Modernizatsiyalash jarayonlari


Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
pedagogika (2)a

Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy 
etilishi: 
-
talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
-
o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan 
sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga;
-
o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil 
faoliyati sohasining kengayishiga;
-
interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish 
jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
-
sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning 
o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
-
axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining 
shakllanishiga;
-
o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari 
vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni 
oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigasiya va keng ko‘lamli 
qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi 
telekommunikasiya tarmog‘i tuguni bo‘lib, u:
-
ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi;
-
axborotlar ko‘lamining kengligi;
-
asosiy tarmoq formatlarini qo‘llashi;
-
oson va samarali qidirish tizimining joriy etilishi;
-
axborot resurslari integrasiyasi;
-
axborot xavfsizligini ta’minlashi;
-
axborotlarni tabaqalashtirishi;
-
bilimlarni boshqarish-tahlil etishi bilan tavsiflanadi.


439 
Pedagogik dasturiy vositalar tushunchasi.
Pedagogik dasturiy vositalar – 
kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq 
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim 
jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, 
zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik 
dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga 
erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va 
metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin