ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
79
Bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi. Ayrim olim va
mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari rejalashtirishni bozor
mexanizmiga umuman to’g’ri kelmaydi va bozorning o’zi hamma narsani joy-joyiga qo’yadi
deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv – iqtisodiyotni o’ta markazlashgan tarzda
rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir.
Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o’z qo’liga olgan va qotib
qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya hukumatining aqidaparastligini
tan olish kerak. Aynan shu sababli bir paytlar ko’ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-
chokidan so’kildi va yaroqsiz holga kelib qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar,
korxona va tashkilotlar, barcha xo’jalik subyektlarining erkinligini cheklab qo’yuvchi turli xil
markazlashgan buyruq va ko’rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan.
Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo’limi yoki boshqa
iqtisodiy bo’lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining ahamiyati yo’q.
Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo’lib, ularga ko’ra korxona faoliyati baholanadi va
bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta’minlanadi. Shu sababli bozor rejalashtirishni
umuman tan olmaydi deyish noto’g’ri bo’lar edi. Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida
ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar o’z faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor
mexanizmi subyektiv omillar asosiy rolni o’ynovchi resurslarni markazlashgan tarzda
taqsimlashga qaraganda qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida rejalashtirishga
qarshi bo’lganlarni «tog’ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin.
Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga asoslangan
rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko’rsatishning majburiy vositasi bo’lgan
rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to’liq bekor qilinmagan. Masalan,
Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3 yillik rejalar bo’yicha, 1988
yildan esa 5 yillik rejalar bo’yicha ishlamoqda. Kontsernning besh yillik rejalari joriy va
tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog’liq bo’lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan
so’ng o’tgan yil davomida erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga
o’zgartirishlar kiritiladi.
Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim bo’lmasada, biroq
rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi. Aynan rejalashtiirsh va
bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak degan savollarga
javob topadi. Xususan, ko’plab korxona yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal
foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni
kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz
tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning oldini
olishga imkon beradi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi.
Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining o’z kuchi
bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy tashkilotlar, oliy o’quv yurti mutaxassislari
hamda ayrim olim va mutaxassislar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy
tendentsiyalarning kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo’lmagan mexanik usul,
noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik
usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), ekspert baholash usuli va vaziyat tahlili