуқодиров А.А., Астанова Ф.А., Абдуқодирова Ф.А. “Case
-
study” услуби: назария, амалиёт ва
тажриба. –
Тошкент: Тафаккур қаноти, 2012. –
134 б. –
Б. 15
-17.
405
Katta tuzilmaga ega bo‘lmagan keyslar. Ular katta miqdordagi ma’lumotlaga
ega bo‘lgan materiallarni ifodalaydila, fikrlash uslubi va tezligi, asosiyni
ikkinchi darajalikdn ajratish kshnikmasi va aniq ish sohasidagi malakalarni
baholash uchun mo‘ljallangan. Ular uchun bir necha to‘g‘ri javob variantlari
mavjud.
Dastlabki ochilgan keyslar juda qisqa shuningdeq juda uzun ham bo‘lishi
mumkn. Bunday keyslar o‘quvchi nostandart fikrlashi, ajratilgan vaqtda
qancha kreativ g‘oyalar berishi mumkinligini ko‘rish imkoniyatini beradi.
Agar guruhiy yechim bo‘layotgan bo‘lsa, u holda u “begona fikrni ilg‘ay
oladimi, uni rivojlantira va amaliyotda foydalana oladimi” degan savolga
javob beradi.
Kichik xomaki yozuvlar – asosiy tushunchalar bilan tanishtiradi, bilimlari tor
sohada (o‘rganilayotgan fanng bo‘limid) qo‘llashni talab etadi.
Ifodalash shakli bo‘yicha: qog‘oz keyslar, videokeyslar, multimedia keysllar.
O‘lchami bo‘yicha: to‘la keyslar (o‘rtacha 20-25 bet) bir necha kun
mobaynida jamoa bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan va, odatda, o‘z yechimining
taqdimotini jamoaviy ishlab chiqishga qaratadi; qisqa keyslar (3-5 bet)
bevosita darsda ishlashga mo‘ljallangan va umumiy munozara, deb qaraladi.
Mini keyslar (1-2 bet) qisqa keyslar kabi auditoriyada muhokama etishga
mo‘ljallangan va qisman darsda beriladigan nazariyaga ko‘rgazma sifatida
qo‘llaniladi.
Murakkablik darajasi bo‘yicha: maktabgacha tarbiya muassasalari
tarbiyalanuvchilari uchun, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, umumiy o‘rta
ta’lim maktab o‘quvchilari uchun keys, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari o‘quvchilari uchun keys, bakalavrlar uchun keys, magistrlar
uchun keys, MVA dasturi uchun keys, ilmiy tadqiqotchilar uchun keys bo‘lishi
mumkin.
Fanlar bo‘yicha: buxgalteriya hisobi va nazorat; tijorat va davlatlararo
munosabatlar; raqobatli strategiyalar; tadbirkorlik; moliya; menejment;
boshqaruv; tashkiliy xulq va sardorlik; kichik va o‘rta biznes, xizmatlarni
boshqarish; tijorat, pedagogika va boshqalar.
406
Tarmoq bo‘yicha: TNK (transmiliy korxona) keyslari, hududiy katta tijorat
haqidagi keyslar; kichik va o‘rta biznes haqidagi keyslar.
Hududlar bo‘yicha: Shimoly-Amerika keyslari, Yevropa keyslari,
rivojlanayotgan davlatlar haqidagi keyslar va iqtisodiyotni o‘tish davridagi
davlatlar haqidagi keyslar.
Keyslarni sinflarga ajratishda keng fodalanilayotgan yondashuvlardan biri
ularnig murakkabligi bo‘yichadir. Ana shunday tomonlari bo‘yicha quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin101 (1-jadval)
1-jadval
Keyslarning sinflari
O‘quv vaziyatlari-
keyslar
Maqsadi
Illyustrativ
Aniq bir amaliy misolda talabalar aniq bir vaziyatda
to‘g‘ri qaror qabul qilish algoritmiga o‘rgatiladi
Muammo
ifodalangan
Aniq vaqt mobaynidagi vaziyat tavsiflanadi, muammo
aniqlanadi va aniq ifodalanadi
Muammo
ifodalanmagan
Oldingi variantdagiga qaraganda, murakkabroq vaziyat
tavsiflanadi, unda muammo aniqlanmagan bo‘lib, statisik
ma’lumotlarda, jamoat fikri, hokimiyat organlari va
boshqalarning bahosi orqali taqdim etiladi
Amaliy mashqlar
Aniq paydo bo‘lgan vaziyat tavsiflanadi, undan chiqish
yo‘llarini topish tavsiya etiladi. Bunday keyslarning
maqsadi – muammoni yechish yo‘lini izlashdan iborat
101
Абдуқодиров А.А., Астанова Ф.А., Абдуқодирова Ф.А. “Case
-
study” услуби: назария, амалиёт ва
тажриба. –
Тошкент: Тафаккур қаноти, 2012. –
134 б. –
Б. 17
-18.
407
O‘quv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda oddiy, murakkab
tarkibiy tuzilishga ega bo‘lmagan, ya’ni mini testlardan ham foydalanish
amaliy qiymatga egaligi ta’lim amaliyotida o‘z tasdig‘ini topgan.Aytib
o‘tilganideq xorijiy mamlakatlar katta hajmli, murakkab ilmiy-tadqiqot
xarakteriga ega keyslar ko‘p qo‘llaniladi va ularni hal etish butun bir semestr,
hatto o‘quv yili davomida amalga oshiriladi. O‘zbekiston sharoitida ham
ushbu keyslaran samarali foyalanish mumkin. Shu bilan birga o‘rganilgan
mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik hajmli, sodda – mini keyslardan
ham foydalanish foydadan holi emas. Murakkab va oddiy mini keyslar
o‘rtasidagi eng muhim farqlar – ularning hajmi, murakkablik darajasi va
tarkibiy tuzilmasida aks etadi.
Murakkab keys (muammoli vaziyat)lar quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega
bo‘ladi102:
102
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 99.
Педагогик аннотация.
Кириш.
Кейс (муаммо)нинг баёни.
Кейс (муаммо)ни ечиш юзасидан топшириқ (ёки савол)лар.
Фойдаланиш учун адабиётлар рўйхати.
Методик кўрсатмалар.
Кейсни ечиш жараёни (таҳлил ва ечим вариантларини илгари суриш, вариантлар
мақбуллигини текшириш).
408
Mini keyslar uchun quyidagi tarkibiy tuzilmaga egalik xarakterlidir:
Keys metodini amalga oshirish bosqichlari:
Кейс (муаммо)нинг баёни.
Кейс (муаммо)ни ечиш юзасидан топшириқ (ёки савол)лар.
Фойдаланиш учун адабиётлар рўйхати.
Методик кўрсатмалар.
Кейсни ечиш жараёни (таҳлил ва ечим вариантларини илгари суриш, вариантлар
мақбуллигини текшириш).
Кейс ечими бўйича тақдимотни ташкил этиш.
кейс билан танишув;
асосий муаммони ажратиб олиш;
ғоялар
йиғиш ва излаш;
кейс ечимини тавсия қилган ғояларни
таҳлил қилиш;
409
1-jadval
Keyslar tipologiyasi
Tipologik belgilari
Keys turi
Asosiy manbalari bo‘yicha Bevosita obyektda
Ta’lim jarayonida
Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatida
Syujet mavjudligi
Syujetli
Syujetsiz
Vaziyat bayonining
vaqtdagi izchilligi
O‘tmish va bugun
Avval bo‘lib o‘tgan voqyea
Istiqbolga yo‘naltirilgan
Keys obyekti
Alohida obyektga
Tashkiliy
Ko‘p obyektli
Materialni taqdim etish
Hikoya
410
usuli
Esse
Tahlili ma’lumot
Jurnalistik
Hisobot
Ocherk
Faktlar majmui
Statistik materiallar
Hujjatlar
O‘quv topshirig‘ini taqdim
etish usuli
Savolli
Topshiriq tarzida
Didaktik maqsadlari
Muammo, yechim, konsepsiya
Biror mavzuga bag‘ishlangan trening
Tahlil va baholov
Muammoni ajratish, yechish, boshqaruvga doir
qarorlar qabul qilish
Taqdim etish usuliga ko‘ra Bosma
Elektron
Video-keys
Audio-keys
Multemedia-keys
O‘quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari va zamonaviy o‘qitish
amaliyotida o‘quv keyslarining turlari
411
O‘quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari talabalarga muammoli
vaziyatni hal etish yuzasidan talabalar e’tiboriga adabiyotlar ro‘yxatining
taqdim etilishi, ularga metodik ko‘rsatma, yo‘riqnomalarning berilishi va
albatta, o‘qituvchi tomonidan muammoning yechimi bo‘yicha o‘z variantining
taqdim etilishi sanaladi. Adabiyotlar ro‘yxati o‘rganilayotgan muammoga
bevosita taalluqli bo‘lishi zarur.
Keyslarni yechishga doir metodik
ko‘rsatma, yo‘riqnomalar taxminan
shunday bo‘lishi mumkin:
Xorijiy mamlakatlar ta’limi
amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy
tadqiqotlarini tashkil etish maqsadida
qo‘llanilishi sababli ular odatda
murakkab tarkibiy tuzilma hamda
o‘rtacha (Yevropa), katta (AQSh)
hajmga ega bo‘ladi. Ko‘p holatlarda
keyslar birgina mashg‘ulot jarayonida
hal qilinmay, balki butun bir semestr,
hatto o‘quv yili davomida yechiladi.
Ularning bu boradagi tajribalaridan
bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat),
magistrlik dissertasiyalari (magis-
tratura), bitiruv loyiha ishlari (malaka
oshirish kurslari)da foydalanish
maqsadga muvofiqir.
Ta’lim jarayonida o‘quv keyslarini qo‘llashda jarayon (mashg‘ulot) yakunida
albatta o‘qituvchi (keyolog)ning yechimi taqdim etilishi zarur. Buning
didaktik ahamiyati bu yechim asosida talabalarning o‘z o‘quv-bilish
harakatlarining qanchalik to‘g‘ri, samarali, maqsadga muvofiq amalga oshira
Кейс (муаммо) билан танишинг.
Муаммонинг долзарблигини баҳоланг.
Муаммонинг долзарблигини далиллар
ёрдамида изоҳланг.
Кейс (муаммо)нисамарали ечиш
йўлларини аниқланг.
Кейс (муаммо)нинг самарали ечимини
белгиловчи метод ва технологияларни
танланг.
412
olganliklarini tahlil qilish, solishtirish, yo‘l qo‘ygan xatolarini aniqlash
imkoniyatini yaratishi bilan belgilanadi. Keyslar tipologiyasida o‘quv
topshirig‘ini taqdim etish usuli savolli hamda topshiriqli bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Shunga ko‘ra talabalarning e’tiborlariga havola etiladigan keyslar yoki savolli,
yoki topshiriqli bo‘lishi mumkin103.
Agar keys savolli-keys bo‘lsa, u holda muammo yoki muammoli vaziyatni
tahlil qilish va yechishga oid bir necha savollar keltiriladi.M: 1. Yoshlarning
“ommaviy madaniyat” ta’siriga berilishining asosiy omillari nimalardan
iborat?
Yoshlarning “ommaviy madaniyat”ta’siriga berilishlarida OAVning o‘rni va
rolini qanday aniq dalillar asosida baholay olasiz?
Agar keys topshiriqli-keys bo‘lsa, u holda keysni yechish jarayonida
bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlar beriladi. M:
1. Yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash
omillarini aniqlang.
2. Yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni samarali
shakllantirish yo‘llarini belgilang.
Odatda keyslarni tayyorlashda darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, balki
ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet materiallaridan ham maqsadli
foydalanish mumkin. Pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan
keyslarni ularning xarakteriga ko‘ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-
anglash-tahlil-sintez-qo‘llash tizimi)ga muvofiq bir necha guruhga ajratish
mumkin (1-rasm)104:
103
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 99.
104
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 100.
Асосий гуруҳлар
Педагогик билимлардан хабардорликни
аниқлашга ёрдам берадиган кейслар
Педагогик фаолият, ҳодиса ёки жараён
моҳиятини тушуниш ҳолатини
белгилашга хизмат қиладиган кейслар
Суҳбат (диалог)
413
1-rasm.O‘quv keyslarining asosiy guruhlari.
Zamonaviy o‘qitish amaliyotida o‘quv keyslarining quyidagi turlari
qo‘llanilmoqda (2-rasm)105:
105
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 100.
Таълим
-
тарбия жараёнлари, педагогик
фаолият ва ҳодисанинг таркибий
элементлари ўртасидаги ўзаро бирлик,
алоқадорликни англаш ҳамда таҳлил
қилишга
йўналтирилган кейслар
Таълим
-
тарбия жараёнлари, педагогик
фаолият ва ҳодисанинг таркибий
элементларини тизимлаштириш,
синтезлаш, босқичларни изчил
ифодалашни тақозо этадиган кейслар
Педагогик билимларни амалда қўллаш, мавжуд кўникма ва малакаларни
тўлақонли намоён этишга доир кейслар
Асосий турлари
Муаммонинг ечими ва қарорларни
таҳлил қилишга йўналтирилган
кейслар
Қарор
ёки яхлит муаммони
ифодаловчи кейслар
414
2-rasm. O‘quv keyslarining asosiy turlari.
Pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli va
o‘rinli foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi. Quyidagi
misollar ushbu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keys.
Keys bayoni. Sobir o‘rta maktabning 9-sinfini tamomladi. Shahodatnomasida
“uch” baholar ko‘p bo‘lganligi, salbiy xulqqa egaligi sababli, Sobir hyech bir
kasb-hunar kollejiga qabul qilinmadi. Har bir kollejning rahbari Sobirni
boshqa akademik lisey va kasb-hunar kollejiga kirishini tavsiya etdi. Biroq,
Sobirning ota-onasi har gal o‘g‘illarini o‘zlari yashaydigan tumandagi kasb-
hunar kollejida ta’limolishini, shundagina uni nazorat qilib turishlari
mumkinligi aytishardi.
Keys savollari:
1. Ayting-chi, kasb-hunar kollejlarining rahbarlari Sobirni o‘qishga qabul
qilmaslikka haqlimilar?
2. Ayni vaziyatda Sobirning qanday huquqlari buzilyapti?
O‘qituvchining yechimi. Kasb-hunar kolleji rahbarlari ijtimoiy xavf
bo‘lmagan holda “uch” bahoga o‘qiganligi va xulqida salbiy holatlar ko‘zga
Талаба фаолиятини таҳлил қилиш ва баҳолаш
имкониятини берувчи кейслар
415
tashlanishi uchungina Sobirni o‘qitishga qabul qilmaslikka haqli emaslar. Ular
shaxsning bilim olishga bo‘lgan huquqini poymol yetishgan. Qolaversa, kasb-
hunar kollejlarida ta’lim olish majburiy-ixtiyoriy xarakterga ega. Shu sababli
Sobir va uning ota-onasi kasb-hunar kollejini o‘zlari tanlay oladi. Bordi-yu,
kollejga qabul qilish sinov, imtihonlar asosida olib borilsa va Sobirning o‘zi
ularga puxta tayyorlanmaganligi sababli sinovdan o‘ta olmasa, u holda ana shu
kasb-hunar kollejiga qabul qilinmaydi. Bu vaziyatda Sobirning bilim olish
huquqi (O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 4-
moddasi) poymol etganliklari sababli kasb-hunar kollejlarining rahbarlari
ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
2. Pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini
belgilashga xizmat qiladigan keys.
