ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
80
Korxona rеjasi
Bajarish muddati
Rеjalashtirish prеdmеti
Rеjani bajaruvchilar
Rеsurslar
Tayyor mahsulot
kabi bir qator usullar qo’llanishi mumkin. U yoki bu usuldan foydalanish bashorat
qilinayotgan obyektning o’ziga xosliklari, uning rivojlanishiga doir ishonchli ma’lumotlarning
mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog’liq bo’ladi.
Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning o’zaro
aloqalari korrelyatsiya usulida o’rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy vazifalari bu
natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog’liqlik shaklini aniqlash va aks ettirish
hamda korrelyatsion aloqani o’lchash hisoblanadi. Aloqa qanchalik kuchli bo’lsa, bashoratning
asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan strategik
dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tajriba-konstruktorlik ishlarini
amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar iqtisodiyotning quyi bosqichlari –
korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida ham menejmentning muhim elementi
hisoblanadi.
Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funktsiyasi bu– zarur hisob-kitoblar, bashorat
va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilashdir.
To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan mikrofirma va kichik
korxonalarga qaraganda ko’proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq
har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo’naltirilgan
resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi.
Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko’rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. U bir
tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak),
ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko’rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi
uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi.
Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’langan bo’lsa,
ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo’lsa, uchinchidan esa, ishlab chiqarish
rejalashtirilgan mahsulot iste’mol talabiga ega bo’lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb
hisoblash mumkin bo’ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo’lib,
barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi.
Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibini quyidagi sxema
yordamida aks ettirish mumkin (1-rasm).