Keys bayoni. Uzoq yillik ish tajribasiga hamda talabalar o‘rtasida alohida
hurmatga ega tarix fani o‘qituvchi auditoriyaga kirib, doskada o‘zining
karikatura janrida ishlangan rasmini ko‘radi. Karikatura yorqin ishlangan, har
bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh
o‘qituvchining karikaturagaya, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini
kutyapti. Biroq, o‘qituvchi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani
tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni
hatto o‘chirgim kelmayapti. Rasm ijodkori – yosh rassom uni qog‘ozga
ko‘chirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”.
Keys savollari:
1. O‘qituvchining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday
baholaysiz?
2. Bu vaziyatda o‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘lladi?
O‘qituvchining yechimi. Bu vaziyatda o‘qituvchi o‘zining tarjribali va
pedagogik nazokatga egaligini namoyon eta oldi. U karikaturani o‘zining
ustidan kulish vositasi deb emas, aksincha, san’at asari sifatida qabul qildi.
Natijada o‘qituvchi aybdor talabani qidirib, unga tanbeh berishni istamadi.
Buning o‘rniga o‘zining san’atga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatdi. Bunday
yondashuv talabalarga o‘qituvchining irodali, o‘ziga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishi, hissiyotlarini jilovlay olish, o‘z-o‘zini boshqara bilish
416
qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi. Oqibatda talabalaro‘qituvchining ruhan
barqaror ekanliklarini angladi. Shu sababli keyingi safar ular o‘qituvchini
kamsitish yoki ustidan kulishni istashmaydi. Bayon etilgan vaziyatda
o‘qituvchi: 1) izohlash (o‘zida muayyan guruh yoki alohida shaxsga
yo‘naltirilganlikni ifodalovchi hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli); 2) xulq va
faoliyatni rag‘batlantirish metodlaridan biri bo‘lgan – qo‘llab-quvvatlash
metodidan foydalandi.
3. Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisalarning
tarkibiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro birlik va aloqadorlikni anglash hamda
tahlil qilishga yo‘naltirilgan keys106.
Keys bayoni. Tarix fani o‘qituvchisi bir soatlik darsida quyidagi xatti-
harakatlarni amalga oshirdi:
1) ma’lumotlarni izchil bayon qildi;
2) zarur o‘rinlarda tayanch tushunchalarga alohida urg‘u berdi;
3) xaritadan tarixiy voqyelar sodir bo‘lgan joylarni ko‘rsatdi;
4) vaqti-vaqti bilan talabalarga savollar berib, ulardan javoblar oldi;
5) o‘quv filmi orqali tarixiy voqyelikka oid dalillarni namoyish etdi.
Keys topshirig‘i. O‘qituvchining xatti-harakatlari qanday metodlar yordamida
amalga oshirilganligini aniqlang.
O‘qituvchining yechimi. Tarix fani o‘qituvchisi qo‘llagan metodlar:
1) hikoya;
2) tushuntirish;
3) tasvirlash;
4) suhbat;
5) namoyish.
106
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 101.
417
4. Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning tarkibiy
elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo
etadigan keys107.
Keys bayoni. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
1) o‘qituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan o‘quv harakatining;
2) zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p
bora takrorlanishi;
3) dastlabki bajarilishi o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini
tushuntirishi;
4) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi. Ushbu holatda mashq
bajarishni tashkil etish bosqichlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Keys topshirig‘i.
Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlarini zarur izchillikda ifodalang.
O‘qituvchining yechimi. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
o‘qituvchining faoliyat
maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
2) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi;
3) o‘qituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan o‘quv harakatining
dastlabki bajarilishi;
4) zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p
bora takrorlanishi.
5. Pedagogik bilimlarni amalda qo‘llash, mavjud ko‘nikma va malakalarni
to‘laqonli namoyon etishga doir keys.
Keys bayoni. Og‘zaki bayon qilish metodlari talabalarning umumiy
madaniyati, mantiqiy fikrlash va bilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
107
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 103.
418
Keys topshirig‘i. Og‘zaki bayon qilish metodi turlarini “Baliq skeleti” grafik
organayzerida ifodalang.
Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga texnologik
yondashuv va uni loyihalash
Ta’lim muassasalarida illiy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan
ma’naviy-ma’rifiy ishlar, shuningdeq ta’lim-tarbiya jarayonida va darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
A. O‘quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi o‘qitishning nazariy va amaliy tizimini
to‘ldiradi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqti
mobaynida o‘zini-o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan
shug‘ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o‘quvchilarning ijtimoiy
harakatchanligini ko‘rsatish;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar
yaratish;
o‘quvchilarni mustaqil ravishda ta’limni davom ettirishga yo‘naltirish;
har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqish va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratish;
o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni
o‘rgatish.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko‘p komponentli bo‘lib, o‘quvchilarning
bo‘sh vaqtlarini quyidagi tarkibda, tartibda, shaklda va joylarda amalga
oshirilishi mumkin:
o‘quv guruhi tarkibida;
o‘quv yurti jamoasi tarkibida;
419
individual (yakkama-yakka) tartibda;
ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda;
klublarda, to‘garaklarda, muzeylarda;
mehnat jamoalarida;
alohida fanlarni chuqur mustaqil o‘rganish chog‘ida;
ta’lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o‘ziga xosligi shundaki,
uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham
pedagogik ta’sir doirasi bilan qamrab olinmaydi.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimini rejalashtirish shakllari:
o‘quv yurtining ish rejasi;
o‘quv yurtining o‘quvchilar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlari
rejasi;
o‘quv guruhlari o‘quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar
rejasi va boshqalar.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishning asosiy
tartiblari va qoidalari:
diagnostik asos yaratish;
o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, jamoaning mahorat darajasi va
shakllanganligini hisobga olish;
tarbiyaviy jarayonda asosiy mazmuniy komponentlarga muvofiq faoliyat aniq
yo‘nalishlarni belgilash;
tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini, shakllarini, ishtirokchilarini aniq belgilash;
tarbiyaviy ishlar rejasining qulayligi, hayotiyligi va aniqligi;
tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda o‘quvchilarning shaxsan ishtiroki.
420
Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon bo‘lib
tarbiyachidan chuqur bilim, malaka va hohish talab qilgani kabi
o‘quvchilardan ham ularning itilishlari va ehtiyojlarini talab etadi. O‘kuvchilar
va tarbiyachi qiziqishlarini birlashtirish tarbiyada mualliflik tizimini
shakllantirishning yagona yo‘lidir. Bu holda, tarbiya shaxs kamolotini
boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va
imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashqari faoliyat (dam
olishni tashkil etish) esa, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yukoriga ko‘tarish
(birinchi navbatda, tarbiyachinig), uning ijtimoiy faolligini amalga oshirish
maydoni sifatida tushunilishi mumkin.
Hordiq – insonning yangilanish, tiklanish, uning jismoniy va ma’naviy
kuchini ko‘paytirish, dunyoqarashini boyitish, ijodiy faolligini oshirishni
amalga oshirishga mo‘ljallangan va shu asosda rejalashtirilgan shaxsiy
vaqtning bir qismidir. Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil
qilish asosiga ilg‘or milliy, ma’naviy – axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq
pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak.
Ularni tashkil etishda va o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol
uslublardan foydalanish o‘quvchida o‘z yurtiga mehr – muhabbat,
oilaparvarliq kasbiy fidoiylikni shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyaviy
jarayon umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagog xodimlar, tarbiyachilar va guruh
rahbarlari milliy g‘oya bilan ham qurollangan bo‘lib, uni har bir fuqaro ongiga
yetkazish malakalariga ega bo‘lishlari ularning tarbiya jarayoni, tarbiyaviy
ishlar va ularning uslubiyoti haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalariga,
pedagogik mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tarbiya jarayoni –
tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat.
Tarbiyaviy tadbirlar – turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob
beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysindirilgan, bir-
biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan
tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgan
kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar,
tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir.
Tarbiyaviy ish (TI) – bu tarbiyaning tizimliligi, to‘laligi, uzviyligi va
uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish – tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini
421
tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. TIning asosiy xususiyati –
zaruriyliq foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yozilishicha, “Xalqning boy intellektual
merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining
muhim shartidir”.
Shu sababli ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va
muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ishlar uslublari,
bilimlar, malaka va maxoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar
va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo‘llash masalalari pedagogik
jamoalarning eng muhim muammosi bo‘lib qolmoqda.
Talim muassasalarida o‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to‘g‘ri tashkil qilish
va qo‘llashga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida talim muassasalari uchun
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik
texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi.
Fikrimizcha, talim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodiy
faolliq mustakil fikrlash va mohirona harakatlarga yunaltirilgan bo‘lishi va
tarbiyachi hamda o‘quvchilar tomonidan minimal kuch sarflagan holda
tarbiyaviy ishlar bo‘yicha qo‘yilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl,
usul va uslublardan foydalanish tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil
Тарбиявий иш (ТИ) –
бу тарбиянинг тизимлилиги, тўлалиги, узвийлиги ва узлуксизлигидир.
Тарбиявий иш –
тарбияанувчининг муайян фаолиятини ташкил этувчи ва амалга оширувчи
шаклидир. ТИнинг асосий хусусияти –
зарурийлик, фойдалилик ва татбиқ этиш имкониятидан
иборат.
422
etuvchilarning doimiy va majmuaviy faoliyatining asosiy qismidan iborat
bo‘lishi kerak.
Talim muassasalarida tarbiyaviy ishlar uslubiyotini amalga oshirishning
pedagogik texnologiyasi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil
qilish kabi ish harakatlari ketma-ketligidan iborat. (chizmaga qaran
Chizmada ko‘rsatilganideq barcha yo‘nalishdagi tarbiyaviy ishlarning
texnologiyasi va har bir aniq ishlarni o‘tkazish, tashkil qilish uslubiyoti
pedagogik maqsad tushunchasidan boshlanadi, ya’ni pedagogik maqsadga
muvofiqlik (ushbu ish nima uchun tashkil qilingan va o‘tkazilmoqda,
shuningdeq tarbiyachi va o‘quvchi nimaga erishishi kerak?) va pedagogik
mahorat (aniq ishlarni o‘tkazish, tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish,
o‘quvchilarni qiziqtirish, jarayonda mustaqil qatnashish va ijodiy ishlashga
istak uyg‘otish uchun turli usul va uslublardan foydalanish) va ularning
natijalarini nazorat va tahlil qilish, umumlashtirish (o‘quvchilar nimalarga
o‘rgandilar?).
Tarbiya jarayonini loyihalashtirish davrida tarbiyachi o‘quvchilar bilan
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish chog‘ida
qo‘llaniladigan uslub, shakl va usullarni tanlaydi. So‘ngra, aniq tarbiyaviy
ishlarga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshiradilar. Keyinchaliq ular ishni
nazorat qilish mexanizmini aniqlaydilar (Nima ma’qul keldi? Nima ma’qul
kelmadi? Nega? Nima yaxshi edi-yu, nimadan voz kechish kerak? Kim ajralib
turdi? ) va hokazo.
Bu ishlarning hamasini umumlashtirib ta’lim muassasalarining
tarbiyaviy ishlar texnologiyasi – ta’lim muassasasi sharoitida qo‘yilgan
maqsadlarni amalga oshirishda har bir aniq tarbiyaviy ishni o‘tkazish va tahlil
qilish uchun qo‘llaniladigan uslub va shakllar yig‘indisidan iborat ekanligini
aniqladik. Masalan, ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘qishi va tarbiyasi
davrida guruhlarda, fakultetlarda, universitetlarda, institutlarda turli xil
qiziqarli tadbirlar, bayramlar, tanlovlar, shuningdeq sportga, mehnatga, ijodiy
ishga, badiiy mavzuga bag‘ishlangan tadbirlar, mashg‘ulotlar, o‘yinlar, sayllar,
lineykalar, va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Har bir tarbiyaviy ish va tadbirga
423
mos uni tayyorlash va o‘tkazish uslubi mavjud. Lekin, mazmunsiz uslubiyot
ham o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lmaydi, chunki tarbiya jarayonini, eng avvalo,
tarbiyaviy ishning aniq mazmuni va shakli orqali amalga oshirish
mo‘ljallanadi. Shunday ekan, aniq tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi va
samaradorligi - ularni tayyorlash va o‘tkazish, tarbiyachilarning o‘quvchilar
bilan jamoaviy faoliyatini tashkil qilishi tarbiyaviy ishlar texnologiyasi
tizimiga bog‘liq.
Odatda tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga ega bo‘ladi va mos
ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb
nomlanadi. JII – ish va o‘yin, ijod va o‘rtoqliq hayotiy umid va xursandlik
bilan to‘ldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy vosita bo‘lgan jarayonni
tashkil etish usulidir. Tarbiyaviy ishlarda tarbiyachilar va o‘quvchilar o‘zaro
hamkorligining shakllari, vositalari va usullari uyg‘unlashib ketadi.
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi.
Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy,
sport va erkin muloqot kabi turli ko‘rinishlarnitashkil etishni talab etadi.
Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko‘rinishlarining
yagona jarayonga ta’siri bilan tabiiy “qo‘shilib” ketishida namoyon bo‘ladi.
Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, o‘ziga axloqiy, estetiq siyosiy va aqliy
(intellektual) ta’sirlarni qamrab oladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya
yo‘nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun tabiatini
(pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog‘liq
tomonlarini shakllantirish) ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni;
ishni bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi.
B. Tarbiyaviy ishlarning manbalari. Tarbiyaviy ishlar amalga oshirilayotgan
davrning ijtimoiy vaziyati - tarbiyaviy ishlarni maqsadli ko‘zlashning va
loyihalashning muhim manbai hisoblanadi. Bu vaziyat mamlakat va
dunyodagi ijtimoiy hodisalar, davlat bayramlari, yubiley sanalari, hukumat
qarorlari, jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan g‘oyalar hamda mahalliy hayotga
doir hodisalar sababli yuzaga keladi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning va
o‘tkazishning ikkinchi manbai bo‘lib, tur sifatida shakllanayotgan shaxsning
zaruriy fazilatlarini va xislatlarini shakllantirishning pedagogik tashxisi
sifatida xizmat qiladi. Yana bir manba - o‘quv-tarbiyaviy muassasa ma’lum
424
muddatga belgilagan ishlarining umumiy yo‘nalishidir. Mazkur manbalarning
mushtarak holati tarbiyaviy ishlarni hayotbaxsh kuch bilan to‘ldiradi, ularning
dolzarb ekanligini va muayyan maqsadga yo‘naltirilganligini aniq belgilab
beradi.
Asosiy tarbiyaviy maqsad (ko‘pincha, axloqiy tarbiya maqsadi) aniq ishlarga
oid vazifalarni belgilab beradi. Har bir ishda asosiy g‘oya ajralib turadi va u
tarbiya umumiy yo‘nalishining (aqliy, jismoniy, mehnat tarbiyasi va b.) biri
bilan mos keladi.
Maqsadni ko‘zlash bosqichida tarbiyachining vazifasi - ijtimoiy vaziyatni
baholash, o‘zining tarbiyaviy faoliyatini asosiy maqsadga bo‘ysundirish,
tarbiyalanuvchilarning kelajakda muayyan tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qilishga
tayyorlik darajasiga tashxis qo‘yishdan iboratdir.
V. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar:
1. Tarbiyaviy ishlarning aniq vazifalarini chuqur anglash, uning
samaradorligini oshirishning zarur shartidir. Mazkur vazifalar mahorat bilan
talqin etilgan va tarbiyalanuvchilarga yetkazilgan bo‘lishi kerak.Tarbiyaviy ish
tashkilotchilari o‘quvchilarga o‘z nuqtai nazarlarini majburan o‘tkazmasliklari
kerak: tarbiyalanuvchilarni zarur qarorlarni qabul qilishga (go‘yo o‘z qarorlari
sifatida qabul qilinadigandek) ishontirish zarur.
2. Har qanday tarbiyaviy ish ishchan va majmuaviy yo‘nalish asosida
loyihalashtiriladi. Birinchi yo‘nalish, yuqorida ta’kidlanganideq
tarbiyalanuvchilarning jonli, ijodiy, qiziquvchan faoliyatini talab etadi va,
zarurat tug‘ilganda, tirishqoqlikni, harakatchan ishlarni tanlashga yo‘naltiradi.
Ikkinchisi esa, tarbiyachiga bir vazifadan har tomonlama samara olishga
imkon beradi.
3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan barcha vazifalar
turli ahamiyatga ega bo‘lishiga intilish shart emas, chunki tarbiya tizimini
birdaniga bir necha mezonlar orqali optimallashtirib (muqobillashtirib)
bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ishda, har qanday ishdagi kabi bosh vazifa ajratib
olinadi va shu orqali qolgan vazifalar hal etiladi.
425
4. Tarbiyaviy ishlar mazmunini uning vazifalari va amalga oshirish
sharoitlari bilan bog‘liq holda belgilab olish nihoyatda muhimdir. Material
tanlanayotganda, u o‘quvchilarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish tomonlariga
e’tiborni qaratish lozim. Tarbiyaviy ishlarda turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik
uchun tarbiyachi o‘quvchilarning qarashlarini va qiziqishlarini inobatga olgan
holda ularni rivojlantirishi, shuningdeq ularga tayanib ish olib borishi kerak.
5. Maqsadga muvofiq uslublar, usullar va vositalar tarbiyaviy ishlarning har
bir bosqichi uchun alohida loyihalanadi. Bunda uslublarning imkon qadar
faolliq tashabbuskorliq mustaqillik tamoyillarini ta’minlanishi nazarda tutilishi
lozim. Sustlik - tarbiyaviy ishlarning asosiy dushmanidir. Shu bois,
tarbiyalanuvchilarning xulqi kuzatilsa, nimani o‘zgartirish zarurligini ularning
o‘zlari aytadilar.
6. Tarbiyaviy ishlarni tayyorlashda tashkillashtirishning yuqori darajadagi
aniqligiga erishishga harakat qilish lozim. Har qanday tarbiyaviy ish
tarbiyalanuvchilar uchun «tashkilotchilik maktabi» ga aylanishi kerak.
Tayyorgarlik tashabbuskorliq talabchanliq kirishimliliq majburiyatlarni
taqsimlash mahorati, vaziyatlarni tezda baholash kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Ishni tayyorlash va o‘tkazish jamoani jipslashtirishning to‘g‘ri yo‘lidir!
7. Tarbiyaviy ishlar nuxsa ko‘chirishni yoqtirmaydi. O‘zgaruvchanlik va
harakat doirasining kengligi tarbiyaviy ishlarning farqlovchi belgilaridir.
Sinflarning, ayrim o‘quvchilarning bir - biriga o‘xshamasligidan keng
foydalanishga intilish yaxshi natija beradi. Tarbiyaviy ishlarni loyihalash
chog‘ida. Bir sinfda muvaffaqiyat keltirgan tajriba ikkinchisida aynan shunday
natijani bermasligi mumkinligini esda tutish kerak.
8. Tarbiyaviy ishlar turli - tuman bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yorqin
ishlarni uzoq eslab yuradilar, shu bois bunday ishlarni takrorlash maqsadga
muvofiq emas, chunki u ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Tarbiyaviy ishlarni
har doim yangisini topish qiyin, ammo ularni topishga harakat qilish zarur.
Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli tadqiqotlar mavjud va bu
takrorlamaslikni, aksincha, aniq sharoitlar bilan muvofiqlashtirgan holda
o‘quvchini rivojlantirishni kafolatlaydi.
426
9. Tarbiyaviy ishlar his - tuyg‘ularning qudratli katalizatori kabi
loyihalashtiriladi. Ma’lumki, hayajonga tushgan kishi nihoyatda ta’sirchan
bo‘ladi. Har bir tarbiyaviy ishda tarbiyalanuvchiga yaqin, hamohang bo‘lgan
jihatlarni topish va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish, mustahkam hayot
tarzini shakllantirish, tarbiyaviy ishlar madaniyatini oshirishning muhim
yo‘llaridan biri bo‘lgan o‘rab turgan dunyo haqiqatini to‘g‘ri tushinishga
yordam beradigan qilib yetkazish kerak.
G. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi. Tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin boshlanadi va
undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu ajralmas
jarayondir. Bu bosqichda tarbiyachilar oldida : tarbiyalanuvchilar bilan birga
faoliyat yo‘nalishining barcha qismlarini aniqlash, ishtirokchilar orasida
majburiyatlarni taqsimlash, ularni qanday qilib bajarish lozimligini ko‘rsatish
kabi muhim vazifalar ham turadi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bo‘yicha tavsiyalar:
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik
darajasiga tayanish, ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini imkon darajasida
kengroq qamrash lozim. Chunki, ishning favqulodda murakkabligi tarbiyachi
niyatining o‘quvchilar tomonidan anglab yetolmasligiga, ishning nega va nima
uchun bajarilishi haqidagi noaniq tasavvur esa, tarbiyaviy ishni quruq
rasmiyatchilikka aylantiradi. Keyingi ishga qiziqtirish yengil kechmaydi.
2. Tarbiyaviy ish - jamoatchilik ishi. Tarbiyalanuvchilarga reja tuzishning
nihoyatda mas’uliyatli mashg‘ulot ekanligini, tarbiyalanuvchi ishlayotgan har
bir bo‘limning boshqa bo‘limlar bilan albatta bog‘liqligini va bir - birini
taqozo etishini his qilishiga imkoniyat bering. Rejalashtirish, albatta, jamoaviy
xarakter kasb etishi zarur.
3. Rejalashtirishning tarmoqli uslubiyoti, ko‘rgazmali, oson o‘qiladigan va
tushunarli chizma rejalar tuzish uslubiyotlari bilan tanishing.
Tarbiyalanuvchilar bilan ularni o‘rganing, ularni mehnatning boshqa turlarini
rejalashtirishda tarmoqli chizmani qo‘llashga o‘rgating.
427
Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning umumiy nazariyasi texnologiya
tayanadigan oltita qoidani taqdim etadi va ular tarbiyaviy ishlarni tashkil
etishda tarbiyachi tomonidan albatta hisobga olinishi zarur.
D. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy qoidalari:
- bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning maqsadini aniq belgilash,
harakatni boshidan oxirigacha yaxlit tasavvur qilish (nimaga erishish kerak?);
- qo‘l ostidagi har bir kishi uchun aniq vazifalarni belgilash (qanday
harakatlar vositasida erishish mumkin?);
- kutilayotgan ish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlash (nimalar
yordamida erishish mumkin?);
- natijalarni aniqlash uchun muayyan mezonlarni belgilash (erishilgan
miqdor qancha?);
- javobgarliq uning egasi va hisobot vaqtini taqsimlash (maqsadga
erishilganlikni nima bilan rag‘batlantirish mumkin?);
- tashkiliy tizimni uyushtirish vositasi sifatida ijrochilarga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish (qanday qilib erishish mumkin?).
Tarbiyaviy ishlarni uyushtirishda ishtirok etish shaxsning muhim
xislatlarini tarbiyalaydi.
Mazkur bosqichdagi tavsiyalar quyidagicha:
- tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ishtirok etayotgan har bir
kishining huquq va majburiyatlarini aniq belgilab bering. “Hokimlik
chizig‘i”ni belgilab olish nihoyatda muhim: har bir ijrochi belgilangan shaxsga
o‘z ishlarining nitijasi bo‘yicha javob beradi. Hokimlik bir raxbarning qo‘lida
jamlangan bo‘ladi, “Qo‘shhokimiyatchilik”ka yo‘l qo‘yilmaydi;
- har bir ishtirokchiga uning imkoniyatlariga va xohishiga mos
keluvchi bitta vazifa ajrating. Topshiriqlarni majburlamang. Tarbiyaviy ishda
ishtirok etishning ixtiyoriy ekanligini ta’kidlang;
-tarbiyalanuvchilarning tashkilotchilik qobiliyatiga ega emasligini
hisobga oling. Tarbiyachiga tushunarli va yengil bo‘lgan ish tarbiyalanuvchi
428
uchun ham har doim shunchaki bo‘lmasligi mumkin. “Yengildan-
murakkabga” qoidasiga amal qiling. Tarbiyalanuvchilarni muvaffaqiyat
qozonishiga ishonchini qo‘llab-quvvatlang, yaxshi natija bilan tugashiga
ishonch uyg‘oting.
Tashkilotchilik tarbiyalanuvchilarning kuchini bir necha bor oshirish
imkoniyatiga ega ekanligi haqidagi fikrga o‘rgating. Yakkama-yakka
harakatlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan “tashkilotchilik samarasi”ni
misollar bilan ko‘rsating.
Ye. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish. Tarbiyaviy
ishlarni amalga oshirish bosqichida tarbiyachining mas’uliyati muhimdir.
Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida
borishiga erishadi, unga tuzatishlar kiritadi, dispetcherlik vazifasini amalga
oshiradi va jarayonni kuzatib boradi. Ikkinchidan, tarbiyachi butun jamoa va
ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib borgan holda, ularda muayyan fazilatlarni
rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon
beradi va tarbiya sohasida qilinadigan ishlarning strategiyasini belgilaydi.
Uchinchidan, tarbiyachi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib
boradi.
Umuman, tarbiyaning bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati oddiy dars
mobaynidagi ayni shunday faoliyatdan murakkabroqligi bilan farq qiladi. Bu
murakkablik tarbiyaviy ishni boshqarishda hisobga olish, nazorat qilish va
ko‘plab omillarga tuzatishlar kiritish lozimligida namoyon bo‘ladi. Bu borada
murabbiyning tarbiyachi va tashkilotchi sifatidagi o‘rni:
- tarbiyalanuvchilarni o‘zini ishtiroki bilan bo‘g‘ib qo‘ymaslik;
- tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlarini va hissiyotlarini erkin ifodalashlari
uchun xalaqit bermaslik;
- hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nomaqbul
yo‘nalish olishi hamda nazoratdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish;
- o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish;
429
- pedagogik nazokat bilan natijalarni e’lon qilish, jamoaviy muhokama
yoki yakkama-yakka pedagogik tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarning
sabablarini ochishlarda belgilanadi.
Tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish mobaynida bir-biri bilan mazmunan
bog‘liq bo‘lgan qo‘yidagi savollardan foydalanish mumkin:
1) Tarbiyaviy ishlarni tayyorlashning va o‘tkazishning barcha holatlari
rejada o‘z aksini topganmi?
2) Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsqdga javob beradimi?
3) Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish darajasi ko‘zlangan maqsad, vazifa
va talablarga javob beradimi?
4) Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manbalar bilan
mustahkamlanadimi?
5) Tarbiyaviy ishning qaysi qismi yaxshiroq amalga oshdi, nima
uchun?
6) Tarbiyaviy ish davomiyligi vaqt nuqtai nazaridan o‘zgaradimi?
7) Kim va nima uchun muddat o‘zgardi?
8) Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etdimi yoki qismlari nomigagina
bog‘langan to‘plamdan iborat bo‘ldimi?
9) Yangilik samarasi sezildimi?
10) Tarbiyaviy ishning his-tuyg‘ulik “bo‘yog‘i” uning g‘oyasiga javob
beradimi?
11) Ishning sifati, o‘quvchilarning unga munosabati qoniqarlimi, qaysi
savollar ularni o‘ylashga majbur etdi?
12) Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday
bahoga loyiq?
13) O‘quvchilarning xulqi qanday edi?
430
14) Nima uchun o‘quvchilarning ayrimlarida u yoki bu pedagogik
harakatga nisbatan qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ldi?
15) Nimadan voz kechish kerak?
16) Keyingi tarbiyaviy ishlarga qanday yaangiliklar qo‘shish mumkin?
Yuqorodagi fikrlarga tarbiyaviy texnologiya yo‘nalishi sifatida
qaraladigan bo‘lsa, u quyidagi umumiy belgilarni aniqlab beradi:
tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning majmuasi sifatida o‘zida o‘yinlar,
tarbiyaviy suhbatlar va yakkama-yakka maslahatlarning unsurlarini qamrab
oladi;
har bir ish har bir tarbiyalanuvchining ahloqiy, ijtimoiy va boshqa
fazilatlarining shakllanganlik darajasini komp’yuter orqali tashxis etish bilan
boshlanadi;
tarbiyaviy ta’sir tashxis etish natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan
qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini
anglash bilan yuzaga kelgan “jamoaviy qayg‘urish” samarasi bilan
kuchaytiriladi;
tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni
o‘zlashtiradalar, o‘zlarini anglashga o‘rganadilar, o‘z-o‘zlarini kamolga
yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar;
shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxis etish natijalaridan qat’iy nazar)
yakkama-yakka maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida
mustahkamlanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik ta’sir etish usullari
Tarbiyachilar o‘z ish faoliyatlari davomida asosiy e’tiborni doimiy
ravishda o‘quvchilar tarbiyasi, xulq-atvori, tartib-intizomiga tuzatishlar
kiritishlari, ulardagi kerakli shaxsiy xislatlar va tabiatlaridagi qirralarni
rivojlantirishlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratishlari lozim.
Bunday jarayonni tashkil etishda tarbiyachilar pedagogik ta’sirning turli
usullaridan foydalanishlari mumkin.
431
Pedagogik ta’sir usuli – bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan
iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy
ishlarida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar
uyg‘onadi.
Tarbiya jarayonida zarur pedagogik ta’sir usulni tanlash uchun
o‘quvchining hissiy holati, xarakatning tabiati va sababi oldindan aniqlanishi
lozim. Bu, o‘z navbatida , ushbu harakatning psixologik tahlili, uning o‘quvchi
shaxsiyati bilan yaqin aloqasini ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Pedagogik holat tarbiyachining ijodiy fikrlariga binoan yaratiladi.
Birinchidan, tarbiyachi foydalanishni mo‘ljallagan ta’sir usulini amalga
oshirish uchun mos sharoitlarni hayolan tanlashi kerak. Ikkinchidan, tarbiyachi
o‘z mo‘ljallagan ishi va xulqini o‘quvchining harakatiga bo‘lgan munosabatiga
binoan mos ravishda o‘ylab chiqishi lozim.
Pedagogik ta’sirining har bir usuli o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, ular ikkita unsurning o‘ziga xos birligidan vujudga keladi: a)
yaratilayotgan pedagogik holatlar xususiyatlari; b) yangi pedagogik holatga
o‘quvchilarda tug‘iladigan yangi fikrlar, tarbiyaning yangi sabablari va
shaxsiy kamchiliklarini yengib o‘tishga asos bo‘ladigan hissiyotlar mazmuni.
Pedagogik ta’sir usullarini ikkita guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh usullari o‘quvchini ilhomlantiruvchi ijobiy hissiyotlar asosida
uning ahloq-odobi, tarbiyasi, tartibiga o‘zgarishlar kiritadi, bular xursandchiliq
minnatdorliq tarbiyachiga hurmat, o‘z kuchiga ishonchdan iborat.
Ikkinchisi- uyatchanliq epsizliq hafsalasizliq o‘kinch, xafagarchiliq achinish
kabi salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradigan usullardir.
Ijodiy faoliyatda nafaqat o‘quvchilar tarbiyaviy ishlarining yaxshi
natijalariga erishiladi, balki tarbiyachilarni o‘zlarining shaxsiy hissiyotlari ham
rivojlanadi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash jarayonida
tarbiyachining g‘oyaviyligi, tabiatidagi insonparvarliq mehribonliq sezgirlik
kabi, tabiatning chidamliliq o‘z-o‘zini boshqara olish, maqsadga intiluvchanliq
tezkorliq tashabbuskorlik kabi hissiy qirralari hamda tabiatning topqirliq
432
ziyrakliq aqliy barkamolliq kuzatuvchanlik kabi iroda qirralari ko‘zga
tashlanadi.
Tarbiyaviy usullarni egallash va ularni ish jarayonida tadbiq etish
tarbiyachining tarbiya maqsadlarini yanada maqsadli va qulay bo‘lishiga
yordam beradi.
Pedagogik ta’sir usullaridan foydalanish aniq tamoyillarga rioya
qilishga asoalangan. Bu tamoyillar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
pedagogik optimizm;
o‘quvchilarga hurmat;
o‘quvchining ruhiy holatini tushunish;
o‘quvchi tabiatining tashqi xususiyatlari va sabablarini ochish;
o‘quvchining taqdiri bilan qiziqish.
Pedagogik optimizm. Tarbiyachilar yuqori optimizm, ya’ni kelajakka
katta ishonch bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlarini
hayotga tatbiq qilmoqdalar. O‘quvchilar shaxsiyatining cheksiz
imkoniyatlariga ishongan tarbiyachilarning pedagogik optimizmi, ayniqsa,
turli yoshdagi turli aqliy darajadagi o‘quvchilarga nisbatan, ularning dam olish
va o‘qish qoidalarini, shartlarini tashkillashtirishda yaqqol ko‘rinadi.
O‘quvchilarga hurmat. Insonga hurmat – insonlararo munosabatlarning
asosiy talabidir. Tarbiyachining faoliyatida o‘quvchilarga hurmat alohida o‘rin
tutadi, ularda ishonch, samimiyliq kattalarning maslahatlariga va takliflariga
moyillik uyg‘otadi. Qo‘polliq o‘quvchilar shaxsiyatiga hurmatsizliq
o‘quvchilarda ularga javoban xafagarchiliq g‘azab, hattoki, ba’zi nirsalarni
aytaylab teskarisini qilishga intilishni tug‘diradi. Bunday paytlarda o‘quvchilar
hatto adolatli talablarni bajarishdan ham bosh tortadilar. Tarbiyachiga bo‘lgan
bunday munosabat ba’zan ular olib borayotgan fanga, ishga, mashg‘ulotga,
hatto o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasiga, o‘quv xonasiga bo‘lgan
munosabatga ko‘chadi.
O‘quvchining ruhiy holatini tushunish. O‘quvchilar xulqining
buzulishini, tarbiyasidagi salbiy o‘zgarishlarni sezish qiyin jarayon emas.
433
Tarbiya jarayoniga pedagogik ta’sir usulini to‘g‘ri tanlash uchun
o‘quvchilarning tartibbuzarlik sabablarini o‘rganish keraq chunki shaxsning
turli psixologik holatlarining tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘ladi. Masalan,
o‘quvchining guruhdagi faolligining susayishining asosiy sabablari, uning
injiqligi, ko‘z yoshlari, uydan chiqib, uzoqroqqa ketishi va ota-onasidan
uzoqda (ba’zi o‘quvchilarning turar joylarda) istiqomat qilishidan iborat
bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining ruhiy holatini tushunish uchun tarbiyachilar o‘quvchilar
shaxsning fazilatlarini, xususiyatlarini, ularning yashash sharoitlarini bilishlari
va chuqur tahlil qilishlari kerak. Tarbiyachining kuzatuvchanligi va sezgirligi
o‘quvchining xulqida namoyon bo‘layotgan ruhiy holatini tushunishga yordam
beradi.
O‘quvchi harakatlarining sabablari va tashqi xususiyatlarining ochilishi.
O‘quvchilarning harakatlari yetakchi, tarbiyachi, jamoa, atrofdagi insonlar
tomonidan yaxshi, oliyjanob yoki yomon deb baholanadi. Tarbiyachining
o‘quvchiga bo‘ladigan munosabat (yondashuv)lari, ularning harakatlari
tabiatiga bog‘liq. O‘quvchi harakatlarini to‘g‘ri baholash uchun, harakat
mohiyatini, ya’ni ichki sabablarini ochish lozim. Ko‘pincha o‘quvchilar
harakatining ichki sabablari tashqi ko‘zdan yashiringan bo‘ladi, ya’ni tashqi
tomondan darrov ko‘rinmaydi. Ularni tarbiyachi tomonidan tushunishga,
ba’zan o‘quvchining o‘zi katta yordam berishi, ya’ni bo‘lgan voqyea haqida
o‘zi hurmat qiladigan tarbiyachisiga ochiq gapirib berishi mumkin. Tarbiyachi
bunday yomon holatni keltirib chiqaruvchi tashqi holatlardan xulq sabablarini
ajrata olishi lozim.
O‘quvchining taqdiriga qiziqish. Ta’lim muassasalarida olib boriladigan
tarbiya mobaynida o‘quvchilarning taqdiriga qiziqish tarbiyachilarda
o‘quvchilarga muhabbat va ularning taqdiriga javobgarlik hissi tufayli
rivojlanadi. Tarbiyachilar har bir o‘quvchining taqdiri, ayniqsa, guruh
hayotidan qoniqish hosil qilmaydigan, guruhdoshlaridan yotsiraydigan va
guruh ishlaridan o‘zini olib qochadigan o‘quvchilar taqdiri bilan qiziqishlari
lozim. Lekin o‘quvchining taqdiri bilan astoydil tashvishlangan va unga
yordam berishni xohlagan tarbiyachilar o‘quchilarga mehribonliq ularga
e’tibor va g‘amxo‘rliklarini ko‘rsatishlari uchun dastlabki omadsizlikdan
434
cho‘chimasliklari, turli yangi usullarni izlashlari lozim. Tarbiyachilarning
kundalik faoliyatlaridagi o‘quvchiga g‘amxo‘rliklari, xayrixohlik
munosabatlari va pedagogik ta’sirning usullarini to‘g‘ri tanlashlari
o‘quvchilarda o‘z tarbiyachisiga muhabbat, sadoqat, ularda xursandchilik
xohishini uyg‘otadi, shuningdeq yangi ijobiy xislatlarni rivojlantirishga va
salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradi.
Endi tarbiyachilarning o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida
foydalanishlari mumkin bo‘lgan pedagogik ta’sir usullaridan ba’zilari bilan
tanishtiramz:
Ishontirish – bu aniq xulq-atvor yoki qaysidir ishni mumkin emasligini,
to‘g‘riligini va zarurligini isbotlash va tushuntirishdir.
Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yon-atrofidagi insonlarni hatti-
harakatlarini va o‘z xulqlarini baholash mezonlariga mos bo‘ladigan axloqiy
qarashlar shakllanadi.
O‘quvchini ish bilan ham, so‘z bilan ham ishontirish mumkin.
O‘quvchini ishlatish orqali ishontirish jarayonida tarbiyachi isbotlanayotgan
holat, vaziyat va muammolarni, hayotiy tajriba sharoitlaridan kelib chiqqan
holda, yaratadi. Ishontirish ta’sir usuli o‘quvchi xulqini tuzatuvchi usul bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. So‘z bilan ishontirish jarayonida, o‘quvchilarga yo‘l
qo‘yilgan xatolar tabiati axloqiy me’yor nuqtai nazaridan tushuntiriladi.
Ishontirish usuli samimiylikni va jo‘shqinlikni talab qiladi. Bu jarayonda
tarbiyachilarning kechinmalari o‘quvchilarga o‘tadi. Ishontirish bilan ixlos
tug‘dirish usullari juda o‘xshash. Bu usullarning o‘xshashligi ishontirish ham,
ixlos tug‘dirish ham suhbat orqali amalga oshirilishidan iboratligidadir, lekin
ixlos tug‘dirishda tarbiyachilar o‘quvchi qilayotgan hatti-harakatlarning to‘g‘ri
yoki xatoligini isbotlamaydilar. Bu jarayonda ular tarbiyalanuvchiga o‘z
fikrlarini sekin va ohistalik bilan aytadilar. O‘quvchi tarbiyachining so‘zlarni
tinglab turib, o‘z hatti-harakatini tanqidiy baholay boshlaydi va o‘z xulqini
to‘g‘irlashga harakat qiladi.
Tarbiyaviy tadbirlarni texnologiyalashtirish
Ta’lim muassasalarining tarbiyachilari odatda o‘quvchilar bilan
o‘tkaziladigan tarbiyaviy soat, axborot soatlari, sinfdan tashqari tarbiyaviy
435
ishlar, ota-onalar yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazishda ancha
qiyinchiliklarga duch keladilar, buning sabablari xilma-xildir; yuqorida sanab
o‘tilgan ishlarni hamma vaqt bir xil tartibda, bir xil ko‘rinishda bo‘lishi yoki
rang-baranglikni bo‘lmasligi, ularda ijodiylikning pastligi yoki o‘zlarida zarur
tashkilotchilik qobiliyatlarning yetishmasligi, ish uslubiyotidan yetarlicha
xabardor emasliklaridan dalolat berishi mumkin. Har bir tarbiyaviy ishning
maqsadi kutiladigan natijani berishi tarbiyachilardan juda katta pedagogik va
aktyorlik mahoratini, tarbiyaviy ishlar uslubiyotini chuqur bilishlarini, o‘z
ustlarida tinmay mehnat qilishlari va boy tajribaga ega bo‘lishlarini talab etadi.
Talim muassasalariga o‘tkaziladigan tadbirlarga qo‘yiladigan o‘ziga xos
talablar mavjud.
Tarbiyachilar tomonidan o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini foydali,
qiziqarli tashkil etishlari bo‘yicha faoliyatlarini kuzata turib ular o‘tkazayotgan
tarbiyaviy ishlar, tadbirlar, diskoteka, raqs kechalari,ommaviy raqslar, o‘yinlar
imkoni va uning xilma-xilligi chegaralanganligini ko‘rish mumkin. Bunday
tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish vaqtida bazi o‘quvchilar ko‘pincha zerikib
qoladilar va , shu sababli, bekorchi bo‘lib qolib, tadbirlar davomida o‘zlari
xohlaganlaricha yuradilar. Bunday holatga tarbiyachilarning eskirgan tadbirlar,
o‘yinlar va raqslardan foydalanishlari, ularning bajarishga qo‘yilgan talab va
usullarni bilmasliklari,o‘z ustlarida doimiy ravishda ishlamaganliklari,
o‘zlarining shu sohadagi bilim va malakalari yetarli emasligi, shu munosabat
bilan ular tomonidan yangi qiziqarli, quvnoq o‘yinlarni, ijodiy harakatlarni
izlamasliklari hamda o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olmasliklari sabab
bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan
tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishga qo‘yiladigan o‘ziga yarasha umumiy
talablar mavjud.
Har fanday tarbiyaviy tadbir tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri -
kattalarning raxbarligi va o‘ko‘vchilarning ijodkorliq xavaskorlikning
birligidir. Tarbiyachi va tashkilotchilarning tadbirida ishtiroki turlicha bo‘lishi
mumkin. Jumladan, kattalar tadbirida kattalar shaxsan ishtirok etmaydilar,
o‘zlari xech qanday rol ijro etmasalarda, tadbirni tashkil etishadi va raxbarlik
436
qiladilar; tadbirda qatnashmasalarda, tashabbus guruxi va tashkilotchilar orkali
raxbarlik qiladilar yoki xayat azosi sifatida ishtirok etadilar.
Har qanday tarbiyaviy tadbir boshlanishidan oldin, uning maqsadini,
mazmunini aniqlab olish zarur va mashg‘ulot maqsadini barcha o‘quvchilar
bilishi maqsadga muvofiq. Tashkilotchi – rahbarning vazifasi - vazifalarni ,
rollarni to‘g‘ri taqsimlashi va uning almashinuvini kuzatishdir. Vazifa va
rollarni taqsimlashda o‘quvchilarning hususiyatini hisobga olish lozim.
Qaysidir o‘quvchiga berilgan vazifa yoki rol o‘z obro‘sini mustahkamlashga,
o‘zini ko‘rsatishiga yordam bersa, boshqasiga tengdoshlari bilan
yaqinlashishiga, do‘stlashishiga yordam beradi, yana boshqa o‘quvyailarni esa,
uyushqoq bo‘lishga o‘rgatadi. Tadbir o‘quvchilardan aniq kuchva g‘ayrat talab
qiladi. Agar tadbirning borishiga , uning natijasiga o‘quvchilar osongina
erishsalar, tadbirga qiziqish yo‘qoladi va o‘quvchilar bunday tadbirlarga
ishtirok etmay qo‘yadilar. Tadbirlarni tez-tez almashtirish, xilma –xillashtirib
turish kerak va ularning natijalarini o‘quvchilar bilan muhokama qilish lozim.
Bunda o‘quvchilarning o‘zaro munosabatiga alohida etibor berilishi maqsadga
muvofiq.
Qo‘llanmada talim muassasalarida tarbiyachilar uchun tashkil etish va
o‘tkazish mumkin bo‘lgan o‘zbek milliy raqslarining yaratilishi va jozibasi
haqidagi “ Raqslar bazmi” , o‘zbek va jahon xalqlari ertaklari asosida tuzilgan
“ Susambil mamlakati” , kuzgi teng kunlik “ Mehrjon” bayramlari hamda
yoshlarning ommaviy raqslar, diskoteka kechalari ssenariylarining yozma
bayoni keltiriladi.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish
uchun birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari
televizor, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor va boshqalar bajargan
funksiyalarni kompyuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa,
axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim
belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qayerda, qaysi
uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demaq kompyuter ishi,
kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga
aylanishi shubhasiz.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining
Dostları ilə paylaş: |